Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o



Download 0,69 Mb.
bet1/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#765223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA ORTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MIRZAKARIMOV H.

KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH
METODIKASI
5112000 - Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun
O‘quv qo‘llanma
Andijon 2020
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI
MIRZAKARIMOV H.
Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarining jismoniy madaniyat yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish, kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini amalga oshirish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kurash turlari bo‘yicha talabalarni nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni kurash turlari harakatlari texnikasi va taktikasi bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda qo‘llanmadan samarali foydalanish mumkin. Shu bilan birga qo‘llanmadan kurash mashg‘ulotlari tashkil etishda BO‘SM va kurash mashg‘ulotlari tashkil etiladigan ta’lim muassasalari sport murabbiylari kasbiy faoliyatlarida keng foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar: Saliev X.X. - AndDU jisminiy tarbiya nazariyasi va
metodikasi dotsenti, p.f.n.
Ismoilov T. - NamDU dotsenti, p.f.n.
SO‘Z BOSHI
Oliy ta’lim muassasalari Jismoniy madaniyat yo‘nalishi o‘quv rejasida Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fani kiritilgan. O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan Kurash turlari va uni o‘qitish fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda samarali foydalanish mumkin. Qo‘llanmada O‘zbek milliy kurashi turlari hamda sport kurash turlaridan hisoblangan erkin va YUnon Rum kurashi, Dzyu-do va Sambo kurash usullari tarixi va ularning shakllari hamda rivojlanishi, taraqqiyoti batafsil ta’rif etilgan. SHuningdek qo‘llanmada kurashchining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish va tarbiyalash uslublari ham bayon etiladi. Kurashchilarning texnik-taktik mahoratlari hujum va himoya usullari, aldash harakatlari va kurashchining turish holatlari va belbog‘ tutishlari, og‘riq berish, bo‘g‘ish usullari hamda kurakda tutib turish harakatlariga izoh beriladi. Kurashchilarning ruhiy tayyorgarliklari, kurashchilarning iroda va axloqiy sifatlarini tarbiyalash uslublari ham qo‘llanmada batafsil keltirilgan. Kurash turlarida trenirovka mashg‘ulotlarini tashkil etish, trenirovka mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari, trenirovka mashg‘ulotlarini rejalashtirish xususiyatlari, trenirovka sikllari, trenirovka jarayonlarida kurash harakatlariga o‘rgatish uslublari va tamoyillari hamda kurash trenirovkalarida jismoniy yuklamalarning xususiyatlari va me’yorlash uslubiyati ham qo‘llanmada bayon etilgan.
Kurash turlari bilan shug‘ullanishda hamda yosh kurashchilar tayyorlashda sport maktablarining vazifalari, kurashchilarning tayyorlov, ixtisoslashuv, oliy sport guruhlaridagi mashg‘ulotlar, kurash usullariga bolalarni saralash uslubiyoti, xususiyatlari, kurashchilarni terma jamoalarga saralash talablari ham qo‘llanmada tahlil etiladi. SHuningdek o‘quv qo‘llanmada kurash bo‘yicha o‘quv-trenirovka yig‘inlari o‘tkazish va musobaqalarni tashkil etish talablari hamda kurash zallariga qo‘yiladigan talablar ham ta’riflanadi.
Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti
Hozirgi kunda yuksak malakali sportchilar, kurashchilar tayyorlash kabi vazifa har bir murabbiylarining nufuzli burchi hisoblanadi. O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro musobaqalarda butun jahon sport arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz pahlavonlarining ham xizmatlari beqiyosdir.
Sportchilarimizni musobaqalarga tayyorlash jarayonida albatta, ularning axloqiy, estetik ruxiy tayyorgarliklarini, ulardagi milliy g‘ururlarini rivojlantirish, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirishda alohida e’tibor berilishi kerak. «Sportchi tinchlik elchisi-sportchilarni tinchlik jarchilariga» taqqoslanadi.
SHunday ekan tinchlik jarchilari o‘zlarining har tomonlama shunga mos kelishlarini, ulardagi barcha fazilatlarni munosib bo‘lishini tarbiyalash uchun murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlarida astoydil mehnat qilishlari kerak. Bunda asosan o‘tmishimiz saboqlaridan, ajdodlarimiz ko‘rsatgan jasoratlaridan hamda allomalarimizning qoldirgan pandu-nasihatlaridan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘zbek sportchilari kelajakda barcha sport turlari bo‘yicha jahon arenalarida, olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, vatanimiz va millatimizni shonu shuhratini yanada yuqoriga ko‘tarishadi deb umid bildiramiz.
O‘zbek xalqi o‘zining milliy sport turlari bilan faxrlansa arziydi. Mamlakatimiz rahbariyatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda qilayotgan g‘amxo‘rligi natijasida milliy sport turlarimiz yanada rivojlanib ommaviylashib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek mamlakatni sport kabi xech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.
O‘zbek yakkakurash usullaridan hisoblangan Kurash usullari qadimiy tarixga ega. Buxoro yaqinidagi Varaxsha shahri xarobalaridan topilgan kumush gardishda, ko‘zalar va ossuariylarda kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan. SHuningdek
Panjikent harobalarining saroy devorlariga tushirilgan rasmlarida ov, chavandozlik, merganlik, kurash musobaqalari tasvirlarini ko‘rish mumkin. Qadimgi Grek tarixchisi Gerodot asarlarida ajdodlarimiz bo‘lgan saklar, massagetlar va turkiy qabilalar “Navro‘z” va xalq bayramlarida Kurash musobaqalari uyushtirilganligi haqida yozilgan. SHuningdek “SHohnoma”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” qahramonlari ham pahlavon kurashchilar bo‘lganligi xalq dostonlarida yozib qoldirilgan. Zardushtiylikning “Avesto” va “Mahobhorat” diniy kitoblarida ham saklar, massagetlar va turkiy qabilalarni, “yovuz kuchlar” bilan jang qilishda kurash mashqlaridan foydalanilganligi aks ettirilgan.
Turkiy elatlar, ya’ni hozirgi o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va boshqalar ajdodlarining o‘zlariga xos yakka kurash usullari muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi tarzidan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotining ichki va tashqi muhit xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, chidamli, dadil va dov yurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan. 0‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha og‘ir yo‘lni bosib o‘tganlar, zo‘r jasorat ko‘rsatganlar. Bu esa xalqdan jismoniy baquvvat bo‘lishni talab qilgan.
Qabilalar o‘rtasidagi janglar, keyinchalik harbiy yurishlar hamda bosqinchilarga qarshi janglar erkaklarni har tamonlama jismonan baquvvat, mard, pahlavon bo‘lishini talab etardi. Qabilalar o‘rtasidagi nizolar har bir qabiladan pahlavonlar chiqib bellashuvlari - Kurash tushishlari bilan ham hal etilgan. Mard jangchilarni tarbiyalash va tayyorlashda milliy yakka kurash usullari qo‘l kela boshlagan. Ajdodlarimiz tarixida eng avvalo shakllangan jismoniy mashq turlari kurash usullari hisoblanadi. Kurash faqatgina harbiy jang qilish vositasi emas balki xalqning ko‘ngil ochish mashqlari bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarni yashash joylari va sharoitlari hamda urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning SHimoliy va Janubiy qismida yashagan xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi. Har ikkala kurash usullari ham xalqni jismonan rivojlantirish hamda harbiy tayyorgarligi vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
O‘rta Osiyo xalqlarining yakka kurash usullari asosi yagona hamda bir xil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi, shuningdek Turkiy xalqlarning urf odatlari va milliy an’analari bir biriga o‘xshashligi ham Kurash usullarida yaqqol ko‘rinib turadi. O‘zbeklarning Buxorocha Kurash usuli - Qozoq va Qirg‘izlarning Kures, Turkmanlarning Guresh usullaridan deyarli farq qilmasa, Farg‘onacha Kurash usuli - Uyg‘urlar, Qarluqlarning Bellashuv usullaridan deyarli farq qilmaydi.
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarning yashash joylari va sharoitlari hamda urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning SHimoliy va Janubiy qismida yashagan xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi.
Kurash usullarining taraqqiyotiga hamda ommaviylashib borishiga xalqlarning o‘zaro birdamlikda yashashlari ularning milliy an’analari va urf odatlarining uyg‘unlashib ketishi katta ta’sir ko‘rsatgan. SHu bilan birga O‘rta Osiyo mamlakatlari hududidan “Buyuk Ipak yo‘lini” o‘tishi ham xalqlar orasida jismoniy mashqlar va yakkakurash sport turlarini o‘zlashtirilib borilishiga va ommaviylashuviga katta ta’sir ko‘rsatgan. CHunonchi mo‘g‘ullar va kareyslarda Farg‘onacha kurash usullariga o‘xshash kurash usullari shakllangan.
O‘zbek milliy kurash usullari qadimgi tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda bu kurash usullari Osiyoni barcha mamlakatlarida hamda bir qator Evropa xalqlari orasida keng tarqalgan. Kurash usullari, ularni shakllanishi, turlari hamda moxir kurashchilar haqida SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida yozib qoldirgan. Masalan, “Boburnoma”da Temuriylar sulolasidan bo‘lgan mashhur sarkarda va hokim Muhammad Bobur o‘zining harbiy yurishlaridan birini bayon qilib, manzilgohda polvonlar kurashga tushgani; qayiqchi pahlavon Lohuriy Do‘st YOsinni Xayr degan polvon bilan olishgani; Do‘st YOsin raqibini juda qiynalib yiqitganini yozgan.
Bobur o‘sha darvning mashhur polvoni Muhammad Abu Saidga yuksak baho berib, uni tengi yo‘q pahlavon deb atagan edi. Bobur o‘z xotiralarida yozishicha, uning zamondoshlari orasida bir zarb bilan otni qulata oladigan odamlar ham bo‘lgan.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida ham kurash usullari quyidagicha ta’riflanadi. Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutilishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa, uni qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga ag‘daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tishi kerak, kurashuvchilar goh qadilarini tiklab, goh egiladilar. Kurash turlariga yana ko‘krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birining oyoqlarini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib, yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi”.
Pahlavonlarimiz o‘tgan asr boshlaridan jahonning kurash musobaqalarida ishtirok etganlar. Ular xorijiy mamlakatlar shuningdek Evropa mamlakatlari kurash maydonlarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, tengi yo‘q pahlovonlar deb tan olingan.
O‘zbek zamini qadimdan buyuk allomalar, polvon va pahlavonlar yurti hisoblanib kelgan. Xalqimiz o‘zining milliy g‘ururi, iftixori, mehmondo‘stligi va tantiligi bilan boshqa millatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston respublikasi mustaqilligiga erishgandan keyin hamma sohalarda o‘zining taraqqiyot yo‘lini o‘zi tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Ko‘plab mahoratli sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, davlatimiz madhiyasi sadolari ostida bayrog‘imizni yuksakka ko‘tarilishi oqibatida, o‘zbek xalqi dunyo xalqlariga o‘zligini namoyon qildi.
Hozirgi kunda O‘zbek Kurash usullarini ommaviylashib borishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotganligi va ajdodlarimiz azaliy orzulari ro‘yobga chiqayotganligidan dalolatdir.
Xalqimiz va yoshlar o‘rtasida kurash sportini ommaviylashib borishiga, uning jangavor, shiddatkor usullari, ruhiy-ma’naviy etuklikka olib boruvchi mashg‘ulotlari asosiy omil bo‘lgan. Kurashning mamlakatimizda ommaviylashib borishi bu sport turi yoshlarni jismoniy barkamol bo‘lishi bilan birga ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalashning asosiy vositalari ekanligi isbot qilingan. Hozirgi kunda bu sport turlari bilan mamlakatimiz aholisi qolaversa yoshlarimiz ham sevib shug‘ullanib kelishmoqda.
O‘tgan davrlar ichida mamlakatimizda kurash sporti bo‘yicha ko‘plab yuqori malakali sportchilar etishib chiqdilar. Ular xalqaro musobaqalarda, dunyo va qit’a birinchiliklarida, Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib g‘alabalarga va sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lib kelmoqdalar. Mamlakatimizning har bir viloyatida har bir tumanida kurash klublari tashkil etilgan bo‘lib u erda yuqori malakali murabbiylar yoshlarga kurash bo‘yicha barcha nazariy va amaliy bilimlarini berib kelmoqdalar. YOsh sportchilar esa xalqaro sport arenalarida o‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishga muyyassar bo‘lish uchun muntazam sport mahoratlarini takomillashtirib bormoqdalar.
Milliy kurash turlari jismoniy barkamol, ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy kurash turlari keng ommaviylashib rivojlanib kelmoqda. Milliy kurash turlaridan belbog‘li kurash mamlakatimizda keyingi yillarda mingdan ortiq iqtidorli sportchilar etishib chiqdilar. Ular respublikamiz Osiyo, Evropa va jahon birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
Bunda albatta har bir sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba, butun o‘zbek xalqi g‘alabasi timsolida namoyon etiladi. Sport yoshlarni milliy g‘urur va milliy istiqlol g‘oyasi ruxida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Sport musobaqalarida qatnashish natijasida yoshlar o‘zlarining jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy, ruxiy xamda baynalminal hislatlarini tarbiyalab, o‘zbek xalqi madaniyatini va ma’naviyatini targ‘ibot, tashviqot qiladi. Katta-katta nufuzli musobaqalarda qatnashayotgan bir yoki bir nechta sportchi timsolida butun o‘zbek diyori, uning aholisi haqidagi tasavvurlar shakllanadi.
Milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan o‘zbek kurashi bilan jahon xalqlari sevib shug‘ullamshayotganlari, o‘zbek tilidagi «Ta’zim, kurash, yonbosh, halol, dakki» so‘zlarining dunyo xalqlari tilida o‘zbekcha yangrayotgani millatimiz g‘ururini, mavqeini yanada ortirib bormoqda. Xalqaro musobaqalarda har bir o‘zbek farzandi qatnashar ekan uning ortida oilasi, vatani, yurtdoshlari hamdard, hamnafas bo‘lib turganini xis etadi. Ularning yutug‘i xalqimizning yutug‘i va muvaffaqiyati hisoblanadi.
Ko‘plab sport turlari bo‘yicha mamlakatimizda xalqaro sport musobaqalarining tashkil etilishi, uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi, o‘zbek sportchilarining xalqaro sport uyushma va klublarida ishtirok etishlari yurtimizda sportni keng rivojlanib borayotganini qolaversa professional sportga katta e’tibor berilayotganining dalilidir.
Prezidentimizning tashabbusi bilan milliy sport turlarining rivojlantirish, ularni xalqaro sport turlariga aylantirish bo‘yicha ko‘plab sa’yi harakatlar olib borilmoqda. Jumladan o‘zbek belbog‘li kurash turi ham duyoga yuz tutmoqda. O‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga kurashchilarimizning jahon sport arenalaridagi g‘alabalarini ham kiritish mumkin. Bunday g‘alabalarga belbog‘li kurash usulida kurashuvchi polvonlarimizni Rossiyaning Qozon shahrida so‘ngra Qozog‘istonning Alma-Ata shahrida, Tojikistonning O‘ratepa shahrida va Qirg‘izistonning O‘zgan shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro va jahon birinchiligi musobaqalaridagi g‘alabalarini kiritish mumkin.
O‘rta Osiyo xalqlari o‘zining yakkakurash usullari bilan jahonga mashhur bo‘lib kelgan va yanada mashhur bo‘lib bormoqda. O‘zbek milliy kurash usuli Buxorocha kurash hozirgi kunda Xalqaro kurash nomi bilan jahon sport turlari qatoridan o‘rin oldi. Xalqaro musobaqalarda xorijiy hakamlar hamda sportchilar o‘zbek tilida musobaqa tashkil etmoqdalar. “Kurash, halol, chala, yonbosh, dakki, tanbeh” kabi so‘zlari bilan musobaqalarni olib bormoqdalar.
O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyotida hamda aholining, yosh avlodning jismonan barkamol inson bo‘lib tarbiyalanishida va moxir, jasur, pahlavon vatan posbonlari bo‘lib etishishlarida yakkakurash usullarining ahamiyati beqiyos bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlari va qo‘shni mamlakatlar hududlarida bir necha shakldagi kurash usullari vujudga kelgan bo‘lib, ulardagi asosiy texnik harakatlar, usullar va qoidalar deyarli bir xil bo‘lgan. YAkkakurash usullari asosi yagona, hamda bir xil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi, shuningdek turkiy xalqlarning urf odatlari va milliy an’analari bir biriga o‘xshashligini ham kurash usullarida yaqqol ko‘rinib turadi.
Istiqlol tufayli o‘zbek kurashi er kurrasining barcha qit’alariga kirib borishi, barcha millat va elatlarning o‘zbek tilidagi kurash, halol, to‘xta va boshqa so‘zlarining jaranglashi O‘zbekiston Respublikasini, o‘zbek xalqini butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinganligining yaqqol na’munasidir. O‘zbek kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy etuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

  1. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlari darslari soatini ko‘paytirish.

  2. O‘zbek kurashi bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va kerakli adabiyotlarni chop ettirilishini jadallashtirish.

  3. O‘zbek kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyatlar tumanlarida musobaqalarni tashkil etishni ko‘paytirish.

  4. O‘zbek milliy kurash turlari bo‘yicha yagona o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalar o‘tkazish uchun yagona dastur, nizom va darsliklar, qo‘llanmalar yaratish.

  5. O‘zbek milliy kurashi turlarini yoshlar va aholi o‘rtasida ommaviylashtirish uchun muntazam mintaqaviy va xalqaro musobaqalar tashkil etish, televideniya va radiodagi ko‘rsatuv, eshittirishlar olib borish, ommaviy matbuotda chiqishlar uyushtirish, gazeta va jurnallarda ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirib borish maqsadga muvofiq.

YUqoridagi taklif etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, kelajakda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni bobolarimiz ruhida tarbiyalashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda ham amaliy yordam beradi.

  1. Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi

O‘zbekiston qadimdan inson yashab kelayotgan joylardan, eng eski madaniyat o‘choqlaridan biridir. Tarixiy manbalar, arxeologik tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki o‘zbek xalqi o‘zining mard, jasur, fidoiy, pahlavon farzandlari bilan butun dunyo xalqlari orasida faxrlansa arziydi. Bunday pahlavon, jasur o‘g‘il- qizlar voyaga etkazish va tarbiyalashda miliy o‘yinlarimizning va yakka kurash usullarining ahamiyati, xizmatlari beqiyosdir.
Turkiy elatlar, ya’ni hozirgi o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va boshqalar ajdodlarining o‘zlariga xos yakka kurash usullari muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi tarzdan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotning ichki va tashqi muhit hususiyatlarini o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, chidamli, dadil va dovyurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan. O‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha og‘ir yo‘lni bosib o‘tganlar, zo‘r jasorat ko‘rsatganlar. Bu esa xalqdan jismoniy baquvvat bo‘lishni talab qilgan.
Qabilalar o‘rtasidagi janglar, keyinchalik harabiy yurishlar hamda bosqinchilarga qarshi janglar erkaklarni har tamonlama jismonan baquvvat, mard, pahlavon bo‘lishini talab etardi. Bunda mard jangchilarni tarbiyalash va tayyorlashda milliy yakka kurash usullari qo‘l kela boshladi. Ajdodlarimiz tarixida eng avvalo shakllangan jismoniy mashq turlari kurash usullari hisoblanadi.
Xitoy tarixchilarini shu davrlarga xos ma’lumotlarida Parkana davlatida chavandozlik taraqqiy etgan bo‘lib “samoviy duldullar” deb nomlangan chopqir otlar etishtirilgan. SHu davrlarda milliy kurash usullarining Farg‘onacha va Buxorocha kurash turlari shakllangan. Xalqimizning qadimdan har bir bayramlari, an’analari, urf-odatlari, musobaqalar, bellashuvlar va o‘yinlar bilan o‘tkazilgan. Masalan qadimgi Toxarlar udumi bo‘yicha kuyov kelin tanlashda kurash tushib raqib yigitlarni mag‘lub etishi kerak bo‘lgan. So‘ngra kelin bilan chavandozlik va merganlik bo‘yicha kuch sinashgan.
Tarixiy yodgorliklarda topilgan mozor qoldiqlarida askarlar qabrlariga qo‘yilgan haykalchalarda qurollangan jangchi aks etirilgan. Jangchilar qurol yarog‘lari, xo‘jalik buyumlari bilan birga dafn etilgan. Xanjarlar shu davrga xos bo‘lgan uchi qayrilgan, yoysimon shaklda bo‘lgan. Kamon o‘qlari chirib ketgan bo‘lsada uchlari temirdan yasalganligi uchun saqlanib qolgan. Temirdan ishlangan chopqilar, bolta, pichoqlar ham saqlanib qolgan. SHuningdek nayzalarning uchliklari, gurzilarga qatirilgan sanchiqilar ham saqlangan. YOdgorliklar shundan dalolat beradiki qadimgi sak va massaget qabilalarining asosiy qurollari maxsus rang bilan bo‘yalgan kamon bo‘lib, ular yuz metr masofadagi nishonni bexato urganlar. Jangchilar maxsus jang kiyimlari, dubulg‘a va sovut kiyganlar. Ular qalqon va engil boltalar bilan qurollanganlar. Bolta bilan jang qilish va uni bexato uloqtirishga mohir bo‘lganlar.
O‘rta Osiyo davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy hayoti va taraqqiyoti ko‘plab xorijiy mamlakatlarni qiziqtirgan hamda ularning ta’sirida bo‘lgan. Mahalliy xalq va elatlar tarixini o‘rganish, ularning urf-odatlari, bayramlari, an’analari ma’naviy va madaniy yodgorliklari, halq turmush tarzi, qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar, urug‘chilik aloqalari, davlatning ichki va tashqi siyosatlari, hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik, savdo aloqalar, er osti boyliklari, tabiiy boyliklar, xayvonot va o‘simliklar dunyosi, xalqning jangovorligi, ularning qurol yarog‘ turlari va jang usullari haqida ma’lumotlar yig‘ish va o‘rganish maqsadida xorijiy sayohatchilar va olimlar bu mamlakatlarga kela boshlaganlar. CHunki O‘rta Osiyo halqlari kuchli harbiy qudratga ega bo‘lib har bir davlat ixtiyorida xarakatdagi harbiy qo‘shinlar tuzilgan. Ular tarkibida mohir jangchilar, chavandoz va pahlavon kurashchilar bo‘lgan. Ularga mohir sarkardalar va lashkarboshilar muntazam harbiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlar o‘tkazib turganlar. SHu bilan birga urish harakatida mahaliy xalqdan oddiy askarlar ham janglarga safarbar etilgan. Jangchilarning qahramonliklari, mashhur janglar sharq allomalarining “Jangnoma” asarlarida, xalq og‘zaki ijodi - dostonlarda yozib qoldirilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari o‘zining uzoq o‘tmishida millat sifatida shakllanish jarayonida ko‘plab ijtimoiy o‘zgarishlarni boshidan kechirgan. Bosqinchilarga qarshi mardonovor kurash olib bordilar, millat sifatida shakllandilar va toblandilar. Davrlar o‘tishi bilan xalqimizning milliy udumlari, urf-odatlari, shularga asosan xalq milliy o o‘yinlari va jismoniy tarbiya mashqlari, takomillashib bordi.
Xalqlarimiz qadim zamonlardan yashash uchun kurash, tabiat injiqliklarini bartaraf qilish hamda ezgulikka intilib yashashga moslashib kelganlar. Turkiston o‘lkasida istiqomat qilgan elatlar, ya’ni xozirgi o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va boshqalarning ajdodlari o‘zlariga xos jismoniy madaniyatni turli jismoniy mashqlar, o‘yinlari va musobaqalari muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi tarzdan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotning ichki va tashqi muhit hususiyatlarini o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, chidamli, dadil va dov yurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan.
Ular o‘z farzandlarini o‘zlarining munosib vorislari sifatida ko‘rishgan hamda ularni jasur, kuchli va paxlavon bo‘lib voyaga etkazish uchun astoydil harakat qilishgan. Ilk yoshlik chog‘laridanoq ularni tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishgan. Ularga qilichbozlik san’atini, kamondan o‘q otish sirlarini, kurash tushish malakalarini, otda yurish va uloq chopish, ot ustida kurash tushish, raqibga zarba berish hamda turli og‘irlikdagi toshlarni ko‘tarish singari maxsus mashqlar majmuasini o‘rgatib borishgan.
O‘rta Osiyo xalqlari milliy kurash usullari qadimgi tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda bu kurash usullari Osiyoni barcha mamlakatlarida hamda bir qator Evropa xalqlari orasida keng tarqalgan. Kurash usullari, ularni shakllanishi, turlari hamda mohir kurashchilar haqida SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida yozib qoldirgan. Bulardan Sosoniylar saroy ahli uchun yozilgan “O‘yinnoma” asarida, Ibn Sinoning “Al Qonun” asarida hamda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida va ko‘plab tarixchi olimlar qo‘l yozma va tarixiy asralarida kurash mashqlarini yosh avlodni jismoniy barkamol, harbiy jihatdan mohir jangchi qilib tarbiyalash vositasi ekanligi yozib qoldirilgan. SHuningdek kurash musobaqalari xalqni ma’niviy va ma’rifiy tarbiyasida, milliy an’analarini shakllanishida, milliy qadriyatlari, bayramlar va an’analarda keng tashkil etilgan.
O‘zbek xalqlarining milliy kurash usullari-qozoq va qirg‘izlarning Kures, Alish, turkmanlarning Goresh, (Uyg‘urlar,) tojiklarning Gushtingri kabi kurash usullaridan, shuningdek tuva, xokas, totar va boshqird xalqlarining Kuresh va Xuresh, armanlarning Kox, gruzinlarning CHidaoba, va moldovanlarning Trinte- dryapte kurash usullaridan deyarli farq qilmaydi. Evropa xalqlari va Slavyan elatlarida ham o‘zbek milliy kurash usullariga o‘xshash “Bor’ba na poyasax” kabi kurash turlari mavjud.
Markaziy Osiyo xalqlarida aynan bir biriga o‘xshash bo‘lgan kurash turlarini shakllanishi va rivojlanishi VI asrda tilga olingan. Qadimgi yodgolrliklar, shahar va saroy qoldiqlari va topilmalarda kurash tushayotgan pahlavonlarning ramzi tushrilgan sapol idishlar, mis va kumushdan tayyorlangan qadaxlar va kosalar topilgan. Bunday yodgorliklarning o‘rtacha umri eramizdan oldingi IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday namunalarga Tyan SHan tog‘i g‘orlaridan topilgan kumush barkas va sopol kosalarni, Samarqand eski shahar qoldiqlaridagi saroy devorlariga chizilgan suratlarni misol keltirish mumkin.
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarni yashash joylari va sharoitlari hamda urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning G‘arbiy va Janubiy qismida yashagan xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi. Har ikkala kurash usullari ham xalqni jismonan rivojlantirish hamda harbiy tayyorgarligi vositasi bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbek pahlvonlarining dong‘i butun dunyoga taralgan.
Kurash usullarini taraqqiyotiga hamda ommaviylashib borishiga xalqlaming o‘zaro birdamlikda yashashalari ularning milliy an’analari va urf odatlarini uyg‘unlashib ketishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘tgan davrlarda mamlakatimizda jahonga mashhur pahlavonlar etishib chiqqan. Ular xorijiy mamlakatlar shuningdek Evropa mamlakatlarining kurash maydonlarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, tengi yo‘q pahlovonlar deb tan olingan.
Hozirgi kunda o‘zbek kurash usullarini ommaviylashib borishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanayotganligi va ajdodlarimiz azaliy orzulari ro‘yobga chiqayotganligidan dalolatdir. Milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan o‘zbek kurashi usullari bilan jahon xalqlari sevib shug‘ullanishayotganlari, o‘zbek tilidagi «Ta’zim, kurash, yonbosh, halol, dakki» so‘zlarining dunyo xalqlari tilida o‘zbekcha yangrayotgani millatimiz g‘ururini, mavqeini yanada ortirib bormoqda. Milliy kurash turlari yoshlarni milliy g‘urur, va milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Sport musobaqalarida qatnashish natijasida yoshlar o‘zlarining jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy, ruhiy hamda baynalminal hislatlarini tarbiyalab, o‘zbek xalqi madaniyatini va ma’naviyatini targ‘ibot, tashviqot qiladi. Katta-katta nufuzli musobaqalarda qatnashayotgan bir yoki bir nechta sportchi timsolida o‘zbek diyori, aholisi haqidagi tasavvurlar shakllanadi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish