Dorivor preparatlari. Bargidan damlama, efir moyidan yalpiz suvi — Aqua Menthae va nastoyka tayyorlanadi; mentol migren qalami va validol tarkibiga kiradi. Barg tinchlantiruvchi, o‘t haydovchi, me’da kasalliklarida
ishlatiladigan yig‘ma-choylar va qorin og‘rig‘ini qoldirish uchun ishlatiladigan tabletka va tomchilar tarkibiga kiradi. Mentol ingofen tarkibiga kiradi.
Meniantes (uchbarg) bargi – Folia
Menyanthidis Trifoliata (Folium
Trifolii Fibrini)
O‘simlikning nomi. Uchbargli meniantes (uchbarg) —Menianthes
trifoliata. L, meniantdoshlar —Menyanthaceae oilasiga kiradi .
Ko‘p yillik, yo‘g‘on, uzun, sudralib o‘suvchi, bo‘g‘imli, yuqori qismi ko‘tariluvchi ildizpoyali o‘t o‘simlik. Ildizpoyaning yuqori qismidan uzun bandli (bandi qinli), uch plastinkali ildizoldi barglar o‘sib chiqadi. Gulo‘qi tuksiz, 15—35 sm uzunlikda bo‘lib, erta bahorda taraqqiy etadi. Gullari oq yoki och pushti rangli bo‘lib, cho‘ziq shingilga to‘plangan. Gulkosachasi 5 tishli, birlashgan, meva bilan birga saqlanib qoladi. Gultojisi voronkasimon, 5 bo‘lakli, och pushti rangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — sharsimon,
bir xonali, o‘tkir uchli, ko‘p urug‘li, pishganda ochiladigan ko‘sak. May-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |