"Qayirma" usuliga qarshi usullar. Qayirma usuliga qarshi usul qo'llash uchun, raqibni ko'tarib aylantirayotganda gavdani to'g'ri tutish, gavdani burilib ketishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Raqib tashlagan paytda ikki oyoqqa barobar tushib, raqibni belga mindirib yonbosh usulni, chalaqaytarma, qaytarma usullarni qo'llash mumkin.
"Aylantirish" usuliga qarshi usullar. Aylantirish usuliga qarshi usul qo'llash uchun raqib ko'tarib aylantirmoqchi bo'lganda, oyoqlarni oyoqlari ustiga qo'yib, tashlashini kutib turish kerak. Raqib ko'tarib o'ng yoki chap tomoniga tashlaydi, albatta o'sha tashlagan tomonga ikki oyoqda tushib, qo'lini etkazib so'ng yonbosh, chalaqaytarma, qaytarma va bosish usullalarini qo'llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |