Andijon davlat universisteti


Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi



Download 79,67 Kb.
bet2/15
Sana22.07.2022
Hajmi79,67 Kb.
#837424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Muxiddinova Nargizaning

Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:

  • tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-falsafiy, psixologik-pedagogik adabiyotlar, o‘quv-metodik qollanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish;

  • pedagogik kuzatuv;

  • pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish;

  • tadqiqot mavzusi boyicha suhbatlar tashkil etish;

  • tadqiqot natijalarini umumlashtirish.



Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:

  • Kirish

  • Asosiy qisim

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar

  • Kurs ishi 35 varoqdan iborat.



I BOB. ZAMONAVIY TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNI ILMIY-NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI


    1. Zamonaviy o‟qitish jarayonini tashkil etish va unga qo‟yilgan talablar


Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq sog`lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish muhim va ustivor vazifaga aylandi. Rivojlanayotgan jamiyatimizning o`z oldiga qo`ygan oliyjanob maqsadi kelajagi buyuk davlatni barpo etish vazifasi shuni taqozo etadi.


Barcha davrlarda ham barkamol avlodni tarbiyalash unga ta‘lim berish to‘g‘risida qayg‘urganlar va bu izlanishlar hoirga qadar ham davom etmoqda. Bugungi kunda zamonaviy ta‘lm texnologiyalari asosida barkamol avlodni tarbiyalash muammosini o‘rganishga doir ahamiyatli nazariy va amaliy tajribalar to‘plangan (Ochilov M. ―Yangi pedagogic texnologiyalar‖, Saydahmedov N.
―Pedagogik amaliyotda yangi pedagogic texnologiyalarni qo‘llash na‘munalari‖, Tolipov O‘., M. Usmonboyeva ― Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot‖, Farberman B. L. ―Peredoviye pedagogicheskiye texnologii‖ Azizxo‘jaeva N.N.
―Pedagogik texnologiyalar va pedagogic maxorat‖, Avliyoqulov N ―Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari‖, Yo‘ldoshev J., Usmonov S. ― Pedagogik texnologiya asoslari‖va boshqalar).
Jismonan sog`lom, bilimli, ma'naviy barkamol, yetuk insonni tarbiyalash mavzusi sharq allomalari tomonidan chuqur o`rganilgan. Arastu, Ibn Sino, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi ulug` allomalarning asarlari va nazariy ta'limotlarida ham yosh vujudni kamol toptirish, tarbiyalashga katta ahamiyat qaratilganligi bejiz emas.
Azaldan zukko ajdodlarimiz o`z milliyligini, ma'naviy boyligini saqlabgina qolmasdan, ezgulik, ilmu ma'rifat, mustaqillik singari ezgu g`oyalar sari
intilganlar. Millatimizga xos ana shunday intilish, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi fazilatlar, shuningdek, buyuk mutafakkirlar hamda ma'rifatchilar xatti-harakatlari tufayli xalqimiz har qanday sharoitlarda ham barkamol, ma'nan yetuk farzandlar tarbiyalash vazifasini yoddan chiqarmagan. Bu jarayon bevosita jamiyat rivojlanishining poydevorini mustahkamlash maqsadi bilan ham uzviydir.
Ammo bu maqsad nafaqat kundalik faoliyat mezonida balki, jamiyat va oila hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`zaro uyg`unlashtirishda ham namoyon bo`lgan va bugungi kunda ham o`ziga xos taraqqiyot yo`limizda namoyon bo`lmoqda.
Barkamol avlod - ko`nglida, qalb-qo`rida ishonch va iftixor tuyg`ular mavjlanib turgan avloddir. U nafaqat haq-huquqini, balki fuqarolik burchini ham chuqur anglaydi. Xuddi shu anglash, his qilish qaysi ilm dargohida ta'lim olmasin, qay bir sohada mehnat qilmasin, ulug` yurtning an'analariga munosib bo`lishga undaydi.
Hech shubhasiz, har qanday millat o`z farzandlarining barkamol bo`lishini orzu qiladi. Aslida barkamollik juda keng tushuncha. Tilimizning izohli lug`atida barkamollik quyidagicha ta'riflanadi: "jismoniy va aqliy jihatdan kamolot, voyaga yetish, bekamu ko`st mukammallik holati va hokazo".
Shunday shaxslarni tarbiyalayotgan pedagogning o‘zi teran bilimga, yuksak ma‘naviy – axloqiy fazilatlarga, pedagogik maxoratga ega bo‘lishi, fanni zamonaviy pedagogic texnalogiyalar, interfaol usullardan samarali foydalangan holda o‘tishini hayotning o‘zi taqazo etmoqda. Bu davr talabidir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez- tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars shunday darski, unda o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy imkoniyatlarini ishga solib, rivojlanishini t‘aminlaydi. O‘quvchi esa o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va ma‘naviy barkamollik sassri odimlaydi.
Zamonaviy dars deganda qanday darsni tushunamiz, uning belgilari, mezonlari qanday, u qanday shakillarga ega, u qanday uslubda o‘tiladi, darsda
qanday usullardan foydalaniladi, unga qanday didaktik talablar qo‘yiladi? Kabi savollar tug‘ilishi tabiiy.

Download 79,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish