Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mutaxassislik fanlarini o


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish



Download 1,58 Mb.
bet87/142
Sana12.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#779715
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142
Bog'liq
OUM mutaxassislik fanlarni o\'qitish metodikasi

2.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.


Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil etishda va o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol uslublardan foydalanilish o‘quvchida o‘z yurtiga mehr-muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi.
Tarbiyaviy jarayon umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagog xodimlar, tarbiyachilar va guruh rahbarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan qurollangan bo‘lib, uni har bir fuqaro ongiga yetkazish malakalariga ega bo‘lishlari ularning tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar va ularning uslubiyoti haqidagi bilim ko‘nikma va malakalariga, pedagogik mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir-
Tarbiya jarayoni - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo‘naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshkariladigan va nazorat qilinadigan, o‘zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama va uyg‘un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat.Tarbiyaviy tadbirlar - turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar - tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir.
Tarbiyaviy ish - bu tarbiyaning tizimliligi, to‘laligi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish - tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati - zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.Shu sababli ta’lim muassasalari tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo‘llash masalalari pedagogik jamoalarning eng muhim muammosi bo‘lib qolmoqda.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to’g‘ri tashkil qilish va qo‘llashga bogliq. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi. Fikrimizcha, ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodiy faollik, mustaqil fikrlash va mohirona harakatlarga yo’naltirilgan bo‘lishi va tarbiyachi hamda o‘quvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish, tarbiyaviy jarayonni muvaffakiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat bo‘lishi kerak.
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar uslubiyotini amalga oshirishning pedagogik tsxnologiyasi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish