Na+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni NaC1, Na2SO4, NaNO3 tuzlarining birontasining eritmasidan foydalanib o’tkaziladi.
1.Kaliy digidroantimonat KH2SbO4 tasiri
Natriyning neytral muhitdagi tuzlariga reaktiv qo’shilganda oq kristall cho’kma natriy digidroanimonat, hosil bo’ladi.
NaC1+KH2SbO4= NaH2SbO4+KC1
Na++H2SbO4 - = NaH2SbO4
Kuchli ishqoriy muhitda cho’kma eriydi.
NaH2SbO4+NaOH=Na2SbO4+2H2O
Reaksiyaning bajarilishi: 2-3t NaC1 eritmasiga 2 —3 t reaktivdan qo’shib, probirkani ichki devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalansa oq kristall cho’kma xosil bo’ladi, Cho’kma ustiga 3—4t NaOH qo’shilganda cho’kma eriydi.
2. Uranil asetat UO2(CH3COO)2 ta’siri
Shisha plastinkaga 1t NaC1 eritmasidan tomiziladi va quriguncha bug’latiladi, sovitiladi so’ngra sirka kislotaning 2n eritmasi bilan to’yintirilgan uranil asetat eritmasidan 1t tomizilganda vaqt o’tishi bilan sariq tusli tetraedr qirrali cho’kma hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |