Tana haroratini boshqarish (termoregulyatsiya)
Tirik organizmda beto‘xtov moddalar almashinuvi tufayli doi-
mo issiqlik hosil bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda tana yuzasidan
tashqi muhit ga doimo issiqlik yo‘qotiladi. Shuning uchun tana ha-
rorati is siqlik hosil bo‘lishi va yo‘qotish jarayonlarining nisbati-
ga bog‘liq.
Organizmda issiqlik tananing katta qismini tashkil qiluvchi
mu shaklarning qisqarishida hosil bo‘ladi. Faol ish bajarganda is-
siqlik hosil bo‘lishi oshadi. Ichki a’zolardan jigarda unda sodir
bo‘layot gan moddalar almashinuvi jarayonida nisbatan kuchli is-
siqlik hosil bo‘ladi.
Issiqlikni yo‘qotish teri, o‘pkalar va oz miqdorda siydik va axlat
bilan chiqariladi. Mushaklar va ichki a’zolarda isigan qon teriga oqib
keladi va terida sovib oqib ketadi.
Teri orqali issiqlik yo‘qotish: 1) o‘tkazish yo‘li bilan (odam
o‘tirganida, yotganida) tanaga tegib turgan havo, suv yoki buyum-
lar harorati teri haroratidan past bo‘lganida issiqlik yo‘qotiladi;
2) nurlanish yo‘li bilan atrofdagi havo harorati tana haroratidan
past bo‘l ganida kuzatiladi. Bunda tana boshqa issiq jismlar ka-
bi uzun to‘lqinli infraqizil nurlar tarqatadi; 3) teri yuzasidan suv
va terni bug‘lanishi yo‘li bilan 1 ml suv ni bug‘lanishi 0,58 kkal
issiqlik yo‘qotish orqali o‘tadi. O‘pkada chiqarilayotgan havoni
isishi va alveolalar yuzasidan suvni bug‘lanishi ro‘y beradi.
Tana haroratini doimiyligi nerv va gumoral yo‘l bilan bosh-
qariladi. Terida termoretseptorlar – atrofdagi havo haroratini
o‘zgarishini sezuvchi sovuqlik va issiqlik retseptorlari bor. Tash qi
muhit haroratini pasayishi, sovuqlik retseptorlaridan nerv impuls-
lari oraliq miyada joylashgan issiq lik markaziga, undan harakat-
lantiruvchi nerv lar orqali mushaklarga boradi. Mushaklar tonusi
oshadi yoki «mu shak titrashi» hosil bo‘lib, moddalar almashinu-
vini va issiqlik hosil bo‘lishini oshiradi. Bu bilan bir vaqt da teri-
ning qon tomirlari torayib, issiq lik yo‘qotish kamayadi.
Atrofdagi harorat ko‘tarilganda, modda almashinuvi pasaya-
di va terining qon tomirlari kengayib issiqlik yo‘qotish kuchaya-
di. Bu kamlik qilsa, teri yuzasidan ter chiqishi va suv bug‘lanishi
kuzatiladi. Tashqi muhit harorati o‘zgarganida, reflektor ravish-
da ichki sekre tsiya bezlaridan qalqonsimon, buyrak usti va osh-
qozon osti bezlarining fao liyati o‘zgaradi. Ularning gormonlari
319
oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Gipofiz qalqonsimon bez
gormoni sekretsiyasini tormozlab, modda almashinuvini va tana
haroratini pasaytiradi.
Odamning, odatda, qo‘ltiq ostida o‘lchanadigan tana haro-
rati o‘r tacha 36,6 °C (36 dan 37 °C gacha). Emizikli bolalarda
tana haroratini to‘g‘ ri ichakda o‘lchanadi, u yerda u biroz yu-
qori (36,5–37,5 °C). Sutka davo mida tana harorati 1° atrofida
o‘zgarishi mumkin. Bu holat moddalar almashinuvining tezligi-
ga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |