Analitik kimyo” fanidan “Nefelometriya va turbodimetriya” mavzusidagi kurs ishi ilmiy raxbar: ilmiy darajasi va lavozimi



Download 0,69 Mb.
bet1/9
Sana21.06.2022
Hajmi0,69 Mb.
#689411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nefelometriya va turbodimetriya Nilufar kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
Kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20.65a-guruh talabasi
Turdaliyeva Nozimaxon
Analitik kimyo” fanidan
Nefelometriya va turbodimetriya” mavzusidagi

KURS ISHI


ILMIY RAXBAR:
ILMIY DARAJASI VA LAVOZIMI:


Mundarija


Kirish.....................................................................................4
I.Asosiy qism
I.1 Nefelometrik tahlil usulining nazariy asoslari.........................7
I.2.O’lchov asbob uskunalari...........................................................10
I.3.Fototurbidimetrik titrlash..........................................................11
I.3.Raman Mikroskopiyasi...............................................................31
XULOSA.....................................................................................35
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR............................................36

Reja
I.1 Nefelometrik tahlil usulining nazariy asoslari
I.2.O’lchov asbob uskunalari
I.3.Fototurbidimetrik titrlash
I.3.Raman Mikroskopiyasi
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
“ Ta’lim va ma’rifat –tinchlik
va bunyodkorlik sari yo’l”
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jaxon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.


Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa xuquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. ... SHu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, xurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muxim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Ta’lim to’g’risidagi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga [2] muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub isloxatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [3].
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnologiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish ta’lim soxasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushunishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, anorganik kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda.
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni O’rta maktab kimyo kursida reaksiya tushunchasini shakllantirish va rivojlantirish ” deb nomlashga ahd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga xavola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ- 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarorining mazmun mohiyati yoshlarni yuksak salohiyatli, yetuk malakali kadrlarni yetishtirishdan iborat bo’lib bunda talabalarning chuqur bilim olishi uchun kerakli bo’lgan barcha imkoniyatlar kafolatlangan. Yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishlari uchun imkoniyarlar yaratilgan bo’lib, ayniqsa tabiiy fanlardan bo’lgan kimyo fanini o’rganishga ham imkoniyatlar yetarli. Xususan barcha e’tibor biz aziz yoshlarga qaratilmoqda umumta’lim makatabida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida kimyo fanni o’qitish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda kimyo fanni o’rganish uchun zamonaviy kimyoviy jixozlar ishlab chiqilmoqda xamda ulardan biz aziz yoshlar foydalanmoqdamiz. Ta’lim jarayonida fanni so’nggi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va labaratoriyalarda bajarish yaxshi natija beradi. Shuningdek, vertual laboratoriyalarning tashkil etilishi va ularning amaliyotga joriy etilishi yuqoridagi fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Bugungi kunda fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi tobora takomillashib bormoqda. Bu esa rivojlanish bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu muammolarni oldini olish va unga yechim topishda kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Bu birinchi navbatda “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmasligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi.
Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo’lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materialllari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizikaviy va kimnyoviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi. Analitik kimyo – moddalarni tahlil qilish usullari to’g’risidagi fan bo’lib, tahlil qilishning nazariy va amaliy muammolarini hal qilish yo’llarini o’rgatadi.
Analitik kimyo – kimyoviy analizning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan, atrof muhidagi har hil obektlarning elementar kimyoviy tarkibini, tuzilishini aniqlashni ta’minlaydigan usullar haqidagi fandir. Analitik kimyo – identifikatsiyalash, miqdoriy aniqlash va tabiatdagi turli elementar ob’ektlarning, yani atomlar, ionlar, molekulalar, funksional guruhlar va boshqa zarralar kimyoviy strukturasini aniqlaydigan fandir. Analitik kimyo fanining asosiy vazifalari analizning umumiy nazariy asoslarini kimyoviy, fizik kimyoviy va fizikaviy usullarining asosiy prinsiplari bilan tushuntirishdir[4].
Shuning uchun analitik kimyoning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Analitik kimyo insonning ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’langan. Binobarin, xom-ashyolar yoki maxsulotlar tarkibidagi asosiy komponentlar va qoldiqlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lmasdan turib, metallurgiya, dorishunoslik va boshqa sanoat tarmoqlarining turli jarayonlarini moxirona rivojlantirish yoki boshqarish mumkin emas. Xalq xo‘jaligi materiallari va mahsulotlari sifatiga qo‘yilgan talablarni ortishi, fan va texnikaning rivojlanishi, atrof muhit muhofazasining kuchayishiga zarurat, odam va hayvonlar xastaliklari tashxisini yaxshilashga bo‘lgan extiyoj amaliy kimyoviy analizning qator turlarini paydo bo‘lishiga va takomillashishiga sabab bo‘ldi. Har bir kimyogar analitik kimyoning hozirgi zamon yutuqlarini mukammal bilishi shart.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish