333
ning bo‘yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Gipofizar gi-
gantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo‘llari nisbati buzil-
magan holda kattalashadi. Skelet mushaklari, ichki a’zolar ham
ko‘pincha, yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizm o‘sish davri 30
yoshgacha boradi.
Kattalarda gipofiz ko‘p miqdorda o‘sish gormoni ishlab chi-
qarsa, akromegaliya xastaligi ro‘y beradi. Bunda suyaklar va
yumshoq to‘qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i,
oyoq-qo‘llari kattalashadi. Gipofizar novchalarda va akrome-
galiya bilan og‘rigan odamlarda boshqa ichki sekretsiya bezlari
faoliyati ham buziladi: jinsiy bezlar faoliyati sustlashadi, insulin
kam miqdorda ishlab chiqarilishi oqibatida qandli diabet belgila-
ri paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: