15-maruza Axborot tizimlarini fizik modelni loyihalash
Loyihalashtirish bosqichida eng avval ma‘lumotlar modeli tashkil qilinadi.
Loyihachilar boshlang‗ich axborot sifatida tahlil natijalarini olishadi. Ma‘lumotlarning
mantiqiy va fizik modellarini qurish ma‘lumotlar bazasini loyihalashning asosiy qismi
bо‗lib hisoblanadi. Tahlillar jarayonida olingan axboraivy model avval ma‘lumotlarning
mantiqiy modeliga, sо‗ngra esa fizik modeliga aylantiriladi.
Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha
modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning
bu ikkala jarayoni ham bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Jarayonlarni loyihalashning
bosh maqsadi AT modullarida tahlil bosqichida olingan funksiyani tasvirlashdan iborat.
Modullarni loyihalashda dastur interfeysi aniqlanadi: menyuning joylashishi, oyna
kо‗rinishi va h.k.
Loyihalashning yakuniy mahsuloti bо‗lib quyidagilar hisoblanadi:
- ma‘lumotlar bazasining sxemasi (tahlil bosqichida ishlab
chiqilgan ER-modeliga
asoslangan);
- tizim modullarining tasniflari tо‗plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi).
Undan tashqari loyihalash bosqichida operatsion tizim va platforma tanlovini о‗z
ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi.
Bir turli bо‗lmagan AT da har xil operatsion tizim yordamida boshqariluvchi bir
nechta har xil apparatli platformalarda kompyuterlar ishlashi mumkin. Bundan tashqari
platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi:
- bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bо‗ladimi;
- bu arxitektura 3-darajali quyidagi qatlamli bо‗ladimi: server, oraliq qatlamli DT
(ilova serveri), mijoz DT;
- ma‘lumotlar bazasi markaziy yoki tarqatmali bо‗ladimi. Agar ma‘lumotlar
bazasi
tarqatmali bо‗lsa, u holda qо‗llab-quvvatlash mexanizmlaridan qaysi biri foydalaniladi:
ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi;
- ma‘lumotlar bazasi bir turli bо‗lsa, ya‘ni barcha ma‘lumotlar serverlari bittagina
ishlab chiqaruvchining mahsuloti bо‗lsa (barcha serverlar oracle yoki barcha serverlar
faqat DB2 (Data Base-ma‘lumotlar ombori) va UDB). Agar ma‘lumotlar bazasi bir turli
bо‗lmasa, u holda qanday dasturiy ta‘minot (DT) har xil tashkilotlarda
ishlab chiqilgan
MBBT (ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) larda ma‘lumotlar almashinishi
uchun qо‗llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini
parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi.
Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi.
Sinash bosqichida tizimni DT i, texnikaviy qurilmalarni о‗rnatish, foydalanish
hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi.
Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bо‗yicha tarqalgan bо‗ladi.
Alohida bir modulni yaratish tugallanganda quyidagi ikki maqsadni kо‗zlovchi
avtonom test о‗tkaziladi:
- moduldagi tо‗xtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi;
12
- modul maxsusliklariga mosligi (barcha
zaruriy funksiyalar mavjudligi, ortiqcha
funksiyalarning yо‗qligi).
Avtonom test muvaffaqqiyatli о‗tgandan keyin u tizimning ishlab chiqilgan qismiga
qо‗shiladi va ishlab chiqilgan modullar guruhi aloqa testidan о‗tadi.
Ulardan keyin modullar guruhi ishining mukamalligiga testlantiriladi, ya‘ni,
birinchidan tizim tо‗xtalishlarini moslovchi testlar, ikkinchidan tо‗xtalishlarga
javoblar
tekshiriladi. Birinchi guruh testlar dasturiy ta‘minot tо‗xtalishdan keyin qanday
tiklanishini hamda apparatli ta‘minot tо‗xtalishini aniqlaydi. Ikkinchi guruh testlari esa
ishlash davomida tizimni turg‗unligini aniqlaydi va tizimni tо‗xtalishsiz ishlash vaqtini
baholab beradi. Turg‗unlik testlarining kopmlektiga tizimga eng yuqori kuch qо‗yilganida
ham moslashtiruvchi testlar kiritiladi.
Undan keyin modullarning barcha komplekti tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni
mahsulot
mahsulotni sifat darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul testidan о‗tadi.
Modullarning barcha tо‗plamlari tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni mahsulotning sifat
darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul test. Bu yerga tizimning fuksionalligi va ishonchliligi
testlari kiradi.
AT ning sо‗nggi testi – topshiruv-oldi sinovi. Bunday test AT buyurtmachiga
kо‗rsatishdan iborat va barcha testlar guruhlarini о‗z ichiga oladi.
Shu bilan ishlab
chiqilgan mahsulot buyurtmachining barcha talablariga mosligi aniqlanadi.
AT yaratilish jarayonini bunday tekshirilishini zaruriy barcha maqsadlar amalga
oshirilganligi va turli cheklovlarga mosligini kafolatlab, bu sohaga dasturchi muhandislar
usul va ta‘minotlarini (tarkibiy tahlil, obyektga yо‗naltirilgan modellashtirish, CASE-
tizim) keng qо‗llanishga olib keldi.