Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

III. Antropogen omilar
-insonning hayot-faoliyatining organik dunyoga ta‘siridan iborat. 
Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga ta‘sir qilishining yangi-yangi xilari kelib chiqib, 
atrof-muhitda salbiy ekologik o‘zgarishlar sezila boshlaydi. 
Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’sir qilish qonunlari.
Muhit omilari ta‘sirini
organizmlar ma‘lum chegarada qabul; qiladi. Ekologik omillarga organizm ma‘lum darajada javob 
reaksiyasini qiladi. 
Abiotik omillar organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita ta‘sir qiladi. Masalan, 
muhit harorati o‘simlik va hayvonlarga bevosita ta‘sir qilib, ular tanasidagi issiqlik balansi,
fiziologik jarayonlar o‘tishini o‘zgartiradi. Lekin abiotik omildan yorug‘lik o‘simlikka to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta‘sir qilib, ular tanasida biomassa hosil bno‘lishiga olib keladi, shu biomassa (yem-xashk, 
ozuqa) orqali hayvonlarning hayot-faoliyatiga ta‘sir ham qiladi. 
Turli organizm ekologik omillarga turlicha moslashgan. Ba‘zilari kuchli yorug‘lik va past 
haroratga o‘rgangan . Shuning uchun ham organizmlar turli muhitda uchraydigan mikrooganizmlar, 
o‘simlik va hayvonlar turli moqdorda ekologik omillarni qabul qiladi. Undan ortiq yoki kam 
miqdordagi omillarning ta‘siri organizmlarning hayot-faoliyatining pasayishiga olib keladi. Agar 
ekologik omillar maksimum yoki minimum darajada ta‘sir qilsa, organizmning hayot-faokliyati 
to‘xtaydi. 
Organizmlarning yaxshi o‘sish, rivojlanish sharoiti optimal abiotik omillar ta‘sirida bo‘lsa, 
ularning yomon holati minimal sharoitda, ya‘ni, abiotik omilarning
salbiy ta‘siri natijasida yuzaga keladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
Organizmlarning nobud bo‘lish chegara (mintaqa)si, ekologik omillarning haddan ziyod 
ortiqchaligidan yoki ularning ta‘sir qilish kuchlarining kamligidan kelib chiqishi mumkin. Bu holat 
pesimum mintaqasi deb ham aytiladi. Ba‘zi mineral moddalarning yetishmasligi, minimum darajada 
bo‘lishi, o‘simnliklarning rivojlanishini sekinlashtirib, hattoki qurib qolishiga olib kelishi mumkin. 
Ya‘ni, tuproqda kaliy, kalsiy, magniy elementlari va qo‘shimcha mineral moddalarning vaqtida 
berilmasligidan, ayrim elementlar miqdori tuproqda kamayib, o‘simlik normal rivojlana olmaydi. 
Lekin ayrim mineral moddalarning ma‘lum darajasi hosilini oshiradi. Ularning ortiqcha esa 
o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Ayrim mineral moddalarning Libix (1849) ta‘rificha, tuproqda ―minimum‖ holda bo‘lishi 
mumkinligi, keyinchalik, 1905-yili F.Bekman tomonidan ekologiyada ―chegaralovchi omil‖ 
tushunchasi biulan ham almashtirib ishlatiladi. Misol. Bir ko‘lning kalsiyga boy bo‘lib (21,2-22,4 
mg/1), ularda o‘simlik va hayvonlar son va sifat jihatidan boy bo‘lgan. Boshqa ko‘l suvida kalsiyning 
miqdori juda kam (0,7-2,3 mg/1) bo‘lib, bu ko‘llarda organizmlar deyarli kam uchragan. 
Libixning ―minimum qonuni‖ga keyinchalik Yu.Odum (1975) tomonidan tuzatishlar 
kiritiladi, ya‘ni: 1) Libix qonunini faqat statsionar sharoitdagi qo‘llash mumkin. Chunki, u yerda 
energiya va moddalarning kelishi, ularning shu muhitdan chiqib ketishi bilan teng bo‘lib turadi; 2) 
Organizm yashayotgan muhitdagi bir modda miqdorining ko‘pligi yoki boshqa moddaning yaxshi 
o‘zlashtirilishidan shu yerdagi minimum miqdordagi moddaning organzim uchun mohiyati 
o‘zgartirib yuborilishi mumkin. Bu holat ekologik omilarning hamjihatlik prinsiplariga kiradi va 
organizm ba‘zi hollarda bir kerali moddani qisman shunga yaqin ikinchi modda bilan almashtirishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, molluskalar o‗z chanoqlarini tuzishda yetishmagan kalsiyni 
stronsiy bilan almashtirdi. 
Organzimning hayot-faoliyati ekologik omillarning minimal mohiyati ta‘siridagina 
chegaralanmaydi, balki u yoki bu omilning ortiqcha miqdordaligidan ham organizm holati
aniqlanadi. Tabiiy muhitda chegaralovchi omillarning maksimal mohiyatini 1913-yili amerikalik 
zoolog olim V.Shelford aniqlab, unga ―Tolerantlik qonuni‖ ifodasini bergan, ya‘ni bu qonun bo‘yich 
turning yashashi, qator ekologik omillarning o‘zligi va ko‘pligi, orgaznimning chidamlilik-
moslashish chegarasiga yaqin darajasi bilan aniqlanadi. Ekologik omillarning, organizmlarning 
chidamlilik
chegarasiga yaqinligi yoki undan ortib ketishiga chegaralovchi omillar deyiladi. Shunday qilib, 
organizm ekologik minimum va ekologik maksimum holati bilan xarakterlanadi, shu ikki ekologik 
ko‘rsatkichni u sezadi, unga moslashish orqali javob qiladi. Organizmning maksimum va minimum 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ekologik omillarning turga ta‘sir qilishi turning tolerantlik chegarasi yoki 
ekologik amplitudasi deb aytiladi. 
Mashhur emerikalik ekologik Yu.Odum (1975) tolerantik qonuini to‘ldiruvchi fikr bildiradi 
ya‘ni: 1) Organizmlar bir ekologik omilga nisbatan keng tolerantik doirasida bo‘lsa, boshqa omilga 
nisbatan kengtolerantlik doirasida bo‘lsa boshqa omilga nisbatan tor, past doirada bo‘lishi mumkin; 
2) Hamma ekologik omillarga nisbatan keng tolerantik doirasida bo‘lgan organzimlar keng tarqalish 
imkoniyatlariga egadir; 3) Agar tur uchun bir ekologik omilning \ta‘siri optimal bo‘lsa, shu turning 
tolerantik doirasi boshqa omillar bo‘yicha chagaralanib, torayib boradi; 4) Organizmning hayot-
faoliyatining kritik davrida ko‘;pchilik muhit omilari, ayniqsa, turlarning kopayish vaqtida, 
chegaralovchi bo‘lib qoladi, chunki ko‘payayotgan tur vakillarining sezuvchan nozik bo‘lganliklari 
(unayotgan urug‘, jo‘ja chiqishi oldidagi tuxm, embrion, o‘sayotgan yosh nihol va lichinkalar) uchun
ularning tolerantlik doirasi juda ham chegaralangan bo‘ladi. Ko‘p yillik o‘simliklar va hayvonlar 
uchun tolerantlik doirasi kengdir. 
Har bir organizmning turli ekologik omillarga nmisbatanchidash chegarasi bo‘lib, shu 
chidash chegarasi ichida (minumum va maksimum) turning ekologik optimum rivjlanish mintaqasi 
bor. Masalan, O‘rta Osiyo sharoitida keng ekiladigan paxtaning shona ko‘rsatishi, gullashi, ko‘sak 
tugishi va ochilishi ma‘lum yorug‘lik, harorat, namlik ta‘sirida o‘tadi. Bordi-yu gullash davrida 
yuqori harorat bo‘lib, namlik yetarli bo‘lmasa, paxta shonalarini to‘kib yuboradi. 
Suv havzalarida temir, azot yoki fosfor birikmalari yetarli bo‘lmasa, fitoplanktonni hosil 
qiluvchi suvo‘tlarining rivojlanishi chegaralanadi, bu holat o‘z navbatida baliqlarning asosiy ozuqasi 
bo‘;lmish zooplanktonning kamayib ketishiga olib keladi. 
O‘rta Osiyo daryolari suvi haroratining pastligi, ko‘llar va suv omborlari suv haroratining 20-
30
0
C gacha ko‘rsatilishi, suvni ―gullashdan‖ saql;aydi (Muzaffarov, 1958: Ergashev, 1976). 


20 
Har bir organizm va turning o‘ziga xos optimal sharoiti bor. Bu optimal sharoit har xil joydagi 
turli organizmlada turlicha, hattoki ularning rivojlanish davrlarida ham bir xil emas. Masalan, 
o‘simlik urug‘ining unib chiqishi, meva hosil qilihsi yoki baliqning ikra tashlashi (+6+8
0
C), ikradan 
baliqchalarning chiqishi (+12+
0
C) turli harorat va yorug‘likda o‘tadi. 
Turning yaxshi rivojlanishi uchun haroratning qaysi darajasi foydali ekanligiga qarab, turlar 
ichida issiq yoki suyuqni sezuvchi; namlikka qarab, quruqlik yoki namlikni sezuvchi yorug‘likka 
qarab, yorug‘likni sezuvchi yoki soya-salqinni sezuvchi; suvning mineral turlar miqdoriga qarab, 
chuchuk suv yoki sho‘r suvga moslashgan ekologik guruhlar farqlanadi. 
Har bir tur va uning vakili uchun chidamlilik darajasi har xil hayvonlari haroratning keng 
o‘zgarib turishiga moslashgan, tropik mintaqadagi organzimlar haroratning (+5-6
0
C) o‘zgarishiga
bardosh bera olmaydi. Turlarning u yoki bu muhit omilarining o‘zgarib turadigan doirasiga 
moslashish xususiyati ekologik valentlik (yoki mutanosiblik), deb aytiladi. Ya‘ni, turning muhitning 
har xil sharoiti, undagi
omillarning o‘zgaruvchanligiga moslashishi tirik organizmning eng yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Ekologik omilarning o‘zgaruvchnligi doirasi qancha keng bo‘lsa, turning ham ekologik valentligi 
(mutanosibligi) shuncha katta bo‘ladi. Tur omillari o‘zgarayotgan chegara o‘z hayot-faoliyatini 
o‘taydi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish