Tizzaga mindirish usuliga qarshi himoya. Tizzaga mindirish usulida kurash holatini to'g'ri tanlashda tort xil kurash holati ko'zga tashlanadi. Deylik, raqib chap tizza- oyoq bilan ko'tarishga harakat qiladi. Shuning uchun o'ng oyoq oldingi holatda yurishi kerak, chunki, chap oyog'ining harakatini o'ng oyoq bilan to'xtatish mumkin. Oyoq harakati bilan bir vaqtda, raqibni tirsak qo'lini ham to'xtatish lozim bo'ladi.
To'sish usuliga qarshi himoya. Raqib to'sish usulini qo'llaganda asosan qo'lni etkazishga harakat qiladi. Buning uchun esa u kiftlash usulini qo'llaydi. Oyoqsiz kiftlab to'smoqchi bo'lsa, u holda oyog'ini ishlatmasdan qo'lni etkazishga harakat qiladi Buning uchun raqibni o'ng tirsak qo'lini chap tirsak qo'li bilan siqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |