Kiftlash usuliga qarshi himoya. Raqib o'ng oyog'i bilan qadamlasa, harakatni chap oyoq bilan to'xtatish va agar chap oyog'i bilan qadamlasa, harakatni o'ng oyog'i bilan to'xtatish lozim. Raqib qo'l va elka yordamida kiftlaganda oyog'ini ishlatmaydi. Shuning uchun chap qo'l bilan raqibni biqiniga qo'l tirash va kiftlashga kiftlash orqali javob berish kerak bo'ladi.
Bosish usuliga qarshi himoya. Bosish usulida raqib itarib bosishga harakat qiladi. Shuning uchun itarib kelishini to'xtatish, buning uchun raqibni o'ng biqiniga chap qo'lni tirab qolish kerak. Kurash holatida orqaroqqa cho'zilib yuborilsa, bosish usuliga qarshi himoya qilingan bo'ladi. Agar kurash davrida muvozanatni yaxshi saqlay olmasa, raqib bosish usulini qo'llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |