Xavfsiz yashash va harakatlanish
Bola texnik vositalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishini kuzating va ehtiyotsizlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntiring.
Biz yuqorida qayd etgan tavsiyalardan quyidagicha xulosa qilamiz:
Birinchidan, ta’lim jarayonini tashkil qilishda differensial yondashuvni amalga oshirish;
Ikkinchidan, bolaning o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra korreksion yondashuv, tabaqalashtirilgan dastur asosida tayyorlash;
Uchinchidan, intellekt jihatdan tabaqalashgan rejimli guruhlarni tashkil etish;
To‘rtinchidan, maktabgacha ta’lim muasassasi logopedi, psixologi bilan korreksiyasini tashkil etish;
Beshinchidan, bola ehtiyoji va qiziqishlari, tabiati, rivojlanishiga moslashish;
Oltinchidan, bolalarning intellektual bilish faoliyatini diagnostika etish asosida ular rivojlanish dinamikasini o‘rganish orqali ta’limning keyingi bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich ta’limga yo‘naltirish.
Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilib tarbiyalash bolalarni boshlang‘ich sinfga tayyorlaydi, natijada ta’limning uzluksizligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |