304
kerak. Oziqa moddalarni kirishi kimyoviy analiz bilan aniqlana-
di. Agar ovqat bilan qabul qilingan oqsil, yog‘ va uglevodlarning
umumiy massasi (grammlarda), axlat bilan chiqarilgan qoldiq
moddalar miqdorini olib tashlagandan chiqqan farq moddalar-
ning sof kirish miqdori bo‘ladi. Moddalarning sarflanishi Shater-
nikov kamerasida aniqlanadi. Bu usul bilan bir sutkada o‘zlash-
tirilgan O
2
va siydik bilan chiqarilgan CO
2
va N
2
miqdorini aniq-
lash bilan, oqsil, yog‘ va uglevodlar sarfini hisoblash mumkin.
Muvozanat musbat, manfiy yoki teng holatda bo‘lishi mumkin.
O‘sayotgan davrda tana kattalashgani uchun moddalar almashi-
nuvi muvozanati doimo musbat bo‘ladi. Manfiy muvozanat uzoq
betoblik va och qolganda, goho qarilik davrida kuzatiladi. Bu
vaqt da organizm moddalarni ovqat bilan qabul qilganga nisba tan
ko‘p parchalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: