ko‘zni harakatlantiruvchi nerv
(n. oculomoto-
rius) tar kibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular
o‘rta miya tomining yuqorigi tepaligi sohasida, Silviy suv yo‘li
tubida joy lashgan harakatlantiruvchi va qo‘shimcha vegetativ
o‘zaklardan boshlana di. Bosh miya asosidan nerv miya oyoq-
chasini medial yuzasidan chiqadi. U oldinga yo‘nalib, ko‘z ko-
sasining ustki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga kiradi va ikki tarmoq-
qa bo‘linadi. Yuqori tarmoq sof harakatlantiruvchi bo‘lib, ust-
ki qovoqni ko‘taruvchi mushak va ko‘z ning yuqorigi to‘g‘ri
mushagini innervatsiya qiladi. Past ki tarmoq aralash. Uning
harakatlantiruv chi tolalari ko‘zining pastki va medial to‘g‘ri
mushaklarni hamda pastki qiyshiq mu shakni innervatsiya qila-
di. Avtonom tolalari pastki tarmoq tarkibidan chiqib, qorachiq-
ni toraytiruvchi va kiprikli mushakni innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |