Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida meniantin, meliantin, foliamentin va boshqa achchiq glikozidlar, gensianin alkaloidi, flavonoidlar (rutin, giperozid), 3% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Meniantes (uchbarg) o‘simligining dorivor preparatlari ishtaha ochish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda, shuningdek, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Mahsulot achchiq nastoyka va ishtaha ochuvchi, o‘t haydovchi hamda tinchlantiruvchi choy-yig‘malar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |