Odamning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari
. Agar hayvon-
lar uchun shartli ta‘sirlovchi bo‘lib narsa va hodisalar rol o‘yna-
sa, odam uchun shartli ta’sirlovchi vazifasini so‘z bajaradi. Och
odamni so‘lagi faqat ovqatni ko‘rganda emas, balki u haqida ga-
pirganda ham ajraladi. So‘z va so‘zlash odamga xos ikkinchi sig-
nal tizimini tashkil qiladi. Odam uchun so‘z bu tushuncha. So‘z
yordamida umumiy tu shuncha hosil bo‘ladi, odamning fikrlashi
kelib chiqadi. Eshitilayot gan, ko‘rilayotgan (yozma so‘z), ayti-
layotgan so‘zlar ikkinchi signal tizimi bo‘ladi, Odamda ikkinchi
signal tizimi, so‘zlash orqali juda ko‘p vaqtinchalik bog‘lanishlar
hosil bo‘ladi.
Nerv faoliyatida ikki jarayon: qo‘zgalish va tormozlanish
o‘zaro bog‘langan holatda faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘zg‘alish shartli
refleksni hosil qilishda va uni o‘tkazishda ishtirok etadi. Tormoz-
lanish jarayoni esa shartli feflekslarni atrof-muhitga nozik, aniq
va to‘liq moslashish mexanizmiga aylantiradi. I.P. Pavlov ta’biri-
cha po‘stloqqa ikki xil: shartsiz va shartli tormozlanish xos. Shart-
siz tez hosil bo‘ladi. Shartli tormozlanish shaxsiy tajriba jarayo-
nida hosil bo‘ladi.
Uyqu.
Odam hayotining asosiy shartlaridan biri uyqu bilan
tetik holatning almashinib turishidir. Odam uyqudan mahrum
bo‘lganida mu shaklar kuchsizlanib, og‘riqqa sezuvchanlik oshadi,
galyutsinatsiya va og‘ir psixik o‘zgarishlar vujudga keladi. Odam
hayotining deyarli uchdan bir qismi uyquda o‘tadi.
Uyqu vaqtida odam hushini yo‘qotadi, miya po‘stlog‘ining fa-
olligi pasayadi, mushaklar tonusi va sezuvchanlik susayadi. Bunda
vegetativ faoliyatlar ham o‘zgaradi: energiya almashinuvi, yurak
urishi, qon bosimi, tana harorati pasayib, nafas sekinlashadi.
Uyquning ikki: sekin va tez davrlari tafovut qilinadi. Sekin va
tez uyqular davriy bo‘lib, har 60–80 minutda takrorlanadi. 7,5
soat uxlagan katta yoshli odam 1,5–2 soatni tez uyquda, qolgan
5,5–6 soatni sekin uyquda o‘tkazadi.
Sekin uyqu vaqtida vegetativ faoliyatlar susayadi – qorachiqlar
torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko‘payib, ko‘z yoshi va
so‘lak ajralishi kamayadi, ichki a’zolar faoliyati sustlashadi. EEG-
da katta amplitudali sekin delta to‘lqinlar qayd qilinadi.
60–80 minutdan keyin davriy kelib chiqadigan va yarim saot-
461
larcha davom etadigan tez uyqy davrida aksincha «vegetativ
to‘zon» kuzatiladi. Skelet mushaklari tinch va tonusi pasaygan
holatda bo‘l sa-da, bu davr da odam ko‘rayotgan tushida ishtirok
etadi, ichki a’zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan darajada o‘z faoliyatini tezlashtiradi. EEG-
da tetiklik ho latiga xos bo‘lgan kam amplitudali tez beta to‘lqinlar
qayd qilinadi. Tez uyqu davrida ko‘z olmasi harakati tezlashadi.
Bu vaqtda uyg‘otilgan odam tush ko‘rganini aytadi. Bu davr para-
doksal uyqu davri deb ataladi. Odamni tez uyqu va tush ko‘rish-
dan mahrum qilinishi esni yo‘qotishga ruhiy o‘zgarishlarga olib
keladi. Tash qi ta’sirlovchilar: sovuq, shovqin, hidlar, ko‘pincha,
tushni tarkibiga kiradi. Kuygan hid kelganda, uxlayotgan odam
tushida o‘t o‘chirayotganini ko‘rishi mumkin.
I.P. Pavlov ta’biri bo‘yicha uyqu bu nerv hujayralarini char-
chash va holsizlanishdan saqlovchi tormozlanishdir. Shartli tor-
mozlovchi ta’sir lovchilar ta’siri ostida kelib chiqadigan uyquni,
I.P. Pavlov po‘stloqqa retseptorlardan kelayotgan afferent impuls-
larni to‘xtashi yoki kamayishi natijasida paydo bo‘ladigan nofaol
uyqudan farqli ravishda faol uyqu deb atagan.
Hozirgi vaqtda uyquni bosh miya postlog‘ini faolligini yangi
ish tartibiga o‘tishi deb tushuniladi. Yangi ta’sirlovchilardan ho-
li bo‘lgan miya hujayralari uchun, bedorlik vaqtida kelgan ma’lu-
motlarni ish lab chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayon sekin uy-
quga nisbatan chuqurroq bo‘lgan, tez uyqu vaqtida sodir bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ini tez uyqu vaqtida tez ishlashi bedorlik vaq-
tida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, fikrlash, tartibga solish va
mustahkamlashga kerak deb o‘ylashadi. Bunda bor ta’sirotlar qay-
ta ishlanadi va miyaga uzoq vaqtga joylashtirib qo‘yiladi.
Uyqu va bedorlik holatlarini boshqarishda miyaning oraliq miya
(talamus va gipotalamus) va to‘rsimon formatsiya ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |