trositlar, leykositlar va trombositlardan iborat.
Eritrositlar ikki tomoni botiq disk shaklida. Ularning yadro-
si bo‘lmay, diametri 7–8 mm, qalinligi 1–2 mkm. Erkaklarda
4 500 000. Eritrositlarning asosiy vazifasi kislorod va karbonat an-
gidridni tashish. Qizil ilikda har sekunda 10 mln eritrositlar ho-
sil bo‘ladi. Ular 120 kun yashab jigar va taloq da parchalanadi.
340
Ba’zi bir kasalliklar oqibatida hosil bo‘lgan anemiyada qondagi
eritrositlar miqdorini kamayishi gemoglabin miqdorini pasayishi-
ga olib keladi. Ammo bunda har bir eritrositdagi gemoglabin miq-
dori o‘zgarmaydi.
Gemoglabin. Eritrositlar tarkibiga qon pigmenti gemogla-
bin kiradi. Gemoglabin globin oqsili va tarkibida temir moddasi
bo‘lgan oqsilsiz birikma – gemdan iborat. Mo‘tadil holatda, qon-
da 140 g/l (14 g %) yaqin gemoglabin bo‘ladi. Erkaklarda 130–
155 g/l (13,0–15,5 g %), ayollarda 120–138 g/l (12–13,8 g %).
Gemoglabinning asosiy vazifasi О
2
va СО
2
ni tashish hamda qon-
ning doimiy reaksiyasini saqlab turishda qatnashuv chi asosiy bu-
ferdir.
Leykositlar. Leykositlar eritrositlardan yadrosi borligi va fa-
ol amyo basimon harakat qilish qobiliyati bilan farq qiladi. Ular
qon tarkibidan chiqishi va orqaga qaytishi mumkin. Leykosit-
larning miq dori 1 mkl qonda 6000–8000. Bu miqdor sutka da-
vomida juda o‘z garib turadi. Leykositlar ertalab och qoringa
kam bo‘lib, ovqatlangandan keyin, jismoniy ish bajarganda va
kuch li hayajonlanganda, ularning miqdori ko‘payadi. Leykosit-
lat kattaligi, yadrosi shakli, sitoplazmasi xususiyati va faoliyati-
ga qarab turlicha bo‘ladi. Ularning diametri 6 dan 25 mkm ga-
cha. Leykositlarning besh turi: eozinofillar (1–4 %), bazofillar
(0–0,5 %), neytrofillar (60–70 %), limfositlar (25–30 %) va
monositlar (6–8 %) tafovut qilinadi. Sitoplazmasida donacha-
larning bo‘lishiga qarab leykositlar donachali (granulositlar) va
donachasizlarga (aganulositlar) bo‘linadi. Donachalilarga ney-
trofillar, eozinofillar va bazofillar kirib, ularning sitoplazmasi-
da turli bo‘yovchilar bilan bo‘yaladigan ko‘p sonli donachalari
bo‘ladi. Donachalarda yot moddalarning hujayra ichi h azm ja-
rayoni uchun zarur fermentlar bor. Granulositlarning yad rosi
o‘zaro ipchalar bilan birikkan 2–5 qism ga bo‘lingani uchun seg-
menyadroli leykositlar deyiladi. Neytrofillarning tayoqsimon
shakldagi yadroli yosh shakllari tayoqcha yad roli, yadrochasi
oval shakldagisi esa o‘smir deyiladi.
Аgranulositlarga limfosit va monositlar kiradi. Limfositlar
leykositlarning eng kichigi bo‘lib, ingichka halqa shaklidagi si-
toplazma bilan o‘ralgan katta yumaloq yadrosi bo‘ladi. Eng kat-
ta agranulosit-monositlar loviyasimon yoki oval shaklidagi yadro-
ga ega.