Amir temur davlatidagi ijtimoiy adolat


Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalari



Download 174,87 Kb.
bet4/9
Sana28.02.2023
Hajmi174,87 Kb.
#915329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Temur davlat boshqaruvi tizimida sud-huquq

Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalari


Ma’lumki, o’z tarkibida 26 davlatni birlashtirgan Amir Temur imperiyasi aniq ishlab chiqilgan ijtimoiy adolat qoidalariga asoslangan jazo siyosatisiz boshqarilishi qiyin edi. Bu siyosat eng avvalo, musulmon davlatida amalda bo’lgan islom huquqi va o’sha davrning konstitutsiyaviy hujjati bo’lgan “Temur tuzuklari”da o’z ifodasini topgan. “Tuzuklar”da jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi – jinoyatlarga jazo berish, xususan mansabdor shaxslar tomonidan o’z mansabini suiste’mol qilganlik jinoyatlari uchun jazo tayinlash masalalari, har bir shaharda adolat uylari, qozixona-dorul-amorat tashkil qilish, qozi Askar, ahdos va raiyat qozilari, ularni tayinlash, yolg’on guvohlik uchun jazo tayinlash va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Tuzuklardan ko’rinadiki, Amir Temur ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o’ziga rom qilgan, adolat o’rnatishga harakat qilib, iloji boricha jabr- zulmdan uzoqroqda bo’lishga intilgan. Ayniqsa, mansabdor shaxslar tomonidan mulkni o’zlashtirish, talon-taroj qilish hollarida odillik bilan ish tutganligini ko’rish mumkin. Xususan, moliya vazirlari davlatning moliya ishlariga xiyonat qilib, o’zlarining qo’l ostidagi mol-mulkdan o’zlashtirib olgan bo’lsalar va agar bu ularga taalluqli maoshga teng bo’lsa, o’sha o’zlashtirilgan mablag’ davlat xazinasiga sovg’a, in’om sifatida qaytarib olingan. Agar uning miqdori maoshdan ikki barobar ortiq bo’lsa, mol-mulki tortiq sifatida davlat hisobiga o’tkazilgan.
Tuzuklarni o’rganish, jinoyat va jazo masalalarida Amir Temur o’z mamlakatida qadimiy turk-mo’g’ul an’analari, udumlariga, shuningdek, Chingizxonning Yaso qonunlariga ham amal qilganligidan dalolat beradi. Xususan, “Tuzuklar”da “O’g’rilar xususida buyurdimkim, ular qayerda bo’lmasin, tutib olinsa, Yaso bo’yicha jazolansin. Kimki birovning molini
zo’rlik bilan tortib olgan bo’lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar” 1,- deyiladi.
Amir Temur davlatida bu kabi huquq manbalarining mavjudligi, ularning harakati, bajarilishi va rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratning bo’lishi, shubhasiz, qonunchilikni mustahkamlashga xizmat qilgan.
Agar sipohiy qo’l ostidagi kishiga zulm o’tkazsa, bunda u xizmat doirasidan tashqari chiqqan sanalib, sipohiyning o’zi jabrlanuvchilarga topshirilgan. Bu holda jabrlanuvchi sipohiyni hohlagancha jazolashi mumkin bo’lgan. Agar katta va mahalliy boshliqlar o’z vakolatlari doirasidan chiqib, o’zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm o’tkazsalar, ularga mol-mulkiga qarab jarima solish nazarda tutilgan.
Shuningdek, dorug’a va shahar voliylari hokimlari xalqqa jabr-zulm qilsalar, ularni ham jinoyatlariga mos ravishda jazoga tortish nazarda tutilgan. “Tuzuklar”da biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo qo’llanilishi, ya’ni agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan urilsa, jarima solmaslik to’g’risida gapiriladi. Bu kabi jazolash usullari Temur davridayoq, aynan bir jinoyat uchun ikki marotaba jazoga tortish mumkin emasligi to’g’risidagi qoida mustahkamlanganligini ko’rish mumkin.
Yuqoridagilar bilan birga, bir kishining mol-mulki zo’rlik bilan tortib olinganda, uning mulkini qaytarib olib berish bilan cheklanilgan. Badanga jarohat yetkazish bilan bog’liq harakatlar: tishni sindirish, ko’zni ko’r qilish, quloq va burunni kesish, sharob ichish, zino qilish, ya’ni eriga bevafolik qilish kabilar jinoyat hisoblanib, shariat qozisi yoki ajrim chiqaruvchi qoziga olib borib topshirilgan.
“Tuzuklar” da faqat bir o’rinda, ya’ni mamlakatlar, qo’shinlar va aholi ahvolidan xabardor bo’lib turish tuzugida tan jazosi va qatl etish to’g’risida ochiq-oydin yozilgan. Boshqa hollarda iloji boricha o’lim jazosini qo’llamaslik yoki uni qo’llash borasida shoshmaslik va odillik bilan ish ko’rish to’g’risida so’z yuritiladi: “Saltanat saroyining ishonchli va e’tiborli kishilari bo’lmish
vazirlar xususida shunday buyruq berdim, agar saltanat ishlarida ular xiyonat etsalar, saltanatni ag’darishga jazm qilgan bo’lsalar ham, ularni o’ldirishga shoshilmasinlar. Avvalambor ularni ayblovchi va xabar yetkazguchilarning kimligini tekshirib ko’rsinlar”1. Shuning uchun Temur vazirlarni tanlashda ularning to’rt xislatlarini e’tiborga olib, vazir etib tayinlaganligini ko’rish mumkin.
“Tuzuklar”dan ko’rinishicha, har bir chegara, shahar va viloyatga xabarchi kotiblar tayinlangan bo’lib, ularga o’z joylaridagi voqea-hodisalar haqidagi xabarlardan doimo voqif etib turish vazifasi yuklatilgan, agar bo’lib o’tgan voqea-hodisalar haqida xabarlarni yozmasalar, ularga barmoqlarini kesish yoki yolg’on xabar bersalar, qo’shinga tegishli ishlarni yashirsalar, qo’llarini kesish kabi tan jazosiga tortishga hukm etilgan.
Amir Temur adolatparvar hukmdor sifatida tuhmat yoki g’araz maqsadlarda yolg’on xabarlar orqali hech kimni jazolamaslikka harakat qilgan, bunday shaxslarning o’zi odatda qatl etishga hukm etilgan, shuningdek, mamlakatda bekorchi, ishsizlar, xususan gadoylar va tilanchilar sonini kamaytirishga harakat qilgan. Bu borada gadoylar va tilanchilar majburiy ishga jalb etilgan, agar shundan keyin ham o’z harakatlarini davom ettirsalar uzoq mamlakatlarga sotib yuborish yoki badarg’a qilish kabi jazolarni qo’llagan. Bu bilan Amir Temur mamlakatda bekorchilik va u orqali kelib chiqishi mumkin bo’lgan turli jinoyatlarga jumladan qaroqchilik, bosqinchilik, o’g’rilikka qarshi kurashganligini ko’rish mumkin: “Yo’l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlansinlarki, yo’llarni qo’riqlab, yo’lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo’ysinlar”.
Yuqoridagilarga ko’ra, Tuzuklardagi jazo siyosatini tahlil qilib, uning ijtimoiy adolat, xususan qonunga rioya etish, kezi kelganda insoniylik, gunohiga yarasha jazo tayinlash tamoyillariga asoslanganligini ko’rish mumkin.
Umuman olganda, Amir Temur davlatchilik siyosatining yangi sifatlari mamlakatning iqtisodiy-xo’jalik jihatdan tez rivojlanganligidan, shaharlar o’zining ijtimoiy qiyofasini tubdan o’zgartirib, yirik hunarmandchilik, savdo, madaniy, ma’muriy markazlarga aylanganligida, dehqonchilik madaniyati yuksak darajada taraqqiy etganligida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov asarlarida Amir Temurning Turkiston va uning tashqarisida olib borgan obodonlashtirish, bunyodkorlik faoliyati aniq tarixiy manbalar asosida tahlil qilgan. “Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston bilan chegaralanib qolgan emas. ... Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug’orish inshootlarini qurdirgan. ... Tarix – bu ko’hna dunyoda o’tgan ko’p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo’yi, bunyodkorlik bilan mashg’ul bo’lgan”.1
Amir Temurning davlatchilik siyosati deganda millatimizning moziyda ham, hozir ham dunyoga namuna bo’layotgan davlatchilik madaniyatimiz, milliy davlatchilik institutimiz bir butunligicha ilmiy tafakkurimizda namoyon bo’ladi. Ul ulug’ zot tavalludining 671 yillik arafasida milliy g’urur bilan ta’kidlaymizki, sohibqironning davlatchilik siyosati - milliy davlatchiligimiz ravnaqi yo’lida eng muhim davr hisoblanadi. Bu yillarda milliy davlatchiligimiz nafaqat chet el hukmronligi asoratidan ozod bo’ldi, balki o’z taraqqiyotining shaklan va mazmunan tamoman yangi bosqichiga ko’tarilib, hayotda butun bo’y-basti bilan, namoyon bo’ldi. Hali XIV asrning 80-90 yillarida Osiyo, Yevropa mintaqalarida bunday andozadagi, qonun va adolatga asoslangan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy- madaniy jihatlardan taraqqiy etgan, xalqaro nufuzi baland davlat yo’q edi.
Amir Temurning quvvai-hofizasida allaqachon yo’g’rilgan davlatchilik san’ati mamlakatning ichki va tashqi siyosatida butun borligicha namoyon bo’ldi. Buni eng avval davlatni idora qilish tizimida va o’tkazilgan iqtisodiy,
1 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.187.
moliyaviy, harbiy, diplomatik, madaniy kabi yo’ nalishlardagi islohotlarda ko’rish mumkin. Binobarin, bu davrda davlat boshqaruvining takomillashgan tizimi joriy etildi va unga bilimli, tadbirkor, ma’naviy komil rahbarlar tayinlandiki, bu ijtimoiy sifatlar jamiyatning barcha jabhalariga samarali ta’sir o’tkazdi, amalda tub ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Jumladan, foydali ekin maydonlari kengaydi, yangi sug’orish inshootlari barpo etildi, dehqonchilik madaniyati yuksaldi.
Movarounnahr shaharlari ijtimoiy qiyofasini o’zgartirib, Sharq me’morchilik uslubini o’zida mujassamlashtirib, obodonlashdi. Mamlakat aholisida vatanparvarlik, kasb-korga ishonch bilan kirishish kayfiyati oshdi, siyosiy-mafkuraviy jihatdan faollashishdi, milliy-ma’naviy ruhoniyat yuksaldi. Buni Amir Temur davlatni boshqarishda mamlakat aholisining barcha ijtimoiy qatlamlari vakillariga tayanganligidan, quvvai-hofiza va mashvarat bilan siyosat yuritganligidan ham bilsa bo’ladi. Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa betakror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
“Temur tuzuklari”ning davlat-huquqiy xarakteridan kelib chiqqan holda D.Logofetning Turkistonda konstitutsion hujjat g’arbiy Yevropa mamlakatlaridagiga qaraganda ilgari yuzaga kelgan, deyuvchi fikrini e’tirof etish mumkin. “Temur tuzuklari”ni o’rganish davomida uning ko’pgina tamoyillari, g’oyalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z aksini topgan, deb hisoblash mumkin.
Zamonaviy Konstitutsiyalarning ko’pchiligi ham yuridik, ham siyosiy jihatdan o’ta muhim bo’lgan qoidalarni o’z ichiga olgan qisqa muqaddima bilan boshlanadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham o’ziga xos muqaddima bilan boshlanadi. Muqaddimada xalqning Asosiy qonunni qabul
qilishdan maqsadi, orzu-umidlari namoyon bo’ladi. Sohibqiron Amir Temur ham tuzuklarni maqsadini quyidagicha bayon qiladi:
“Saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog’ladim va saltanatni boshqarish haqida qo’llanma yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodimdan bo’lganlarning har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashaqqatlar, ko’p xarbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan, tangrining inoyati va hazrati Muhammadning, unga tangrining marhamatlari va salomlari bo’lsin, tole’i baland millatining sharofati, onhazratning ulug’vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do’stligim orqali qo’lga kiritgan davlat va saltanatni saqlagaylar”.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquq va erkinliklari qat’iy intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat jihatidan ustuvor bo’lmasa, qonunlar va milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy qadriyatlar hurmat qilinmasa, demokratik huquqiy davlatni tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonun ustuvorligining mohiyati va ma’nosi shundaki, Konstitutsiya va qonun oldida barcha birday mas’uldir. Mamlakat qonunlariga jami fuqarolar, yoshi, mansabi, millati, irqi va dinidan qat’iy nazar, baravar bo’ysunmog’i ham farz, ham qarzdir.
Bu borada “Temur tuzuklari”da atroflicha to’xtalib, keng yoritilgan. Qonun ustuvorligini ta’minlash yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilganini ko’rishimiz mumkin. Amir Temur davlatining markazlashgan mustaqil davlat bo’lishida qonunning adolatli, teng qo’llanilishining o’rni yuqoridir.
“Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-tusig’i yo’k uyga o’xshaydi. Shuning uchun ham men o’z saltanatimni binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishimda uchragan har
qanday voqea va ishni to’ra va tuzuk asosida bajardim” deb ta’kidlanadi “Temur tuzuklari”da.
Amir Temur “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek davlatlarni zabt etish, davlatni boshqarish va unga zebu ziynat berishda 12 qoidaga amal qilgan.
Ushbu qonun-qoidaga amal qilinishi, unga rioya qilinishi davlatning rivojlanishida muqim o’rin tutgan. qonun-qoidaning mukammal yaratilganligi davlat hokimiyatining mustahkam va barqaror boshqarilishiga ulkan hissa qo’shgan. Ayni vaqtda ushbu qoidalarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z aksini topishi, Sohibqiron Amir Temur bobomizdan qolgan bebaho meros, deb atasak xato bo’lmaydi. Qonun-qoidalar zamonaviy ko’rinishda quyidagicha namoyon bo’ladi:
Birinchisida, Amir Temur har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlagan. Yangi Konstitutsiyamizda ham diniy munosabatlarga jiddiy e’tibor berilgan.
Toshkent Islom instituti, Toshkent Islom Universiteti, Islom ilmiy tadqiqot markazi va boshqa muassasalarning faoliyati buning yaqqol namunasidir.
Ikkinchisida, o’n ikki ijtimoiy guruhlar bilan mamlakatlarni zabt etgan va ularni idora qilgan.
Har bir fuqaroning baxt-saodati to’g’risida davlatning olib borayotgan g’amxo’rligi. Konsttitutsiyaning 18-moddasida quyidagicha ta’kidlanadi:
“O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
“Temur tuzuklari”ning uchinchi qoidasida, boshqaruvni maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik-ehtiyotkorlik, muruvvat, sabr-toqat bilan ish yurgizsh uqtirilgan.
Bizning Oliy Majlisimizning faoliyati bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu mavzuga to’liqroq ma’lumot Konstitutsiyaning 17-bobida bayon etilgan. Davlat hokimiyatini shakllantirishda, qonun-qoidalarning qabul qilinishida Oliy Majlisning har ikkala palatasi vakillari ishtirok etmoqda. Bu esa maslahat,
kengash, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik-ehtiyotkorlik bilan ish yurgizish demakdir.
To’rtinchisi, davlat ishlarini qonun-qoidalarga asosan boshqargan.
Konstitutsiyamizning 15-moddasida “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar”. Tuzuklardagi qonun ustuvorligining e’tirof etilishi, yuqoridagi misol bilan vorisiylikni yaqqol ko’ramiz. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir.
Ijtimoiy-siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega bo’lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o’zining mujassam ifodasini topadi.
Beshinchisi, amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan xushnud
etgan.
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi qonuni bilan
fuqarolarning mehnatdagi samarali xizmatlari uchun, davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlarini rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O’zbekiston Respublikasining 30 dan ortiq faxriy unvonlarini ta’sis etgan. Har yili respublikada xizmat ko’rsatgan taniqli insonlarga ushbu unvonlar beriladi.
Oltinchisi, adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini rozi qilgan.
Hozirgi kunda Konstitutsiyamiz asosida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat siyosati adolat mezoni asosida amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan siyosiy yoki iqtisodiy sohadagi erkinliklar buning namunasi hisoblanadi. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi, deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 14-moddasida.
Yettinchisi, sayyidlar, ulomayu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar va tarixchilarni tanlangan, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga qo’ygan.
Xullas, Amir Temur davlatining madaniy siyosati biz uchun alohida ahamiyatga ega. Sohibqironning tavalludiga bag’ishlab e’lon qilingan davlat hujjatlarida Amir Temur, fan va madaniyat taraqqiyoti – jamiyatning ma’naviy asosi ekanligini anglab, mamlakatda madrasalar, maktablar barpo ettirdi, ilm-fan sohiblariga nafaqalar tayinladi, qulay maishiy-turmush sharoitlarni yaratib berdi. Sharq dunyosining qaysi shahriga borsa, u yerlik olimu-fozillar bilan suhbat qilib, bahslashib, ularni Samarqandga taklif etdi. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand firdavsmonand Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, xoja Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Abdulqodir Marog’iy, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Ibn Xoldun kabi o’nlab quvvai hofizali aql-zakovat sohiblari qo’nim topib, ijod qilganlar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida faxr bilan bayon qilinganidek “tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi”.1
Birinchi bob bo’yicha quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, Movarounnahrda XIV asrning 50-60 yillarida mulkdor qatlam vakillari o’rtasida siyosiy kurash, o’zaro nizolar avj olgan edi. Amir Temur hokimiyatga kelishi bilan ular yagona markazga, hukmdorga bo’ysundirildi. Tashqaridan bo’ladigan barcha istilolalarga qat’iy chek qo’yildi. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik o’rnatildi. Movarounnahrda yana mustaqil ijtimoiy hayot boshlandi. Bu o’ta muhim siyosiy omillar jamiyatning siyosiy mustahkamlanishiga, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga asos bo’ldi. Istiqlolning butun mohiyati, maqsadi, kuch-qudrati ham shunda. Faqat istiqlol ruhi bilan mulku-millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz2 degan da’vatga Amir Temur va temuriylar davrida qat’iy rioya qilindi.

1 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.188.


2 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B.169.
Ikkinchidan, mustaqil Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy yuksalishida Amir Temur davlatida amalga oshirilgan harbiy, iqtisodiy-xo’jalik, moliyaviy, madaniy v.b. islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqillik hayotiy zarur islohotlar asosida mustahkamlanadi. Binobarin, ular jamiyat va xalq manfaatlariga qaratiladi. O’sha davrda Movarounnahrda Amir Temur davlatining bosh islohotchi vazifasini bajardi va hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etdi. Agar ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar keng xalq ommasi manfaatlariga qaratilmas ekan, uning ahamiyati, natijalari ham chegaralangan bo’ladi. Bu davrda Movarounnahrda ishsizlikning bo’lmaganligi, barcha aholi ma’lum bir kasb bilan mashg’ul bo’lganligi, ularning turmush sharoiti tubdan yaxshilanganligi, davlatning ichki va xalqaro nufuzi oshganligi – islohotlarning muvaffaqiyatidir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov faxr bilan ta’kidlaganidek “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi.... Amir Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni barpo etdi”.1

1 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild. – Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 342.



Download 174,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish