6.3. Refraktometrik va spektral analiz usuli.
Refraktometrik analiz usuli analiz qilinadigan moddalarning nur sindirish ko’rsatgichining o’lchanishiga asoslangan. Har qanday toza modda ma`lum bir nur sindirish ko’rsatgichiga ega. Nur sindirish ko’rsatgichini qiymatiga qarab, moddalarning tozalik darajasi aniqlanadi.
yorug’lik yo’nalishining bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tishida o’zgarishi yorug’likning sinishi yoki refrakciyasi deyiladi. Moddalarning sindirish ko’rsatkichini o’lchaydigan asboblar refraktometrlar deb, analiz usuliga esa refraktometrik analiz usuli deyiladi.
yorug’lik nuri ikki shaffof muhit sirt fazasida to’shayotganda bir qismi qaytadi, bir qismi ikkinchi muhitda tarqaladi (sinadi).
yorug’likning ikkinchi muhitda tarqalishi yorug’likning sinish qonunlariga bo’ysunadi (fizika kursidan ma`lum). 1. Tushuvchi nur, singan nur va muhitlar chegarasidagi nurning tushish nuqtasiga tushirilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi.
2. Nurlarning tushish burchagi sinusi (sinα1) ning nurni sinish burchagi sinusi (sinα2) ga bo’lgan nisbati berilgan muhitlar uchun o’zgarmas miqdor bo’lib, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi (n) deyiladi.
(1)
Standart sharoitda moddalarning vakuumga nisbatan olingan sindirish ko’rsatkichi, absolyut sindirish ko’rsatkich deyiladi.
(2)
(3)
unda (4)
nisbiy sindirish ko’rsatkich absolyut sindirish ko’rsatkichlarining nisbatiga teng. (4) tenglamadan n1(abc) sin1 = n2(abc) sin2 .
Havoga nisbatan olingan sindirish ko’rsatkich to’g’ridan-to’g’ri sindirish ko’rsatkich (n) deyiladi.
Nabc = nabc(abo) n
Atmosfera bosimi va hona haroratida nabc(іavo) = 1,00027 unda nabc = 1,00027 n
Moddaning sindirish ko’rsatgichi uning tabiatini aniqlaydi. Uning qiymati tushayotgan nurning to’lqin uzunligiga va haroratga bog’liq. To’shayotgan yorug’likning to’lqin uzunligini kattalashishi bilan sindirish ko’rsatkichning qiymati kamayadi. Bir hil natijalarni olish uchun yorug’lik manbai sifatida ma`lum to’lqin uzunligiga ega bo’lgan (natriyli, simobli, vodorodli) lampalar ishlatiladi.
Harorat ko’tarilishi bilan suyuqliklarning sindirish ko’rsatgichlarini qiymati kamayadi. Shuning uchun sindirish ko’rsatkichining qiymati simvoli yoniga t0 va n ni qiymati ko’rsatiladi.
Masalan:
Lekin to’g’ridan - to’g’ri havo va suyuqlik chegarasida tushish yoki sinish burchagini o’lchash noqulay. Refraktometrlarda suyuqlik va ichki chegarasida tushish va sinish burchagi - to’la kaytish usulidan foydalanib o’lchanadi.
Sindirish ko’rsatkichi bilan moddaning zichligi (d) orasida (simbat) bog’lanish mavjud. Moddaning zichligi oshishi bilan sindirish ko’rsatkichini qiymati ham oshadi.
f(n) = rd
r-proporcionallik koeffisientii solishtirma refrakciya deyiladi.
r-ning moddaning molekulyar og’irligiga ko’paytmasi molekulyar (molyar) refrakciya deyiladi.
R = r
Refrakciyaning hisoblashda Lorenc - Lorentcning nazariy formulasi keltirilgan
n – sindirish ko’rsatkich
μ - molyar massa
d – zichlik
Molyar refrakciyani hisoblash uchun bir hil haroratda moddaning zichligi va sindirgich ko’rsatkichi o’lchanib Yuqoridagi formulaga quyib hisoblanadi.
Molyar refrakciya additiv hossaga ega bo’lib, molekuladagi atomlar refrakciyasining yig’indisiga teng.
Masalan: RCCl = RC + 4RCl = 2,42 + 4 5,97 = 26,36
Atom refrakciya har bir element uchun aniqlangan (mahsus ma`lumotnomalarga keltirilgan). Tajriba yo’li bilan hisoblangan molyar refrakciya qiymati bilan nazariy hisoblangan refrakciya qiymat solishtirilib, yangi aniqlangan modda formulasi to’g’risida hulosa qilinadi. Demak, molyar refrakciya moddalarning tarkibini indentifikaciyalashda, ayniqsa, ahamiyatli.
Refraktometrik analiz usuli oziq-ovqat sanoatida (yog’, asal, kofe) moddalarni tozaligini aniqlashda foydalaniladi.
Bu usul eng oddiy instrumental analiz usuli bo’lib, analiz uchun oz modda miqdori talab qilinib, tez va oson bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |