Ishchi qo‘shimcha. Energiya almashinuvini asosiy almashi-
nuvidan oshib ketishi ishchi qo‘shimcha deyiladi. Energiya sarf-
lanishining oshiruvchi omillar bo‘lib, ovqat qabul qilish, past
y oki yuqori (30 °C dan yuqori) tashqi harorat va jismoniy ish hi-
soblanadi. Tashqi ha rorat pasayganda, tananing issiqlik ajratishi
osha di, mos ravish da, tananing doimiy haroratini saqlashi uchun
zarur issiq likni ishlab chiqarish ko‘payadi. Agar tashqi harorat
30 °C yuqo ri bo‘l sa, energiya tanani sovutish uchun (terlash, teri
qon aylanishini ku chaytirish) sarflanadi. Jismoniy ish bajargan-
da, energiya sarfi ancha ko‘payadi. Aqliy mehnat da ko‘p ener-
giya sarf qilinmaydi. Aq liy mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlar
sutkada 3000 kkal atrofida energiya sarf qiladilar. Og‘ir jismoniy
mehnat bilan shug‘ullanadiganlar 4 000 kkal dan ortiq, sportchi-
lar esa 7000 kkal gacha energiya sarf qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |