SHAXS KAMOLOTI BO'YICHA TRENING
TRENING MASHG’ULOTI
KUZATILADIGAN JARAYONLAR:
“Aloqa bog’laymiz”
“Bir kun yulduz turkumida”
“Hech kim yashamagan orol”
“Botqoqlik”
“Molekula”
TRENING O’TKAZISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI:Guruhda birlikni aniqlash, insondagi mehr shafqat darajasini aniqlash. Tezkor vaziyatlarda xulosa qilish.Guruhdagilar fikrini eshitish.Mas’uliyat, javobgarlik hislarini shakllantirish.
ISHTIROKCHILAR: Talabalar
VAQTI: 60 Daqiqa
1.
|
Кириш қисми.
Тренингнингқоидалари, мақсадвавазифаларибилан таништириш.
| |
2
|
Асосий қисм (Амалий машғулотлар) :
“Bir kun yulduz turkumida”
-тренер сўзи
-машкнинг кечиши
-муҳокама
-тренер хулосаси.
| |
3
|
“Hech kim yashamagan orol”
-тренер сўзи
-муҳокама
-тренер хулосаси.
|
15 дақиқа
|
4
|
“BOTQOQLIK”
-тренер сўзи
-релаксацион жараён
-муҳокама ва тренер хулосаси
| |
| | |
5
|
“MOLEKULA”
-тренер сўзи
-машқнинг кечиши
-тренер хулосаси
| |
| | |
6
| | |
7
|
Якуний қисм:
-Муҳокама;
-тренингни якунлаш;
-ижобий установкаларни мустаҳкамлаш.
| |
Тренингнинг бориши.
Кириш қисми.
Тренингнинг қоидалари, мақсад ва вазифалари билан таништириш;
Қоидалар:
- фаоллик;
- кўнгилли иштирок;
- белгиланган вақтга риоя қилиш;
- бошқалар фикрини ҳурмат қилиш;
- қўл кўтариш қоидаси;
- фикрни қисқа ва лўнда билдириш.
ALOQA BOG’LAYMIZ:
Maqsad:jamoaviylikni shakllantirish, o’zaro tanishuv va yaqin munosabatlarni o’rnatish.
Kerakli resurslar:ip (1 ta qizil rangli 40-g’altak ipi)
Jarayon:ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi va bir ishtirokchiga g’altak ipi beriladi. Shart tushuntiriladi: qo’lida ip turgan ishtirokchi o’zida ipning uchini ushlab qolib g’altakni boshqa bir ishtirokchiga berishi hamda o’z ismini aytgan holda u insonning ismini ham so’rab olishi kerak. Shuningdek, o’zning ushbu treningdan kutayotgan kutuvlarini aytib o’tishi lozim. Keyingi ishtirokchi ipni g’altakni qabul qilishi va u ham shu tarzda ya’ni o’zida ipni yana bir uchini hosil qilgan holda ushlab qolishi va o’z ismini aytib boshqa bir ishtirokchini qo’liga g’altakni tuqtqazishi kerak. Bu jarayon g’altak so’ngi ishtirokchiga yetib borgunicha davom etadi. Eslatma: g’altakni ikki yonidagi ishtirokchilarga berish mumkin emas, iloji boricha uzoqroqdagi ishtirokchini tanlash lozim, shuningdek, ishtirokchilar keyingi bir ishtirokchiga g’altakni berayotganlarida ipni chigallashtirib yubormaslikka e’tibor qaratishlari kerak. Eng muhimi ular kimdan g’altakni qabul qilgani va kimga berganini eslab qolishlari lozim, chunki oxirida ip qaytatdan o’ralishi kerak. Hamma ishtirokchilar o’zaro ip bilan bog’liq holga kelgach, ularga ipning rangiga, hamda barcha ishtirokchilarning o’zaro bog’liq holga kelganiga nazar solish vabundan qanday taassurot yuzaga kelgani so’raladi. Bunda faqat xohlovchilar javob berishlari mumkin.Keyin trener ishtirokchilardan bu holatni quyidagicha tushunishlarini so’raydi: “Faraz qilingki, sizlar bir yaxlit tana sizlar, ushbu qizil ip esa sizlarning (arteriyal) asosiy (arteriyal) qon tomiringiz”.
Savol beriladi: “Bilamizki, tomirning vazifasi yurakka qon yetqazib berish. Agar sizlardan biringiz tomirni (ipni) uzib
yuborsa nima bo’ladi?” yana bunga ham xohlovchilar javob beradi
Kichik leksiya:haqiqiy jamoa bo’lish ham huddi insonning qon tomir tizimiga o’xshash hodisa bo’lib, huddi tomirning vazifasi qonni o’zidan o’tkazish bilan yurakka yetqazib berish bo’lgani kabi, butun bir jamoaning ham maqsad va vazifasi bo’ladi. Agar jamoada biror bir a’zo passivlik qilsa, ishlamasa yoki jamoadan uzilib qolsa bu holat ham huddi tomirning bir qismini uzib olib tashlaganga o’xshaydi. Tomirning uzib olib tashlanishi yurakka qonning yetib bormaslidi bilan barobar, buni real voqealik bilan qiyoslanganda jamoada har bir a’zo shunday ahamiyatga ega degani. Har bir insonga hayoda biror missiya topshiriladi, agar u o’ziga berilgan missiyani to’liq ado etmasa, o’sha inson bog’liq bo’lgan soha oqsay boshlaydi, agarda u o’z ishini munosib tarzda o’zining bor imkoniyatini jonu dil bilan ishga solib bajarsa o’sha inson bog’liq bo’lgan sohaning rivoji, gullab yashnashi ta’minlanadi.
Siz bir jamoasiz endilikda sizlarga birgalikda talaygina ishlarni amalga oshirish topshiriladi, uni birgalikda bitta qon tomir tizimidek amalga oshirish va hayot faoliyatingizni ham huddi yurak faoliyati qilib bir tekkis bo’lishi o’zingizga bog’liq. Bunda sizga eng birinchi topshiriq ushbu qo’llaringizda hammangizni bog’lab turgan ipni menga chigal qilib yubormagan holda tezda o’rab berishingiz kerak. Bunda har bir ishtirokchi o’z vazifasini bilgan holda sidqidildan amalga oshirishi eng muhimidir.
Ishtirokchilar ipni g’altakka yig’ib berishganidan so’ng trener bir jamoa sifatida berilgan topshiriqni muvaffaqiyatli uddalaganliklari bilan tabriklaydi, shuning bilan mashg’ulot o’z yakuniga yetadi. Bundan so’ng 10-15 daqiqa ishtirokchilardan mashg’ulotdan olgan xulosalari va taassurotlarini so’rash va ularni muhokama qilish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |