siy ko‘rinishlaridan biri shish hisoblanadi. Shish deb suyuqlik-
ning to‘qimalarda to‘planishiga aytiladi. Shish vaqtida to‘qima-
lar hajmi kattala shadi. Shish gan to‘qima o‘ziga xos xamirsimon
yo‘qolmaydigan chuqurcha hosil bo‘ladi. Bu shishgan to‘qima-
315
ning elastikligi yo‘qolganidan dalolat beradi. Ayniqsa, u teri va
teri osti kletchatkasi shishganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Kesil-
ganda, shishgan to‘qimadan rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik oqib
chiqadi. Shishgan to‘qimani mikro skopik tekshirish barcha to‘qi-
ma elementlari – hujayralar, tolalar va boshqalar bir-biridan ora-
larida to‘plangan suyuqlik vositasida ajralib turishligini ko‘rsatadi.
Odatda, shishgan to‘qimaning hujayralari kam o‘zgaradi, ammo
uzoq vaqt davom etadigan shishlarda to‘plangan suyuqlik hisobiga
hujayralar bo‘kib shishadi.
Istisqo deb organizm bo‘shliqlarida masalan, qorin bo‘sh-
lig‘ida su yuq likning to‘planishiga aytiladi. Shish vaqtida – is-
tisqoda to‘qimalarda, bo‘shliqlarda suyuqlik to‘planadi va buni
transsudat deb ataydilar. U tiniq va biroz miqdorda oqsil bo‘la-
di. Turli joylarda joylanishiga ko‘ra shishlar va istisqo maxsus
terminlar bilan ifodalanadi: teri va teri osti kletchatkasi shishini
anasarka, qorin bo‘shlig‘i istisqosini assit, plevra bo‘shlig‘ida-
gini – gidrotoraks, yurak pardasi bo‘shlig‘ini – gidoroperikard,
moyakning qin pardasi bo‘shlig‘ini – gidrosele, miya qorincha-
laridagini yoki miya pardalari bilan miya bo‘shlig‘i oralig‘idagi-
ni – gidrosefaliya deb ataydilar.
Yurak sababli yoki dimlanish shishlari, ko‘pincha, yurak fa-
oliyatining zaiflashuvi oqibatida kelib chiqadi. Ular qon oqimi-
ning sekinlashishini va vena kapillyarlarida bosim ortishi tufayli
rivojlanadi. Demak, bunday shishlar kapillyarlardagi gidrostatik
bosimning o‘zgarishiga bog‘liq. Joylashishiga ko‘ra shish umumiy
bo‘lishi ham mumkin, bunda shish ko‘p a’zolarga, odatda, qo‘l-
oyoqlarga tarqalgan bo‘ladi. Mahalliy shish, ko‘pincha, mahal-
liy qon aylanishining buzilishiga masalan, venaning bosilishi yoki
unda birorta patologik jarayon tufayli venalardan qonning oqib
ketishi qiyinlashishiga bog‘liq.
Marantik yoki kaxektik shishlar ochlikda yoki holdan toydiruv-
chi og‘ir kasalliklarda rivojlanadi. Bu shishlar qonda oqsillar ka-
mayib ketganda kelib chiqadi va onkotik bosimning o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Buyrak sababli kelib chiqadigan shishlar buyraklarning orga-
nizm dan tuzlarni chiqarib yuborish qobiliyati buziladigan ba’zi
kasalliklarda bo‘ladi. Toksik shishlar turli zaharlar qon tomirlar
devorini shikastlab, o‘tqazuvchanligining buzilishiga olib kelgan-
da paydo bo‘ladi.
Travmatik shishlar mexanik shikastlanishlarda yuzaga kela-
316
di. Ular ba’zan uzoq vaqtgacha, hatto singan suyaklar va yaralar
bitib ket gandan keyin ham saqlanib qoladi. Bu shishlar ehtimol
tomirlar o‘t kazuvchanligining uzoq vaqt oshishiga olib keluvchi
murakkab jarayonlar bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: