Balg’am ko’chiruvchi moddalar.
BalG’am ko’chiruvchi moddalar nafas yo’llari yalliglanganda Qo’llanadi, ular shilliq bezlari sekrestiyasini oshiradi, balgamni suyultiradi, suyultirilgak balgam ko’chishini engillashtiradi, nafas yo’lidan osonroq o’tadi. Bu moddalar bronxlarning kipriksimon epiteliy tebranuvchanligini oshirib, bronxlar peristaltikasini oshiradi. Shu bilan birga suyultirilgan balG’am joylarda yalliglangan bronxlar shillik kavatini o’rab olish, ya’ni yalliglanish jarayonini kamzytirish xususiyatiga ega„
Ta’sir mexanizmiga ko’ra balG’am ko’chiruvchi moddalar 3 turga bo’linadi: 1. Reflektor ta’sir ko’rsatuvchi moddalar. 2. Bevosita ta’sir ko’rsatuvchy moddalar. 3. Mukolitik moddalar.
Reflektorta’sirko’rsatuvchimoddalar Qatoriga o’simliklar: ipekakuana ildizi, termopsis o’ti, gulxayri ildizi (ularning damlamasi va ekstrakti ko’llanadi); mukaltin, ko’krak eliksiri knritiladi. Bu moddalar ichilganda oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq kavatini Qo’zG’atib, impulslarning reflektor afferent yo’l bilan markazga, u erdan efferent impulslarning bronx va bronxial bezlaryga o’tishiga ta’sir ko’rsatadi. Natijada bronxlar sekrestiyasi, peristaltikasi ҳamda epiteliy kiprikchalarining tebranuvchanligi oshadi. Shu moddalar karotid yoyda joylashgan resteptorlar orQali ҳam reflektor ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu moddalarning yuQori miqdori Qayt Qildiradi, lekin Qayt Qildirish uchun ular Qo’llanmaydi, chunki bu moddalar uzoq vaqtgacha ko’ngilni aynatib turadi, keyin Qayt Qilish boshlanadi.
Bevositata’siretuvchimoddalar:kaliy yodid, natriy yodid, natriy bikarbonat, o’simliklardan — arpabodiyon ҳamda novshadil — arpabodiyon tomchilaridir. Ular konga so’rilgandan keyin bevosita bronx shilliq kavatiga, ularning bezlariga ta’sir ko’rsatib, balG’am ko’chishini yaxshilaydi. Bulardan natriy va kaliy yodid, natriy bikarbonat ingalyastiya yo’li bilan Qo’llangan-da xam ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mukolitikmoddalar:tripsin, ximotripsin, dezoksiribo-nukleaza, bromgeksin. Bular asosan ingalyastiya yo’ly bilan Qo’llanib, balgamdagi oqsil birikmalarini parchalaydi, uning yopishqoqligini kamaytiradi, mukolitik xamda ozroq bo’lsa ҳam yo’tal Qoldiruvchi xususiyati bor.
Balgam ko’chiruvchi moddalar ko’proq bolalar amalistida, Qo’llanadi, bularga murzkkab resteptlar sziladi, ҳar xil ta’sir mexanizmiga fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega moddalar birga yozilib, miksturalar shaklida Qo’llanadi. Balgam ko’chiruvchi modda-lar yo’tal dorilari bilan birG’a ko’llanadi, chunki yo’tal kamaysa, balG’am to’planishiga, suyulishiga fursat bo’lib, uning ko’chishi osonlashadi. BalG’am ko’chiruvchilar boshqa moddalar bilan birga zotiljam, bronxoektaziya, bronxial astma va boshka kasalliklarni davolashda Qo’llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |