322
lida, zotiljamda kuzatiladi. Ertalabki harorat bilan kechki harorat-
ning farqi 3–4° tashkil qiladi.
3) intermitirik isitmada – isitmasiz davr bilan isitmali davr al-
mashib turadi. Bezgak, sil kasalliklarida uchraydi.
4) qaytalanuvchi isitmada harorat 5–8 kun saqlanib, mo‘tadil
holat bilan almashib turadi. Bunday qaytalanuvchi isitma terlama-
da uchraydi.
Subfebril isitma haroratning bir daraja ko‘tarilishi uzoq muddat
davom etadi, sil va surunkali yallig‘lanishlarda uchraydi.
Isitmada ichki a’zolar faoliyati buziladi. Nafas tezlashadi,
moddalar almashinuvi kuchayadi, yurak urishi tezlashadi – taxi-
kardiya, arterial bosim avval ko‘tariladi, keyin esa pasayadi. Asab
tizimida – bosh aylanishi, og‘rishi, qayt qilish, gallutsinatsiyalar,
alaxsirash, hushdan ketish kuzatiladi. Hazm tizimida – shiralar
kamayishi natijasida ishtaha pasayadi, til karash bog‘laydi, quriy-
di, ovqat hazm bo‘lishi buziladi, ich qotadi yoki ketib qoladi, gaz
to‘planadi – meteorizm paydo bo‘ladi. Siydik ajralishi – kasallik
boshida ko‘payadi, keyin esa kamayadi. Bemor davolanib, isitmasi
tushgandan keyin a’zolar faoliyati tiklanadi.
VITAMINLAR
Asosiy oziqa moddalar va mineral tuzlarga ega ovqat ratsio-
nining to‘laqonli bo‘lishi uchun vitaminlar (lotincha «vita» –
«hayot») ham kerak bo‘ladi. Vitaminlar ikki guruhga: suvda eruy-
digan (B guruhi, C, PP, P vitaminlari) va yog‘da eriydigan (A, D,
K, E vitaminlari).
Vitaminlarni asosan o‘simliklar sintezlaydi. Hayvonlar o‘sim-
liklar bilan oziqlanib, vitaminlarni o‘z to‘qima va a’zolarida
to‘playdi. Odam uchun vitaminlar manbayi bo‘lib o‘simlik va
hayvon mahsulotlari hisob lanadi. B guruh, K va H vitaminla-
ri yo‘g‘on ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi, shuning
uchun ichak mikroflorasini o‘ldiruvchi antibiotik va sulfanilamid
preparatlar bilan davolangan vaqtda vitaminlar berish zarurdir.
Vitaminlarning ko‘pchiligi fermentlar tarkibiga kirgani uchun
organizmdagi modda almashinuvi jarayonlari katalizida ishtirok
etadi. Organizmning vitaminlarga ehtiyoji milligramlarda bo‘la-
di va ular yetishmaganda modda almashinuvi sezilarli o‘zgaradi.
Organizmda vitaminlarni kamayishi gipovitaminozga, yetishmov-
323
chiligi avitaminozga olib keladi. Bunda vitamin yetishmovchiligi-
ga xos bo‘lgan kasallik alomatlari namoyon bo‘ladi. Gipo- va avi-
taminoz vitaminlar ichakda yetarli miqdorda so‘rilmaganda ham
paydo bo‘ladi. Vitaminlarga ehtiyoj organizmning tez o‘sishi, ho-
miladorlik davrida ancha ortadi. Bu holat kerak vitamin y oki un-
ga boy mahsulot qabul qilinganda tezda yo‘qolib ketadi
Do'stlaringiz bilan baham: