Rivojlanish darajasi
Uch yoshlilarning istalgan guruhidagi bolalar ichida qobiliyat va harakat borasida katta farqlar kuzatiladi. Ba’zi bolalar ikki yoshlilar darajasini namoyon etadi, ba’zilar to‘rt yoshli, aksariyati esa ikki yosh o‘rtasida bo‘lishadi. Ammo vaziyat har bir alohida olingan bolaning rivojlanishi baravar kechmasligi bilan yanada murakkablashib ketadi: bola rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatiga ega, lekin jismoniy rivojlanishda orqada bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tengdosh bolalar guruhlari doirasida rivojlanish darajasiga ko‘ra kamida ikki yillik farq kuzatiladi. Agarda guruhda o‘ta qobiliyatli va rivojlanishda orqada qolgan bolalar bo‘lsa, ushbu farq yana ham ko‘proq seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |