Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

 
 
 
 
 
 
Ekologik omillarning optimal ko‘rsatkichdan ozroq o‘zgarib turishiga moslashgan turlar tor doiraga 
moslashgan turlar, muhit omilarning keng doirada o‘zgarishiga moslashganlari esa keng moslashgan 
turlar, deb aytiladi. Bu yerda birlamchi holatga misol qilib dengizlarni, yuqori sho‘rligiga (30-37%
0

yoki tog‘ daryolari suvning chuchukligiga (150-240 mg/1) moslashadigan organizmlarni olish 
mumkin. 
Ikkinchi holatda misol: katta daryolarning quyi oqimlarini dengiz bilan qo‘shilib turadigan 
joylarida suvning sho‘rligi o‘zgarib turadi (0,5-11g/1). Organizmlar shu o‘zgarishga keng 
moslashgan. Ba‘zi hayvonlar (uch ugnali kolyushka-
Qasterosteus aculeatus
), suvo‘tlar (
xlorella, 
ssenedesmus: Chlorella vulgaris, Scenedesmus quadricauda
) keng ekologik valentlikka ega bo‘lib, 
ham sho‘r, ham chuchuk suvlarda yashashi mumkin. 
Ekologik mutanosibligi bo‘lmagan yoki kam chidamli turlar stenobiont (stenos-tor doirali), 
keng chidamli turlar esa evribiont (eyros-keng) turlari deb aytiladi. Turlarningstenobiont yoki 
evribiontligi, ularning u yoki bu minutga turli yo‘llar bilan moslashishidan kelib chiqqan. Bir xil 
sharoitda yashgan turlar asta-sekin ekologik omillarga keng moslashish qobiliyati yo‘qolib, ularda tor 
muhitga xos stenobiontlik xususiyatlari kelib chiqadi. 
Ekologik omilar keng doirada o‘zgarib turadigan muhitda uchraydigan turlar evribiontlik 
xislatlariga ega bo‘lib, ular ekologik keng valent (Mutanosib)li turlar qatoriga kiritiladi. 
Tabiiy muhitda organizmning evribiont yoki atenobiontlik xislati bir ekologik
omilga nisbatan kelib chiqadi va evribiontlik turlarning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. 
Masalan, ko‘pchilik sodda tuzilgan umurtqasiz hayvonlar, mikroorganizmlar, suvo‘tlar, 
zamburug‘lar haqiqiy evribiontlar guruhiga kirib, hamma joyda keng tarqalgan yoki kosmopolitlar 
hisoblanadi. Stenobiont turlarning tarqalish areallari tor, chegaralangan, faqat ayrim hollardagina 
yuqori darajada takomillashadigan ayrim turlargina katta maydonlarni eglashi mumkin. Masalan, 
baliq bilan ovqatlanadigan kopa nomli qush (Pandion nalinetus) boshqa omillarga nisbatan haqiqiy 


21 
stenofag hisoblansa ham tarqalish, bo‘yicha evribiontdir. Chunki ozuqa qidirib juda ham uzoq 
joylarni aylanadi. 
Evribiont organizmlarga misol qilib hayvonlar-qo‘ng‘ir ayiq, chumchuq, qarg‘a, bo‘ri; 
o‘simliklar-qamish, qug‘a, g‘umay, ajriq kabilarni olish mumkin. Stenobiont organizmlarga 
baliqlardan-forel, tog‘ echkisi, burgut, saygak, dengizlarning chuqur joylariga moslashgan baliqlar; 
o‘simliklardan-chinni gullar, orxideyalar, issiq quloqlarga (80-90 
0
C) moslashgan ko‘k yashil 
suvo‘tlarini kiritish mumkin. 
Ma‘lum ekologik omilarga nisbatan organizmlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 
haroratning keng ko‘lamda o‘zgarib turishi, yuqori va pastligiga qarab, organzimlar evriterm va 
stenoterm kabi turlarga bo‘linadi. Suvdagi turlarkonsentrsiyasiga nisbatan evri galin va stenogalin; 
yorug‘likka qarab evrifot va stenofot; namlikning o‘zgarishiga nisbatan evrigidrid va stenogidrid; 
tarqalishiga qarab evritop va senotop organizmlarga bo‘linadi. 
Ekologik evribiontik yoki stenobiontik turning to‘g‘ri kelgan ekologik omilga o‘ziga xos 
moslashishini ifodalamaydi. Chunki tur har bir ekologik omilga hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan 
holda moslahadi. Bir ekologik omilga nisbatan tur tor ekologik valentlikda bo‘lsa, boshqa omilga 
keng moslashgan bo‘lihsi mumkin. Masalan, ba‘zi qisqichbaqasimonlar, ko‘k yashil suvo‘tlar tor 
harorat doirasiga moslashgan bo‘lib, ular stenoterm organizmlar guruhiga kiradi. Lekin shu 
organizmlar keng doiradagi tuzlar, konsentratsiyali suvlarga ham xos bo‘lib evrigalin organizmlar 
qatorida yuradi. 
Sho‘rroq suv havzalarida, ayniqsa, ko‘llarda tuz miqdorining keng doirada o‘zgarib turganligi 
tufayli, evrigalin turlar ko‘proq uchraydi. Bunday ko‘llarda, dengiz yoki chuchuk suvlarga 
moslashgan turlkar uchramaydi, suvda tuz miqdorining o‘zgarib turganligi sababli ular tezda nobud 
bo‘ladi. Qorin oyoqli molluskalar (Littorina neritoides) yetilgan davrida dengiz qirg‘oqlari atrofida 
yashaydi. To‘lqinlar bilan chetga chiqib, uzoq vaqt suvsiz ham yashashi mumkin. Lekin uning 
lichinkasi (qurtchasi) faqat suvning ichida plankton holda hayot kechiradi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish