Ca2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni CaC12 yoki Ca(NO3)2 eritmalari bilan o’tkaziladi.
1. Kaliy ferrosianid K4[Fe(CN)6]tasiri
Kaliy ferrosianid tuzi, ammoniyli bufer eritma ishtirokida Ca2+- kationni bilan oq cho’kma—kalsiy, ammoniy ferrosianidni hosil qiladi.
CaC12+2NN4C1+K4[Fe(CN)6]= Ca(NH4)2[Fe(CN)6]+4KC1
Ca2++2NH4++[Fe(CN)6]4-= Ca(NH4)2[Fe(CN)6]
Reaksiyaning bajarilishi: 2 — 3t CaCl2 eritmasiga 2t NH4Cl, 2t NH4OH eritmalari qo’shib, aralashmani pH=9 bo’lguncha qizdiriladi, so’ngra yana tayyorlangan kaliy ferrosianid eritmasidan 3—4t qo’ishlganda oq cho’kma hosil bo’dadi.
2. Ammoniy oksalat ta’siri
Ammoniy oksalat tuzi Ca2+ ioni bilan mineral kislotalarda eriydigan oq cho’kma kalsiy oksalat hosil qiladi.
CaCl2+(NH4)2C2O4= CaC2O4+2NH4C1
Ca2++C2O42- = CaC2O4
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3t CaC12 eritmasiga, 2—3t (NH4)2C2O4 eritmasidan qo’shib, probirka suv hammomida isitilsa oq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma HC1da eriydi.
CaC2O4+2HC1=H2C2O4+CaC12
3.Sulfatlar ta’siri
Yuqori konsentrasiyali Ba2+ kationi SO42- ioni bilan oq cho’kma CaSO4 ni hosil qiladi.
CaC 12+H2SO4= CaSO4+2HC1
Ca2++SO42-= CaSO4
Reaksiyaning bajarilishi: 5 —6t CaC12 eritmasi 1 — 2t qolguncha bug’lataladi, so’ngra 1-2t H2SO4 eritmasidan qo’shilgalda oq cho’kma hosil bo’ladi.
Sr2+ xos reaksiyalar
Reaksiyalarni SrCl2 yoki Sr(NO3)2 eritmalari bilan olib boriladi, Sr2+kationi xuddi Ba2+ kationi so’ngara, SO42- ioni bilan, C2O42- ioni bilan va HPO42- ioni bilan oq cho’kma SrSO4, SrC2O4 va SrHPO4 larni hosil qiladi. Ushbu tajribalarni o’tkazib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli holida ish daftaringizga yozing.
So’rovlar uchun savollar
1.Bariy sulfat uchun EK ning ifodasini yozing?
2.Kalsiy fosfat uchun EK iing ifodasini yozing?
3.Qachon cho’kma hosil bo’lishi mumkin bo’ladi?
4.Qaysi vaqtgacha cho’kish jarayoni davom etadi?
5.Qanday sharoitlarda qiyin eruvchi elektrolitning eruvchanligi pasayadi?
6.AgBr, PbJ2 ning eruvchanligini kamaytirish uchun qaiday eritma qo’shish kerak?
7.Bariy kationi uchun xarakterli reaktivda qanday cho’kma hosil bo’ladi?
8.Kalsiy kationini sulfat ioni bilan cho’ktirishda, qaysi ionni konsentrasiyasi yuqoriroq bo’lishi kerak?
9.Kalsiy ionlarini ochish uchun qaysi reaktiv yaxshi?
10.Magniy ionlarini ochish uchun xarakterli reaktivni ayting?
11.Ba2+ ionlarini Mg2+ ionlaridan qanday ajratish mumkin?
12.Ikkinchi guruq kationlarining qaysi birikmalari qishloq xo’jaligida ishlatiladi?
13.Nima uchun bariy kationini kaliy bixromat bilan cho’ktirishda CH3COONa qo’shiladi?
14.Nima sababdan Ag2CrO4 cho’kmaga KC1 qo’shilsa cho’kma AgC1 ga aylanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |