Yadro magnit rezonansi usuli. Yadro paramagnit xossasiga yadrosida nuldan farqli spini bo‘lgan molekula va atomlar ega. Massa soni va atom raqami juft bo‘lgan atomlar nul spinga, massa soni juft va atom raqami toq bo‘lgan yadrolar butun spin kvant soniga ega bo‘ladi. Masalan, deyteriy 2N va azot 14N uchun I=1 bunga misol bo‘laoladi. Tekshirishlar, ko‘pincha, 1N, 11V, 13S, 15N, 17O, 19G‘ va 31R yadrolarida olib boriladi. Tashqi magnit maydoni ta’siridan molekula magnit maydoni qiymati katta bo‘lmagan qo‘shimcha magnit maydon hosil qiladi. Bu magnit maydonining hosil bo‘lishi dipol-dipol, spin-spin va elektronlar ta’sirlashuvlari bilan bog‘liq. Yuzaga keladigan bunday magnit maydoni yadroga bo‘lgan No maydon ta’sirini kamaytiradi. Uning qiymati maydonning kuchlanganligiga mutanosib bo‘lib, yadro atrofini qurshab olgan elektronlarga ham bog‘liq. Shuning uchun ham har xil birikmalardagi bir xil yadrolar uchun signallar turlicha bo‘ladi. Masalan, 5-chizmada keltirilgan etanol molekulasidagi oltita vodorod atomi uch xil chiziq hosil qiladi. Bular orasida kislorod bilan bog‘langan proton eng kam ta’sir ostida (kam ekranlangan) bo‘lganligi uchun uning rezonansi maydon kuchlanganligining kichik qiymatlariga to‘g‘ri keladi. Metilen guruhidagi protonlar OH guruh protonidan ko‘ra kuchliroq, metil guruhi yanada kuchli ta’sir ostida bo‘lganligi uchun ularning rezonans yo‘lagi shu sohalarga mos joylashadi. Spektral yo‘laklar bilan chegaralangan maydonlarning Yuzalari protonlar soniga mutanosib bo‘lib, spektri keltirilgan etanol molekulasi uchun bu 3:2:1 ga to‘g‘ri keladi.
Etanolning YAMR spektri
Turli xil ekranlangan yadrolar signallari orasidagi masofaga kimyoviy siljish deyiladi. U amalda etalon sifatida ishlatiladigan tetrametilsilanga (etalon) nisbatan o‘lchanadi. Tetrametilsilan protonlarining kuchlanganlik signali ancha katta magnit maydoni. ta’sirida bo‘ladi. Protonlar ishtirokida bajariladigan o‘lchashlar proton magnit rezonansi (PMR) deb Yuritiladi. PMR usulida erituvchilar sifatida tarkibida protoni bo‘lmagan, ayrim hollarda, benzol, xloroform, siklogeksanlarga o‘xshash PMR spektrida faqat bitta signal bo‘lgan suYuqliklar ishlatiladi. Kimyoviy siljishga protonning atrofini qurshab olgan elektron zichligi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa ko‘p jihatdan protonga yaqin joylashgan atomning elektr manfiyligiga bog‘liq. Bularning barchasi
organik moddalarni identifikatsiyalash va murakkab aralashmalarning sifat tarkibini topishga imkon beradi. PMR usuli, shuningdek, miqdoriy aniqlashlar uchun, ayniqsa, bir oilaga mansub moddalarni tekshirish uchun juda qulaydir. YaMR spektroskopiyasi usullari kompleks birikmalarni tekshirish va struktur analizda katta istiqbollarga ega. Biroq shuni ham ta’kidlash kerakki, bu usulning sezuvchanligi past. Bu hol uning tarkibiy analitik kimyoda qo‘llanilishini biroz cheklab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |