Siltash usuliga qarshi- muvozanatni saqlash, kurash holatini saqlash, tortuviga yurmaslik.
Bosish usuliga qarshi- qo'l va oyoq harakatini to'xtatish, qo'l yordamida bel harakatini to'xtatish.
Tizzaga mindirish usuliga qarshi - kurash holatini o'zgartirmaslik, kurash holatini to'g'ri tanlash.
To'sish usuliga qarshi- tirsak qo'lini o'tkazmaslik yoki harakatni to'xtatish.
Bosma usuliga qarshi-qo'l yordamida bel harakatini to'xtatish va oyoq harakatini oyoq bilan to'xtatish.
Qayirma usuliga qarshi- etaklashiga yurmaslik, oyoqlar harakatini to'xtatish.
Yonbosh usuliga qarshi- tortuviga yurmaslik, qo'l yordamida bel harakatini to'xtatish.
Chalaqaytarish usuliga qarshi- oyog'i tortuviga yurmaslik, oyoq harakatini to'xtatish, qo'l bilan bel harakatini to'xtatish.
Qaytarma usuliga qarshi-tortuviga yurmaslik, oyoqlar harakatini to'xtatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |