Yonbosh usuliga qarshi himoya. Yonbosh usuliga qarshi himoya qilish uchun tortuvga yurmaslik kerak. Chunki raqib o'ziga tortib oyoqlar uzilar-uzilmas belga mindirib tashlaydi. Agar raqib o'z raqibini tortib tik qilib olsa, u holda oyoq yordamida oyog'ini ichki yoki tashqi tomonidan itarib bukish kerak. Raqibning o'ng tirsak qo'lini chap tirsagi bilan siqish lozim.
Chalaqaytarish usuliga qarshi himoya. Chalaqaytarish usulini qo'llashda raqib:
O'ng tirsak qo'lini belbog'ning ichkarirog'idan o'tkazib ushlashga yo'l
qo'ymaslik va chap tirsak qo'l bilan raqibning o'ng tirsak qo'lini siqish kerak.
Chalaqaytarish usuliga tikroq yurmasdan orqaroqqa cho'zilibroq yurish lozim, ya'ni raqibning belbog'idan ushlaganda belni ko'proq bukib ko'proq orqa tomonga yotibroq yurish kerak. Bu holatda raqibning usul qo'llashi qiyin bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |