Bosma usuliga qarshi himoya. Bosma usulida raqib asosan ko'tarib bosishga harakat qiladi. Shuning uchun u kiftlash usulini qo'llab ko'tarishga harakat qiladi. Basharti, ko'tarib olgan taqdirda har ikkala oyoqni oyoqlar ustiga qo'yib, qo'llarni ikki biqinga qo'yibtirab turish kerak. Undan tashqari, tushgan paytda o'ng qo'lni etkazib, belbog'dan ushlash kerak.
Qayirma usulga qarshi himoya. Qayirma usulida asosan raqib ko'tarishga harakat qiladi, chunki usulni ko'tarib olgach qo'llaydi. Shuning uchun raqibni ko'tarishga yo'l qo'ymaslik kerak. Ko'tarish uchun yopishib keladi, shuning uchun biqiniga qo'lini tirab yaqinlashib kelishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |