3.Mavzuni asoslash.
Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi vositalar klinik tibbiyotning turli soxalari (terapiya, pediatriya, reanimatologiya, allergologiya va boshqalar)da keng qo’llaniladi, shuning uchun nafas a’zolariga ta’sir etuvchi vositalarni organizm uchun axamiyatini, o’rganishda va umumiy amaliyot shifokori faoliyatida kerak bo’ladi.
4. Fanlararo va fan ichidagi bog`liqlik.
Shu mavzuni o`qitish talabalarning nafas a’zolariga ta’sir etuvchi vositalar biokimyosi, anatomiyasi, gistologiyasi, nafas olish a’zolarini normal va patologik fiziologiyasi bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar terapiya, pediatriya, reanimatologiya, allergologiya, akusherstva va boshqa klinik yo’nalishlarda va shu bilan birga xususiy farmakologiyada kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |