Shartli reflekslar
deb oldin bu faoliyatga aloqasi bo‘lmagan
re tseptorlarni ta’sirlash yo‘li bilan maxsus hosil qilingan yangi
reaksiyalarga aytiladi. Ular hayot davomida MNTda (bosh miya
po‘stlog‘i) vaqtinchalik nerv bog‘lanishlari hosil bo‘lishi natijasi-
da paydo bo‘ladi.
Shartli reflekslarning xususiyatlari.
1. Shartli reflekslar yangi tug‘ilgan chaqaloqda bo‘lmaydi. Ular
har bir shaxsda o‘ziga xos holatda paydo bo‘ladi.
2. Shartli reflekslar faqat bosh miya po‘stlog‘ida hosil bo‘ladi
va ro‘yobga chiqadi.
3. Shartli reflekslar vaqtinchalik, agar shartli ta’sirlovchi shart-
siz bilan mustahkamlanmasa, shartli reflekslar yo‘qolishi mum-
kin.
Tabiiy va sun’iy shartli reflekslar tafovut qilinadi. Tabiiy shart-
li reflekslar shartsiz ta’sirlovchining tabiiy xususiyatlariga (masa-
lan, ovqatning hidi va tashqi ko‘rinishiga) hosil bo‘ladi. Ovqat-
ning o‘ziga aloqador bo‘lmagan, ammo ovqat bilan takrorlanadi-
gan boshqa signallarning hammasi (qo‘ng‘iroq, yorug‘lik va bosh-
qalar) sun’iy shartli reflekslarni vujudga keltirishi mumkin.
Shartli reflekslarni hosil qilish uchun ma’lum bir sharoitlar
kerak. Shartli refleksni shartsiz refleks asosida ma’lum qonun-
qoidalarga rioya qilgan holdagina yuzaga chiqarish mumkin.
1. Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shart siz
ref leks uchun befarq ta’sirot, masalan, qo‘ng‘iroq) shartsiz ta’si-
rot (ovqat) bilan bog‘langan holda takroran qo‘llanilishi kerak.
2. Shartli signal shartsiz ta’sirotdan biroz oldin berilishi ke-
rak. Masalan, oldin qo‘ng‘iroq chalib, keyin ovqat berish kerak.
Bu holat birnecha marta qaytarilganidan keyin, qo‘ng‘iroqning
chalinishi so‘lak ajra lishni chaqiradi.
3. Shartsiz ta’sirot shartli signalga nisbatan kuchli bo‘lishi ke-
rak. Ovqatlanish markazini ta’sirlanishi past bo‘lgan qorni to‘q
itga qong‘iroq shartli ta’sirlovchi bo‘la olmaydi.
4. Shartli refleks hosil qilish jarayonida bosh miya postlog‘i
yot ta’sirotlardan mutlaqo xolis bo‘lishi lozim. Shuning uchun
shartli reflekslar hosil qilish uchun hayvonlarni alohida kamera-
larga joylash tiriladi.
5. Shartli refleks hosil qilish uchun MNT faol bo‘lishi kerak.
Bu narsa odamga ham to‘g‘ri keladi. Agar ma’ruza qiziq bo‘lmasa,
talaba mud raydi, miyada vaqtinchalik bog‘lanish hosil bo‘lmaydi
460
va ma’lumotlar yodda qolmaydi. Agar ma’ruza qiziqarli misollar
bilan o‘qilsa, yaxshi qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |