Tо‘rtinchidan, fuqarolik jamiyatining eng asosiy bо‘g‘inlaridan biri hisoblangan – о‘zini о‘zi boshqarish tizimining yanada takomillashuvi
Mustaqillik yillarida о‘zini о‘zi boshqaruv – mahallalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash va yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Bu institutning mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bо‘g‘ini sifatida shakllantirish, uning uchun zarur moddiy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda, respublikada mahallalar soni 10 minga yaqinni tashkil etmoqda.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mahalla fuqarolar yig‘inlarini О‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining tom ma’nodagi tayanchi bо‘lishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – bu ularning tashkiliy funksiyalarining samarali yо‘lga qо‘yilmaganidir. Masalan, amaldagi qonunchilikka muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari bevosita mahalla fuqarolari tomonidan saylanishi belgilab qо‘yilgan bо‘lsada, ammo ularning saylov jarayonlariga tuman (shahar) hokimiyatlarining bevosita aralashuvi kuzatiladi. Amalda esa bu fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlari – mahallalar aholining manfaatlariga xizmat qilish, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal qilish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni davlat organlariga yetkazish о‘rniga, hokimiyatning vazifalari va «yuqoridan» keladigan topshiriqlarni bajarish bilan cheklanib qolishiga olib keladi. Mazkur holatda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari mahalla aholisidan ma’naviy jihatdan yiroqlashgan va aslida davlat apparatining bir qismiga aylanib qolgan.
Ilmiy izlanish va tahlillar natijasida ayrim omillarni alohida ta’kidlash mumkinki, bugungi kunda, О‘zbekistonda fuqarolik jamiyati hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ayrim kamchilik va muammolar mavjud. Bular jumlasiga:
1) Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Parlament huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qо‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar mamlakatda NNTlarning miqdor va sifat jihatdan о‘sishiga nomutanosib holatda qolib kelmoqda. Keyingi paytlarda Fond tomonidan NNTlarga ajratilayotgan moliyaviy mablag‘ va yordamning haddan tashqari markazlashuvi va monopollashuvi holatlari ham kuzatilmoqda.
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirish masalasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qо‘llaniladigan a’zolik badallari, xayriya yordamlarining yetarli darajada emasligi, umuman olganda mahalliy NNTlarda samarali fandreyzing strategiyasining mavjud emalgini ham e’tirof qilishimiz lozim.
Yuqoridagi jadvaldan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekistondagi NNTlarning birinchi raqamli muammosi moliyalashtirishning yо‘qligi deya belgilangan. Undan keyingi pozitsiyalarni esa, kadrlar yetishmovchiligi, о‘zaro sektorlararo ijtimoy aloqalarning sustligi masalalari qayd etib о‘tiladi.
2) Sо‘ngi ikki yil davomida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan NNTlar faoliyatini takomillashtirish bо‘yicha bir qancha amaliy ishlar olib borildi. …Ammo ana shunday muhim say-harakatlarga qaramasdan, aholining muammolarini tizimli о‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qо‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar о‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishlar о‘tkazish bilan mashg‘ul bо‘lib qolmoqda.
3) Bugungi kunda, turli darajada faoliyat olib boruvchi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari о‘z professionalizmi va kompetensiyasini oshirib borishi, о‘zining tashkiliy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashi, bir sо‘z bilan aytganda, jamiyatda о‘z legitimligini ta’minlashi bugungi kunning dolzarb masalasidan biridi.
Fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyati tо‘g‘risidagi turli xil ilmiy qarashlar tahlilini umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, fuqarolik jamiyati bu davlat tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tartibga solinmaydigan va boshqarilmaydigan erkin fuqarolar, jamoat tashkilotlari va kо‘ngillilar uyushmalarining о‘zaro samarali ijtimoiy aloqalari tizimidan tashkil topadi. Fuqarolik jamiyati о‘zining kommunikatsiyalarini, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy sohalariga tegishli prinsiplardan farq qiladigan, о‘ziga xos qonuniyatlar – tenglik, birdamlik, ochiqlik, о‘zaro hurmat, ishonch asosida shakllantiriladi.
Shuning bilan birga, fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasini asosiy kо‘rsatkichi bu ijtimoiy tashkilotlarning soni emas, balki fuqarolarning mazkur tashkilotlarga jalb etilganligi, ya’ni mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni belgilab beradigan fuqarolik jamiyatining ijtimoiy bazasi tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati mavzusiga bо‘lgan e’tiborning kuchayishiga qaratilgan ichki va tashqi sharoitlarning tahlili shuni kо‘rsatadiki, bu boradagi о‘zbek modeli kо‘p jihatdan davlat bosh islohotchiligiga va paternalistik xarakterga asoslanadi. Aynan hokimiyat jamiyatda ijtimoiy faollikni kanallashtiradi va uni NNTlar formati orqali ijtimoiy yо‘naltirilgan harakatga transformatsiyasini amalga oshirib boradi. Bu esa о‘z navbatida demokratiya va fuqarolik jamiyatini faqatgina dekorativ kо‘rinishda paydo bо‘lishiga olib keladi.
Fuqarolik jamiyati jamiyati barpo etish kо‘ jihatdan jamoat tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatiga borib taqalar ekan, bu tashkilotlarda ishtirok etuvchilarning, ya’ni aholining, boshqacha aytganda siz bilan bizning faolligimiz muhim hisoblanadi. Buning uchun fuqaroviylik fuqaroviy ong tushunchalariga tо‘xtalib о‘tish zarur. Zero bularsiz faollik haqida sо‘z ochib bо‘lmaydi.
Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni о‘rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaroviy faollikni о‘rganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bо‘lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni о‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning tо‘laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning tо‘liq namoyon bо‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bо‘lish jamiyatda rо‘y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning echimini chuqur anglashni taqozo etadi.
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu yerda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va ijtimoiy harakatlarni anglatadi. Shu ma’noda jamiyat uchun foydali bо‘lgan turli dasturlar va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi.
Aslini olganda jamiyat a’zolarining asosiy kо‘pchiligi jamiyatda mavjud qoidalar asosida faoliyat yuritgan holda ijtimoiy faollik kо‘rsatishmaydi. Bunday passivlikning jamoat tartibini saqlash nuqtai nazaridan qaysidir darajada ijobiy jihatlari ham mavjud bо‘lsa-da, fuqarolik jamiyatini qurishda fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega ekanligini esda tutish lozim. Zero passiv fuqarolar hech qachon о‘z huquqlari uchun kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik о‘z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni о‘zgartirishga qodirlik hissining yaqqol namoyon bо‘lishi bilan vujudga keladi. Kо‘pgina hollarda fuqaroviy faollikning boshlang‘ich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. Zero aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy о‘zgarishlar davlat yetakchiligida amalga oshiriladi va jamiyat a’zolari keyinchalik bu о‘zgarishlarga moslashishadi.
Kо‘pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir kо‘rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir kо‘rsatadi.
Kо‘pincha yoshlar fuqaroviy faollik kо‘rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday faoliyat kо‘rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab bо‘lganligi tufayli о‘z istaklarini siyosatchilar oldida tо‘g‘ri shakllantirishga qodir bо‘lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bо‘lganligi tufayli yoshlar о‘z manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch kelishlari mumkin. Shu tufayli ularning ba’zilari siyosiy partiyalarga a’zo bо‘lishadi, aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qо‘yadilar.
Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud bо‘lganligi tufayli yoshlarning aksariyati shunday tashkilotlarga a’zo bо‘lib kirishadi. Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, bilim va kо‘nikma talab qilsa, jamoat birlashmalariga a’zo bо‘lib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi, balki faqat qiziqishning о‘zi etarli bо‘ladi.
О‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, mavjud vaziyatni о‘zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bо‘yicha о‘z tashabbuslarini ilgari surish zarurligini anglab etadilar. Bu esa turli kо‘ngillilar jamiyatlarining tuzilishiga sabab bо‘ladi. Insonda boshqalarga yordam berish, ayniqsa muammoli vaziyatga tushgan vatandoshlariga, qо‘shnilariga kо‘maklashish hissi mavjud. Aynan boshqalarga yordam qо‘lini chо‘zgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga hissa qо‘shadi, balki u о‘zligini ham yanada chuqurroq anglay boradi. Shuning uchun bо‘lsa kerak, kо‘ngillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga aylangan. Bu hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga о‘z hissasini qо‘shishga bel bog‘lagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylangan. Kо‘ngillilik turli shakllarda amalga oshirilishi, jumladan turli kasalliklarga qarshi kurashish uchun xayriya faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida bо‘lishi mumkin.
Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni kо‘ngilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir kishiga xos bо‘lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf keltirish, о‘zini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan e’tirofga bо‘lgan ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani qо‘llash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. О‘z imkoniyatlarini ishga solish, о‘z g‘oyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir kо‘rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham kishini faollikka etaklaydi.
Kо‘ngilli faoliyat inson uchun о‘z shaxsiy ehtiyojlari bilan jamiyat ehtiyojlarini uyg‘unlashgan holda hayotga tatbiq etish uchun о‘ziga xos imkoniyatdir. Bu ehtiyoj kishilarning о‘z axloqiy burchlarini anglash hamda insonning barkamolligidan dalolat beradi. Kо‘ngilli faoliyat yurita ekan inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot madaniyatini rivojlantiradi, о‘zaro hamkorlik va birodarlik hissiga, insonparvarlik tuyg‘usiga ega bо‘ladi. Kо‘ngillilik faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega bо‘lib, inson о‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bu faoliyat tevarak atrofda rо‘y berayotgan voqeahodisalarga nisbatan faol munosabatning shakllanishiga, siyosiy voqelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi.
Aynan fuqaroviy faollikning о‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim tо‘g‘risida bilim olishga tayyor bо‘lgan kishilardan iborat;
faol fuqarolarda о‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud; - faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun kо‘nikmalar mavjud bо‘ladi2.
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli kо‘rilmagan kо‘makchiga aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar rо‘y berayotgan, tug‘ilayotgan va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning echimini topish va hukumatga taklif etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat tuzilmalaridagi etuk mutaxassislar bozor munosabatlari sharoitida kutilmaganda rо‘y beradigan muammolar, bozorning betartartib jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga kо‘makchilik qilmoqdalar.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar yuzaga kelaveradi, ammo ularning echimini hukumat hamisha ham о‘z vaqtida hal etavermaydi. Boshqacha aytganda bunday muammolarni hukumat о‘z vaqtida payqash imkoniyatiga ega emas. Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish bо‘lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bо‘lmaydi. Agar hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf etish bо‘yicha faol bо‘lishga shart-sharoitlar yaratmas ekan fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bо‘lib, ular serqirra faoliyat yuritadilar. Masalan, jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bо‘yicha ma’lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga tegishli qonun о‘zgartirishlari taklif etishlari mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bо‘yicha, yuqumli kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi, chiqindilardan tozalash bо‘yicha jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif etadilar.
Bir sо‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong va fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun inson salohiyatidan foydalanish, insonning о‘zligida, uning qalbida mavjud bо‘lgan birdamlik, saxiylik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning о‘zi kifoyadir.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi qachonki shaxs va jamiyat tafakkurida ijtimoiy qadriyatga aylangandagina, tom ma’nodagi kuchli fuqarolik jamiyati qurilishiga asos bо‘lishi mumkin. Buning uchun esa jamoat tashkilotlari va unda ishtirok etuvchi aholi faol bо‘lmog‘i kerak.
Nazorat uchun savollar
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamoat tashkilotlari qanday rol о‘ynaydi?
Bizning mamlakatimizda jamoat tashkilotlari qanday qonuniy asoslarga ega?
Fuqaroviylik va fuqaroviy ong deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy faol inson qanday bо‘lishi kerak?
Faol shaxsning jamiyatda tutgan о‘rni haqida tushunchangiz bormi?
Siz bilgan-tanigan faol insonni ta’riflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |