Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi kafedrasi mudiri: Jumaqulov Zoxidjon Patidinovich ______dotsent
“24” avgust 2019 yil
Jismoniy madaniyat fakul’teti dekani: Nasirov Botir Munirovich __________p.f.n.
“26” avgust 2019 yil
KELISHILDI:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: Mullajonov Rustamjon ____________ m.f.n
“31” avgust 2019 yil
MUNDARIJA
№
|
ISHNING MAZMUNI
|
bet
|
|
Kirish
|
|
1
|
O‘quv materiallar
|
|
1.1
|
Ma’ruza mashg‘ulotlar
|
|
1.2
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
|
2
|
Mustaqil ish mashg‘ulotlar
|
|
3
|
Glossariy
|
|
4
|
Ilovalar
|
|
4.1
|
Fan dasturi
|
|
4.2
|
Ishchi fan dasturi
|
|
4.3
|
Tarqatma materiallar
|
|
4.4
|
Testlar.
|
|
4.5
|
Kalendar rejalar
|
|
5
|
Baholash mezoni
|
|
6
|
O`UM ni elektron varyanti
|
|
Kirish
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari ochib berilgan. O`quv-uslubiy majmua jismoniy madaniyat ta’lim yo`nalishi bakalavr talabalari uchun mo`ljalangan bo`lib, mazkur fan namunaviy fan dasturida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalarni amaliy va nazariy jihatdan puxta o`zlashtirishlari, talabalarning kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fanini o`rganishning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’yektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo`naltirilgan bo`lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning ko`nikma va malakalariga yuqori talablarni qo`ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo`lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo`nalishlari uchun qo`yilgan malaka talablari ichida kurash turlari va uni o`qitish metodikasi faniga doir talablar alohida o`rin tutadi. Bu esa o`quv rejalarda o`z ifodasini topdi.
Ushbu dasturda jismoniy tarbiya darslarida kurash turlari va uni o`qitish metodikasi kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, milliy kurash texnikasi va taktikasini o`rgatish, milliy kurash darslarini tashkil qilish va o`tkazish metodlari hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi.
Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanib 5-7 semestrlarda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika va uni o`qitish metodikasi, yengil atletika va uni o`qitish metodikasi, sport va harakatli o`yinlarni o`qitish metodikasi, kurash turlari va uni o`qitish metodikasi, sport mahoratini oshirish, sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish va hakamlik qilish kabi fanlardan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlikni talab etadi.
O`quv-uslubiy majmua Oliy o`quv yurtlarining kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fani bo`yicha bakalavriyat ta’lim yo`nalishlarida bilim olayotgan talabalar va magistrlarga mo`ljallangan. Shuningdek kurash turlari va uni o`qitish metodikasi fani mavjud barcha ta’lim yo`nalishlari, kasb-xunar kollejlari, akademik litseylar va turizm sohasida faoliyat ko`rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |