Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet331/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   569
Bog'liq
boy ota

Milliy harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarning qiziqishini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashqlarini diqqat bilan bajariladilar.

Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilarning organizmlariga kompleks ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko’rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, oddiy «Chiziqdan tortib o’tkazish» o’yinida faqat kuchli bo’libgina qolmasdan, balki chidamli va irodali bo’linadi.

Maktabgacha ta'limda Davlat talabi asosida darsliklar xajmini ixchamlab, zarur bo’lsa qismlarga bo’lib, rangdor rasmli, bolalarbop kilib chop etish, nazariy asoslangan matnlar, o’yinlar vositalari bilan bog’lanishi, didaktik talablarni o’zida aks ettirgan bo’lishi lozim. Unda xalq pedagogikasining durdonalari, xikmatlari, xalq ogzaki ijodining eng yaxshi namunalari: ertak, maqollar, topishmoqlar, qo’shiqlar, termalar, o’zbek xalq o’yinlari, laparlar o’rin olmogi kerak.

Bolaning quvnoq, xushchaqchaq yashashi va mazmunli hayot kechirishi uchun nima kerak? Qanday qilsa boladagi turli-tuman xis-tuyg’ularni barvaqt uyg’otish, fikrining rivojlanishiga turtki berish, nutqini o’stirish, savodxonligini oshirish, uning borligini yoqimli, jozibali va mazmunli qilish mumkin? Javob bitta: O’YIN!

Ma'lumki, qadimda o’zbek xalq o’yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng qo’llanilgan. O’zbek xalq milliy o’yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo’lib, ular xalqimizning moddiy, maishiy va ma'naviy tarixini o’rgatishda muhim manbaalardan biri hisoblanadi.

Bobokalonlarimiz Mahmud Qoshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham bolalar ijodkorligi, folklor o’yinlariga taalluqli ma'lumotlar juda ko’p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida o’yinlarning tur va yo’nalishlari haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan.

O’zbek pedagogikasi tarixi ravnaqiga katta ulush qo’shgan iste'dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va mohir tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1870) «Ta'vizul-oshiqin» devonida o’zbek milliy o’yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida qilichbozlik, chavgon, yogoch ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo’yicha merganlik, shatranj, karda, dorboz, poyga, varrak, yog’och xukka, masxarabozlik, tosh ko’tarish, pachok o’yini, oshik o’yini, to’p o’yini va boshqalar to’grisida ma'lumotlar berib, bu o’yinlarning koidalarini birma-bir izohlaydi. Ogahiy «Kurash» she'rida xalq milliy sport o’yinlaridan bo’lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.

Ogahiy fikricha, kurash bilan shug’ullanish bolalarni qat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch hosil qilish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy kamolotiga ijobiy ta'sir qiladi. U «Poyga ta'rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuqtai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo’lgan kishilarni aqlining susayishidan, yurak hurujlaridan xalos etadi va jismonan baquvvat kiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.

Bolalar o’yinining yana bir foydalisi chavgon o’yini bo’lib, u bolalarni jangga o’rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-quvvatini oshirib boradi. Bu haqda u shunday yozadi:

Chiqib maydon aro to kuyu-chavgon o’yinni ko’ring,

Agar mushkul desang mushkul, va gar oson desang oson ...

So’z va qo’shiqli o’yinlar esa bolalarning nutqini o’stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o’rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.

Shu tarzda Ogahiy o’zbek milliy o’yinlari bolalarni ziyraklikka o’rgatishda, jismonan baquvvat bo’lib o’sishda muxim tarbiya vositasi ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, qadimda milliy o’yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orqali bizga ham yetib keldi.

Mustaqil o’lka yoshlarining har tomonlama kamol topgan shaxs qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, qolaversa, milliy jismoniy tarbiya usullarining ahamiyati juda katta. O’lkamiz tarixiga nazar tashlasak, qadim zamonlarda milliy sport, harakatli o’yin va ko’ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro’z, hosil bayramlari, Ramazon Hayiti, Qurbon Hayiti va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash, ko’pkari kabi xilma-xil o’yinlar, ko’ngil ochishlar o’tkazilgan.

Milliy jismoniy mashqlar sport va harakatli o’yinlarning xilma-xilligi, ulardan o’quv-tarbiya jarayonining juda ko’p sohalarida ko’llash imkonini beradi.Kuni uzaytirilgan guruhlarda har-xil harakatli o’yinlar uyushtirish, maxsus guruhlarda qiziqarli va bajarilishi oson bo’lgan mashqlar tashkil etish o’quvchilar harakat sifatlarini to’gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.

O’zbek xalq milliy o’yinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va soglom bo’lib o’sishlariga imkon beradi.

Milliy o’yinlar bolalarni hayotga tayyorlaydi, qiyinchiliklarni yengishga o’rgatadi. Jismoniy tayyorgarligi puxta bo’lgan, chiniqqan yoshlarimiz kelajakda mustaqil elimizni qo’riqlash va umuman xizmat burchlarini bajarishda kiynalmaydi. Xullas, o’tmish o’yinlarini o’rgansa, o’rgatsa arziydigan tomonlari juda ko’p. Ular ustida ish olib borishimiz muhimdir.


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish