"Chalaqaytarma" usuliga qarshi usullar. Yuqorida qayd etilgandek, chalaqaytarma ikki xil usulda bajariladi:
Oyoq, qo'l va elka yordamida chalaqaytarish.
Oyoqsiz qo'l va elka yordamida chalaqaytarma.
Birinchi usulda raqib oyoq va qo'l yordamida o'ng oyog'imizning tashqari tomonga chap oyoq yordamida qadam tashlaydi. Shu holatda o'ng oyog'i orqada qoladi. O'ng oyog'i orqada qolganda chap oyoq bilan o'ng oyog'i ichiga qadamlab, bel bilan burilib, belga mindirib yonbosh usul qo'llaniladi. Ikkinchi usulda oyoqsiz qo'l va elka yordamida bajariladigan chalaqaytarmaga qarshi qadamlash usulini qo'llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |