Qaytarma usuliga qarshi himoya. Qaytarish usuliga qarshi raqib asosan qadamlab kiradi. Shuning uchun raqibning qadam tashlash harakatini oyoqlar yordamida to'xtatish va oyoqlar holatiga ham yaxshi e'tibor berish lozim. Chunki, raqib qo'lni o'zida kiftlab qaytarishga harakat qiladi. Bu paytda qo'lni o'tkazmaslik, ya'ni chap tirsak qo'l bilan o'ng tirsak qo'lini siqib olish kerak bo'ladi. Raqib etaklashiga yurmaslik uchun qarama-qarshi tomonga yurish zarur.
Qadamlash usuliga qarshi himoya. Qadamlash usulini raqib har qanday kurash holatida ham qo'llashi mumkin. Chunki raqib qadamlab, o'ziga tortib tik holada irg'itib tashlaydi. Raqib o'ng oyog'i yoki chap oyog'i bilan qadamlash usulini qo'llaydi. Agarda raqib o'ng oyog'i bilan qadamlash usulini qo'llamoqchi bo'lsa, buning aksini qo'llash lozim. Bundan tashqari, o'ng tirsak qo'lini siqish ham kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |