O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
FARMAKOLOGIYA, KLINIK FARMAKOLOGIYA VA TIBBIYOT BIOTEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: TINCHLANTIRUVCHI YIG`MA
BAJARDI: HABIBULLAYEV ISMOILJON
RAHBAR: ______________________________
ANDIJON-2021
REJA:
Tinchlantiruvchi yig`ma tarkibi, ularning xususiyatlari
Terpenoidlarning va efir moylarining xossalari
Terpenoidlar va efir moylari biosintezi, xromatografik tahlil usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Qadimdan insonlar u yoki bu xastalik bilan og`riganda ularga qaysi o`simlik mahsuloti yordam berishi haqida ozmi ko`pmi ma’lumotga ega bo`lishgan. Buning yaqqol misolini bir-birini yillar ajratib turuvchi tarixiy adabiyotlat orqali ko`rishimiz mumkin. Misol uchun Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari. "Tib qonunlari" (asl nomi "Kitob al-Qonun fit-tib") - oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va O`rta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib "Tib qonunlari"da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi. Ibn Sino "Tib qonunlari"ning 1-kitobini Goʻrgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan. Ibn Sino "Tib qonunlari"ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih ad-Dimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Sahl al-Masihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. "Tib qonunlari"ning har bir kitobi, oʻz navbatida, qismlarga (fan), boʻlimlarga (jumla), maqolalarga (maqola) va paragraflarga (fasl) boʻlingan.
I kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" aʼzolari — suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻliqni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.
II kitobda oʻsha davrda oʻsimlik, hayvon va maʼdanlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmonlar taʼrifi, ularning davoli xususiyatlari va qoʻllanish usullari bayon qilingan. Muallif Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Oʻrta dengiz atrofi va boshqa joylardan keltiriladigan koʻplab dori va moddalarni ham koʻrsatib oʻtadi. Ibn Sino tavsiya qilgan koʻpgina dorilar farmakopeyada hozirgi ham qoʻllanadi.
III kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan "xususiy" yoki "mahalliy" kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
IV kitob kishi aʼzolaridan birontasiga xos boʻlmagan "umumiy" kasalliklarga bagʻishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan, rak), toshmalar, yarachaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, koʻkrak qafasi, umurtqa va qoʻloyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq choʻziladigan va oʻta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida soʻz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi taʼlimot (toksikologiya)ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus boʻlimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bagʻishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni toʻkilishdan saqlaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.
V kitob farmakopeya boʻlib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. Uning maʼjunlar, habdori, kulcha dori (tabletka), elaki dori, sharbatlar, qaynatmalar, sharob, marham va h.k. tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan aʼzolar — bosh, koʻz, quloq, tish, tomoq, koʻkrak qafasi va qorin bushligi aʼzolari, boʻgimlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan doridarmonlar keltiriladi.
Kundan-kunga rivojlanib, takomillashib borayotgan zamonimizda turli xil tashqi faktorlar, u yoki bu soha bilan mashg`ul organizmga tushayotgan bosimlar sabab, zamonimiz odamlarida hohlasa ham, hohlamasa ham, turli xil asab kasalliklari, stresslar, yurak qon-tomir kasalliklari yondosh bo`lib, kasb kasalligiga aylanib bormoqda. Shu sabab ham MNS va yurak qon-tomir sistemasini rag`batlantiruvchi, ularning zo`riqishini kamaytirishga yordam beruvchi preparatlarga organizm muhtoj bo`ladi. Ayniqsa, zamonaviy tibbiyot ilmlari tabiiy o`simliklar asnosida olinadigan preparatlardan foydalanishni ta’kidlashmoqda.
Zamonning yutug`i bilan o`simliklar asnosida ham turli xil shakldagi va turdagi dori shakllarini olish mumkin. Misol uchun, inyeksion dori turlari, infuzion dori turlari, shamchalar, surtmalar, tabletkalar, kapsulalar, eritmalar, damlamalar, qaynatmalar, tindirmalar, choylar, yig`malar va hokazo. Har bir dori shakli va turining vaziyatga qarab afzalligi mavjud. Qo`llash uchun qulay va qo`llashda tibbiy bilimga ehtiyoj sezmaydigan dori shakllari ommabopligi bilan ajralib turadi. Inyeksion dori turlari, infuzion dori turlari, shamchalar, tabletkalar, kapsulalar, choylar dozalarga tayyor bo`lingan bo`ladi, qolgan shakl dori turlari esa individual tarzda dozalarga bo`linadi.
Har qanday dori shakli ishlab chiqarish jarayonida qator tekshiruvlardan nazoratlardan o`tkaziladi. Nazorat turlari – Kimyoviy nazorat, Fizik nazorat, Fizik-Kimyoviy nazorat hamda biologik nazorat. Bu nazorat turlari o`simlik mahsuloti yig`ib olishdan boshlab to iste’molchiga yetib borguncha o`tkaziladi.
Dorivor o’simlik mahsulotlarini ishlatish (dori turlarini tayyorlash) uchun Galen laboratoriyalari, farmatsevtika zavodlariga va dorixonalarga turli holda yuboriladi. Ular maydalanmagan (butun), qirqilgan (yirik maydalangan), kukun holda kelishi mumkin. Shuning uchun ularni taxlil qilish, ya'ni chinligini, sifatini va mahsulotdagi aralashmalarni aniqlash usullari ham turlicha bo’ladi. Agar dorivor o’simliklar maxsuloti butun - holda kelsa, ularning tashqi ko’rinishiga qarab, o’ziga xos belgilarni hisobga olib, morfologik (lupa va mikroskop) taxlil qilinadi. Morfologik taxlil qilinganda maxsulotning ustki ko’rinishiga ahamiyat beriladi va ularning o’ziga xos belgilarini topib hamda tegishli «aniqlagich kalit» yordamida taxlilga berilgan maxsulot chinligi aniqlanadi. Dorivor o’simliklar maxsuloti yirik maydalangan (qirqilgan) holda bo’lsa, unda avval lupa va mikroskop yordamida ustki ko’rinishini o’rganiladi (makroskopik tahlil), so’ngra mikroskopik preparat tayyorlab, mikroskop ostida ko’riladi (mikroskopik tahlil qilinadi) va unga xoc belgilarni topib, tegishli «aniqlagich kalit» yordamida chinligi aniqlanadi (identifikatsiya qilinadi). Mikroskopik (anatomik) tahlil qilinganda mahsulotdan tegishli mikropreparat (barg va gullarni ko’pincha ustki ko’rinish preparati, po’stloq, ildiz, ildizpoya hamda meva va upug’lardan ko’ndalang va bo’yiga - uzunasiga kesib) tayyorlab, tegishli suyuqlikda mikroskop ostida ko’riladi. Ayni vaqtda mikropreparatlar bilan kimyoviy reaktivlar yordamida tegishli biologik faol moddalarga yoki ayrim xujayra va to’qimalarga mikrokimyoviy reaksiyalar ham qilinadi. Bu reaktsiyalar mahsulot chinligini aniqlashda qo’shimcha (yordamchi isbotlovchi) dalil sifatida xizmat qiladi.
Kukun - poroshok xolidagi mahsulotlar faqat mikroskopik tahlil va mikrokimyoviy reaksiyalar qilib, ularning o’ziga xos belgilari topiladi. So’ngra tegishli «aniqlagich kalit» yordamida mahsulotning chinligi aniqlanadi. Yirik kukun holidagi dorivor o’simlik mahsulotidan yig’ma-choylar, ularni presslab briket yoki tabletkalar, mayda kukun holidagi mahsulotlardan tabletka va murakkab kukunlar (poroshoklar) tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |