"Yonbosh" usuliga qarshi usullar. Kurashchi raqibni yonbosh usuliga tashlash uchun tikroq holatida yonga tortishga intiladi. Mana shu holatda u har ikki oyoqni yonga o'tkazishga harakat qiladi. Raqib qaysi tomonga tortib, yonbosh usulni qo'llamoqchi bo'lsa, shu tomonga qadam tashlab raqibni qo'llari bilan yonga tortib chalaqaytarish yoki qaytarish usuliga tashlash mumkin.
"Bosma" usuliga qarshi usullar. Raqib bosma usul bilan qo'llaganda kurashchini ko'tarib erga urmoqchi bo'ladi, shuning uchun unga qarshi usul qo'llab uni ko'tarib gilamga tashlaganda ikki oyoqqa tushishga harakat qilish lozim. Raqib ko'targanda har ikki qo'lni musht qilib biqinga tirab olish, tashlaganda o'ng qo'lni belbog'iga etkaziladi va ko'tarib tizzaga mindirib tashlash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |