Darsning maqsadi: Ko’zning ko’rish o’tkirligi haqida ma’lumot berish va uni aniqlashni o’rganish.
Kerakli jixozlar: oq qog`oz varag’i, qora tush yoki qora siyox,
Ishning borishi: oq qog`oz varag’iga qora tush yoki qora rangli siyox bilan uzunligi 12-15 sm keladigan ikkita paralel chiziq chiziladi. Chiziqlar oraligi 1 mm bo’lsin. Oq qog`oz tekshiruvchining ro’parasiga o’rnatiladi. Ikkita paralel chiziq bitta bo`lib ko’ringuncha tekshiriluvchi qog`oz varaqlaridan uzoqlashtiriladi va oraliq o’rganiladi. Ko’pincha qog`oz varag’idagi ikkita yonma-yon chiziq o`rtacha 3-4 mm masofada bitta chiziq bo`lib kp’rinadi. Shu usul bir necha kishi ko’zining ko’rish o’tkirligini aniqlaydi. Tekshirish har xil odamlarda ko’rish o’tkirligi turlicha ekanligini ko’rsatadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar:Har xil yoshdagi kishilarning ko’rish o’tkirligini tekshiring va ko’rish o’tkirligi qanday bo’lishni Amaliy daftaringizga yozing?
Amaliy № 27 Mavzu: Quloqning eshitish darajasini aniqlash. Nazariy tushuncha. Eshitish a'zosi 3 qismdan: tashqi, o’rta, ichki quloqdan tuzilgan. Muvozanatni saqlash a'zosi esa ichki quloqning bir qismidir.Tashqi quloq-quloq suprasi va eshitish yo’lidan iborat. Quloq suprasi teri bilan qoplangan elastik tog’aydan iborat, u tovush to’lqinini ushlash vazifasini bajaradi. Quloq suprasining pastki qismida tog’ay plastinkasi o’rnida yumshoq yog’ qatlami bor. Anashu joyda turli xil taqinchoqlar taqiladi. Tashqi eshitish yo’li uzunligi 30-35 mm bo’lgan “S” kanaldan iborat, u tashqi tomondan quloq teshigi, ichkaridan nog’ora parda bilan chegaralanadi. Tashqi eshituv kanalini sertuk teri qoplagan bo’lib, uning yog’ bezlari oltingugurtga boy maxsus modda ishlab chiqaradi (42-43-rasm).
O’rta quloq - nog’ora bo’shlig’i va eshituv nayidan tashkil topgan. Nog’ora parda - soat oynasiga o’xshaydi, yupqa elastik to’qimadan tuzilgan. Nog’ora bo’sh-liqda tovush to’lqinlarini tashqi quloqdan ichki quloqqa o’tkazuvchi 3 ta eshituv suyakchalari: bolg’acha, sangdoncha va uzangi zanjir kabi tutashadi. Bolg’achaning boshi bo’yni orqali dastasiga davom etadi. Bolg’acha dastasi va old o’sig’i vositasida nog’ora pardaga tegib turadi. Bolg’achani ikki tomoni yumaloq boshi sangdonchaga tanasidagi bosim yuzasi bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi.
Ichki quloq – ikki qismdan: tashqi tomondagi suyak qismi va uning ichkarisiga joylashgan parda qismidan tuzilgan. Suyak labirent dahlizida 2-3 tomchi suv sig’adigan bo’shliq bo’ladi. Dahlizning orqa tomonida joylashgan 5 ta teshik 3 ta yarim halqasimon kanal oyoqchalarga bo’linadi va dahlizning old tomonidagi teshik orqali chig’anoq bilan birlashadi. Chig’anoq – dahliz pastidagi aylana atrofida spiralga o’xshab 2,5 marta aylanishidan hosil bo’lgan kanaldir, uning uzunligi 12 mm. Parda labirint to’qmadan tuzilgan bo’lib, suyak labirint ichida joylashgan. Suyak labirint bilan parda labirint orasida bo’shliq bo’lib bu bo’shliq perilimfa suyuqligi bilan to’lgan. Parda labirint ichidagi endolimfa bo’shlig’ida endolimfa suyuqligi bo’ladi (44-45-rasm).