Amir temur davlatidagi ijtimoiy adolat


Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi kundagi



Download 174,87 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi174,87 Kb.
#915329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amir Temur davlat boshqaruvi tizimida sud-huquq

Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi kundagi


ahamiyati
Amir Temur saroyida bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo “Amir Temurning otasi chigatoylardan bir aslzoda edi. Lekin u sarvat egasi va badavlat bo’lmasdan, yonida 3-4 otliqdan boshqa (ortiq ) askari bo’lmas edi. Kesh yaqinidagi bir qishloqda yashar edi. Zero, chig’atoylarning eng baobru kishilari qishloqda yashashni shaxarda yashashdan afzal bilardilar” , - deb yozadi. Barcha temuriylar solnomalarida anglashilishicha, Taragay kamtar va takvodor kishi bo’lib, ko’pincha ulamolar va shayxlar bilan suxbat qilardi. Garchi u barlos qabilasi oqsoqoli bo’lsada, tashkiliy ishlar qarindoshi Amir Xoji bin Buraglining qo’lida edi. Shu bilan birga, Amir Tarag’ay nafaqat barloslar nazdida emas, xatto butun chig’atoy ulusida e’tiborli bir amir edi. Sh.A.Yazdiy va boshqalar Chig’atoy Xoni Tug’luq Temurning to’rt amiridan biri bo’lgan Amir Hamidiy Qurulqut xaqida “Amir Tarag’ayning qadrdon do’stlaridan edi” Amir Hamidiy Qurulqut Qashqar va Sharqiy Turkistondagi nixoyada mu’tabar va taniqli amir edi. Amir Temurning singillaridan Shirin Big (Beka) Og’a Mueyyed Arlatnnig nikoxida edi. Bu amir Xurosondagi Arlat qabilasidan edi. Amir Temurning yana bir singlisi Qutlug’ Terkin Og’a Amir Sulton Dug’lat bilan turmush qurgandir. Bu dug’latlar ham, Sharqiy Turkiston Qashqar atrofi va Issiqko’l atrofidagi mo’’tabar amirlar edi. Amir Temurning ilk uch xotinidan biri Turmush Og’a Qaralg’an, extimol, Qatag’on qabilasidan bo’lib, bular Balx atroflarida istiqomat qilardilar.
Shunday qilib, ma’lum bo’ladiki, Amir Temur va oilasi, Amir Tarag’ay va Qazag’ayga qadar, g’arbiy va sharqiy Turkiston, Xuroson va bugungi Afg’onistondagi mashxur qabilalarning eng xurmatli kishilari bilan qudalik, qarindoshlik munosabatida bo’lganlar.
Yana bir ahamiyatli qayd shudir: “Amir Temurning ota-bobolari faqatgina Kesh (Xozirgi Shaxrisabz) da emas, Shosh (Toshkent)” atrofi va Chag’oniyonda ham shoxona “inju” , ya’ni xususiy yer egasi edilar. Va tarxon ekanliklaridan xirojdan ozod edilar. Boshqa xolatdan anglashiishicha, Barlos umarosi va
xususan, Temurning o’zi ham yuqori Xorazmda Xaq soxibi edilar. Masalan, Temur davlatining eng nufuzli kishilaridan Amir Sayfiddin Nukuz va ukasi Olloxdod Nukuz shular jumlasidandir.
Manbalarda zikr etilganidan anglashilishicha, Amir Tarag’ay kamtar shaxs bo’lib, siyosiy ishlar bilan qiziqmas edi. Barlos urug’ining bekligini esa, amakisi Amir Xoji bin Buragliga bergan edi. G’arbiy Chig’atoy ulusida beklar Temurdan oldin barloslar va jaloyirlar qo’lidan Qaranauslar (u qadar mu’tabar (hurmatli) bo’lmagan qabilalar aralashuvi bo’lib, Amir Qarag’an ham shulardan edi) qo’liga o’tgan.1 Shu sababli (Amir Temur va ) Amir Tarag’ay va birodarlari Sharqiy va G’arbiy chig’atoy ulusining siyosiy xayotida nixoyatda muxim mavqega ega edilar. Amir Qazag’an va nevarasi Amir Xusayndan so’ng, bu ulusda xokimiyat tabiiy ravishda barloslar va ularning amiri Amir Temur qo’liga o’tdi. Zeroki, Barloslar shaxsan Chingizxonning tayiniga ko’ra, chig’atoy ulusidagi to’rt minglikdan to’rtinchisi bo’lib, (Ibn Arabshoxning fikriga ko’ra) xisoblangan2 bo’lsa, bu ushbu qabilaning xuquq va sharafiga tajovuzi deb xisoblanishi kerak.
Amir Temurning dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan birini barpo etganligi, harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganini anglab yetish davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchilarning, arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Ularning ko’lami to’g’risida umumiy tasavvur

1 Milodiy XIV- asrning boshlarida Chig’atoy ulusi xukmdorlari xam Ilxanli va Jo’ji ulusi xukmdorlari kabi lozim bo’lganida yoki xonlarning mo’tabar qabilalarning amirlari bilan ixtilof paytida bu tartibsizliklarga dosh bera olish uchun “Mo’tabar qabilalardan tuzilgan qo’shin” tuzishni so’raganlar. Bu (metis, aralash) qo’shin Qaraunas nomi bilan mashxur bo’lib, Amir Qazag’on va Nevarasi Amir Xusaynning xam tayanchi ana shu qaraunaslar edi. Xattoki, Amir Qazag’onning o’zi xam, nevarasi Amir Xusayn singari , qaraunas deb xisoblanmoqda edi. Amir Qazag’onning qabilasining nomi Musaviyning “Asaxx ut - tavorix”ida (Istanbul, Yangi Jomiy (Yeni Jami) nusxasi) Tebit va Istambul fotix kutubxonasidagi Sh.A.Yazdiyning “Zafarnoma”sida xam Tebit shaklida yozilgandirki, Movarounnaxrda Chig’atoy amirlaridan bittasining bu qabila bilan Qaraunas o’rnida As qabilasi zikr etilgan bo’lib, kelib chiqishi jixatidan turk yoxud mo’g’ul bulmasdan, ruslar xam bu asarlar bilan birga Xitoydagi mo’g’ul qo’shinidan joy olganlar (“Живая старина” jurnali, Peterburg, 4, 1982 , 65-sahifa; E.Bretschneider, Meglevel Rescarches from Eastern Asiatuc Sources, 11,78,84)


2 Ibn Arabshox Amir Tarag’ayni shu sababdan “Insonlarning to’rtinchisi” deb xisoblagan bo’lishi mumkinligi kabi, Amir Temurga bo’lgan dushmanligi bois uning otasini “to’rtinchilari itlaridir” deb ko’rsatgandir.
uyg’otuvchi bibliografik tadqiqotlar fikrimizga dalildir.1 Jumladan, E.V. Rtveladze, A.X. Saidov jahon miqyosida Temur tarixini o’rganilganlik darajasini aniqlash borasida izlanishlar olib borib, “Amir Temur dunyo fani ko’zgusida” nomli bibliografik asar chop etdilar2. Undagi ma’lumotlarga ko’ra, Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 dan ko’pdir. Bu asarlarda Amir Temur shaxsi va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga turli baholar berilgan3. Asrlar osha Amir Temur goh qattiqqo’l va zulmkor, goh adolatli va talabchan hukmdor sifatida talqin etib kelingan. Bu kabi turli baholarning paydo bo’lishiga Amir Temur shaxsiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda yozib qoldirilgan ko’plab manbalar sabab bo’lgan. Xususan, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi mualliflar o’z asarlarida Amir Temurning davlatni adolatli boshqargani, xalq va davlat manfaatlari yo’lida keng ko’lamli siyosat yuritgani va boshqa xislatlarini yozib qoldirgan bo’lsa, Ibn Arabshoh “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli asarida Amir Temur va uning faoliyatiga salbiy baho berib o’tgan.
1Темур ва Улуғбек даври тарихи. – Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1996. – Б.264.; Амир Темур жаҳон тарихида / Иш раҳбари С.Саидқосимов. – Т.: Шарқ, 1996. – Б.296.; Алимов Р.А. Соҳибқирон Амир Темур (Методик тавсиянома). – Т.: 1995 ва бошқалар.
2 Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – Т.: Издательский дом Мир экономики и права, 1999. – С.352.
3 Грановский Т.Н. Сочинения. М., 1866. Часть I; O’sha muallif. [Тимур] / Полное собрание сочинений. – СПб., 1905. Т. I. – С.341-359; Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. СПб., 1898. Ч. I.; Ўша муаллиф. Народное движение в Самарканде 1365 года / Записки Восточного отделения русского археологического общества. – СПб., 1907. Т XVII. – С. 1-19; Ўша муаллиф. О погребении Тимура // Записки Восточного отделения Русского археологического общества. – Пгр., 1916. Т. XXVII. – С.1-32; Ўша муаллиф. Географический очерк Мавераннахра // Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. – М., 1963. Т. I.; Ўша муаллиф. Бартольд В.В.Улугбек и его время // Бартольд В.В. Соч.
– М., 1964. Т.II.Ч.2. – С. 25-174; Абдураимов М.А. Обзор литературы, посвященной Тимуру и тимуридам, изданной в Узбекистане в 60-х годах // История СССР. – М., 1973. – № 5. – С. 47-51; Ўша муаллиф. Темур ва Тўхтамиш. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2000; Якубовский А.Ю. Самарканд при Тимуре и тимуридах. Очерк. – Л., 1933; Ўша муаллиф. Государство Тимура / История Узбекской ССР – Т., 1955. Т. I. кн 1. – С. 313-334; Греков Б.Д., Якубовский А.Ю. Золотая Орда и ее падение. – М.-Л., 1950 va boshqalar.
Sovet davrida temurshunoslikka1 salbiy ta’sir ko’rsatgan omillardan biri Fridrix Shlosserning (1776–1861) “Butun dunyo tarixi” asaridir. F. Shlosser Amir Temurga “baxtli jangchi, jahonning yangi istilochisi... shu bilan bir qatorda olisdagi Sharqning qonun chiqaruvchisi edi. Osiyodagi kamyob bo’lgan taktik hamda strategik bilimlarni o’zlashtirib, u yerdagi to’dalarni o’ziga jalb qildi”, – deya tavsif beradi. Shuningdek, olim Sohibqiron Amir Temurning adolatli qonunlarga asoslangan davlat asoslarini barpo etganligini yetarli baholamay, uni “minglab odamlarni qirar edi”, – deb, vahshiy va zolim hukmdor sifatida talqin etdi. F.Shlosser ushbu asarda o’z fikriga qarama-qarshi o’laroq “U yurishlardan tez-tez Buxoro va Samarqandga qaytar, o’zining yangi saltanatida tuzuklar hamda qonunlar e’lon qilar edi. Mazkur qonunlar to’plami uning amri bilan amalga oshiriladigan dahshatlar, vayronagarchiliklarga mutlaqo qarama- qarshi tarzda edi”2,  degan fikr mulohazalarini ham bildirgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, kommunistik mafkura asoschisi K.Marks F.Shlosserning Amir Temur haqidagi salbiy fikr-mulohazalarini so’zma-so’z ko’chirib olish3 vaqtida “Temur o’zining yangi podsholigiga mamlakatni qurish tizimlari va qonunlarni berdi, bular uning buyrug’i bilan askarlari tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklar va yovuz vayronagarchiliklarga o’ta zid edi”4, – kabi ijobiy fikrlarini e’tibordan chetda qoldirgan edi.
Mustabid sho’ro davrida K.Marks, F.Engels va V.I.Leninning asarlari barcha ilmiy tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qilar, ulardan iqtiboslar keltirilar hamda shunga monand qarashlar rivojlantirilar edi. “dohiy”lar tomonidan yaratilgan “sinfiylik” nazariyasi ham Amir Temurni “ekspluatator”, “ezuvchi”, “bosqinchi”, “kallakesar” sifatida talqin etishni taqozo etar edi.

1Лунин Б.В. История культуры и искусства времени тимуридов в советской литературе. Библиографический указатель // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1969.– № 8–9. – С.101- 145.


2 Темур ва Улуғбек даври тарихи. – Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1996. – Б. 28-29.
3 Маркс К. Хронологические выписки / Архив Маркса и Энгельса. – М.: Госиздат, 1939. Т.VI. – С. 184- 185.
4 O’sha joyda.
Ana shu tariqa manbalardagi ziddiyatli baholar, sovet davrining “sinfiylik” nazariyasi Amir Temur faoliyatini xolis yoritishda murakkabliklar tug’dirdi. Buning ustiga chekka o’lkalarning buyuk davlatchilik tarixini o’rganish mustabid SSSR manfaatlariga zid bo’lib, “bu o’lkalarda mustaqil va kuchli davlatlar bo’lmagan”, – degan fikrlarni singdirish asosiy masalalardan biri sifatida qo’yilgan edi.
Amir Temur hukmronligi davrida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg’unlashtirilgan, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlik o’rnatilgan. Davlat boshqaruvining muhim sohalaridagi faoliyat ana shu maqsadlar yo’lida tashkillashtirilgan hamda chiqarilgan qonunlar o’z vaqtida ijrosini topgan. Buning natijasida Amir Temur davlatida ilm-fan, ma’naviyat, me’morchilik va san’at beqiyos darajada rivoj topdi va fanda bu haqli ravishda ikkinchi Uyg’onish davri deb talqin etildi.
Ingliz olimasi Xilda Xukxem Amir Temur o’z yurtida davlatchilik va madaniyat an’analarining davomchisi bo’lganligini, X-XI asrlarda tabobat, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tarix, arab va fors tili, adabiyot bo’yicha benazir asarlar yaratgan buyuk allomalar vatanidan yetishib chiqqanligini, mazkur allomalarning yirik asarlari bir necha yuz yillar davomida Yevropadagi Uyg’onish davriga katta ta’sir ko’rsatib, unga poydevor bo’lib xizmat qilganligini1 haqqoniy ravishda aytib o’tgan.
Umuman olganda, Amir Temur davlati o’zbek davlatchiligi tarixining eng rivojlangan bosqichini tashkil etadi. Saltanatda barcha sohalarda tub burilishlar, yuksalishlar kuzatilgan. Taraqqiyot uchun xizmat qilgan Amir Temur faoliyati bilan bog’liq tarixiy qadriyatlar allaqachon umuminsoniy qadriyat darajasiga yetib ulgurgan.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “Amir Temur bizning sha’n - shavkatimiz, g’urur-iftihorimizdir. Amir Temur-xalqimiz dahosini timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir”,  deya alohida ta’kidlashiga
1 Хукхэм Х. Властитель семи созвездий / Пер. с англ. Г.Хидоятова. – Ташкент: Адолат, 1995. – С. 17.
tarixda katta dalil va asoslar mavjud. Shuningdek, “Amir Temur-shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o’zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug’lash-tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib buyuk kelajagiga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.
Amir Temur davlatchiligining markazida xalq va davlat manfaati, inson omili turgani bois, bu davrda shakllangan siyosiy udum va an’analarning ijobiy jihatlaridan bugungi kunda ham keng foydalanish xalqning farovon turmushini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur davrida shakllangan davlat boshqaruvi asoslarining tub negizini tahlil etish, uning taraqqiyotiga zamin yaratgan omillarni tushunib yetish bugungi kunda ulardan ijodiy foydalanishda dolzarb ahamiyatga ega. Shu boisdan Amir Temurning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei, bu davlatning o’ziga xos xususiyatlari, mavjud ijtimoiy tizimni to’laqonli ochib berish muhim masaladir.
Shuningdek, Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, qurultoy, mansab (lavozim) va unvonlarning davlatchilik asoslarini mustahkamlashga ko’rsatgan ta’sirini tahlil etish alohida dolzarblik kasb etadi.
Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimini yaxlit holda tadqiq etish, ularning davlatchilik taraqqiyotidagi o’rnini ko’rsatib berish ham muhim masala sanaladi.
Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari, o’ziga xos xususiyatlari, yozishma maktublar va ularning davlat taraqqiyotidagi o’rnini ochib berish, barcha bo’limlar, boblar yuzasidan muhim xulosa va tavsiyalar berish hamda ulardan foydalanish ko’lamini kengaytirish bugungi kunda katta ahamiyatga ega dolzarb masalalaridan biridir.
Mustaqillik yillarida temurshunoslikni o’rganish, uning manbashunosligini nafaqat asliyatda, balki boshqa tillarda ham chop etishda jiddiy ishlar olib borgan A.O’rinboev, H.Karomatov, A.Ahmedov, O.Bo’riev,
H.Bobobekov, A.Saidov, H.Boboev, A.Quronbekov, Z.Muqimov, A.Berdimurodov singari zahmatkash olimlarimiz ham ilmiy tadqiqotlar yaratdilar va tarjimalarini e’lon qildilar. O’zbekston xalq yozuvchisi P.Qodirovning bu boradagi sermazmun maqola va esselari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash zururkim hozirgi kunda ham Fransiya va Rossiya davlatlarida temurshunoslik ilmiga qiziqish kamaygan emas. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar tarixiy muammolari fransuz tarixchi olimlarining faoliyatidan maxsus o’rin olgan bo’lib, fransiyada temurshunoslikni o’rganishning mustaqil bir maktabi keng faoliyat olib bormoqda.
Sovet davrida aksariyat hollarda Amir Temur faoliyati salbiy jihatdan talqin etilishiga qaramay xorijiy Sharq va G’arbda bu mavzuga oid haqli, ob’ektiv tadqiqotlar olib borilgan1. Bu borada g’arb olimlarining Amir Temur

1 Aercke K. Au tirioir des peurs occidentals / Samarkande 1400–1500. – Paris, 1995. – Pр. 55-72; Ahmad Hasan Dani. Timur leogacy / Pakistan Academy of letters. – Islamabad, 1996; Alexandrescu–Derca M. M. La campagne de Timur en Anatolie 1402. – Bucuresti, 1942; Aka Ismail. Mirza Sahruh zamanindа (1405–1447) timurlularda imar faaliyetleri / Belleten 1984. XLVIII. – S.189–190, 285-297; Ўша муаллиф. Timur’un Ankara savasi (1402). Fetihnamesi / Türk tarih Kurumu. Belgeler. Turk tarih belgeleri dergisi, 1986. – S. 15, 1-22; Ўша муаллиф. Timur’un ölümünden sonra Guney Iran’da hakimiyet mucadeleleri atsiz armagani. – Istanbul, 1976. – S.3-15; Ўша муаллиф. Timur’un ölümünden sonraki hakimiyet mucadelerini kisa bir bakis / DTC. Fakültesi, cumhuriyetin 50 yildönü Münü Anma kitabi. – Ankara, 1974. – S. 383-390; Ўша муаллиф. Timur devri Anadolusu / Osmanli. –Ankara, 1999. I cilt. – S.229-234; Amarger P., Laffont K. La fureur des tartares. – Paris, 1996. – 358 p.; Amoretti B. S. Religion in the timurid and safavid periods / The Cambridge history of Iran. –The Cambridge University Press. 1986.VI. chapter 12.– Рр. 610-656; Andrews P. A. The tents of Timur: an examiniation of report on the quriltay at Samarkand, 1404 / Art of the European steppe land. ed. P. / Denwood – London, 1978. – Pp. 143-181; Boniville G. de. La terrible vengeance de Tamerlan / Melanges de l’ Universite Saint – Josseph Beirut, 1975–76. XLIX. – Pр. 803-817; Bozkurt M.E. Aksak Temur’un develof politikas. – Istanbul, 1943. – 47 p.; Bouvat L. Timur lang / EI. Encyclopaedia Islam. 1934. Vol. 4. – Pр. 777-779. Brent– Barbara. A carpet and related pictures. A legasy of Timur’s Samarqand / Oriental Art. 1984. XXX. № 2. – P. 186; Bretschneider E. Notice of the medieval geography and history of Central end Western Asia. Drawn from Chinese end Mongol writings, end compared with observations of western authors in the middle ages. – London, 1877. – 233 p. 2 maps; Brion M. Tamerlan: Presentation de Tamerlan par M. Brion; texts de Tamerlan: Ibn Arabchah, Cheref ed–din, Ibn Khaldoun, l’ archeveque de Sultanieh, l’ ambassadeur Clavijo. Le merechal boucicant. – Paris, 1963. – 382 p.; Capus G. A travers le Royaume de Tamerlan. Paris, 1892. – 434 p.; Chaghtai


A. Indian links with Central Asia in in architecture / Indian Art and letters London, 1937. XII. – Pр. 85-104; Dizer M. Ulugbeg. Ankara. 1989. – 98s.; Ferrier R. Trade from the –14 th Century to the end of the safarid period / The Cambridge history of Iran. -The Cambridge University Press. 1986.Vol. VI. – Pр. 412-491;
saltanati haqidagi ancha xolis tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ular orasida Fransiya Yevropa temurshunosligining yirik markazlaridan biriga aylanib borayotganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu yerda “Temuriylar davri tarixi, san’atini o’rganish va fransuz-o’zbek madaniy aloqalari Uyushmasi1” faoliyat yuritmoqda. Bu uyushmaning va Fransiyada chop etilayotgan “La Timuride” jurnalining faoliyatiga L. Keren rahbarlik qilmoqda. Ushbu jurnalda Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qator ilmiy ishlar muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda2.
Jumladan, Lyusen Keren3 ko’plab tadqiqotlarida Amir Temurning tarixdagi buyuk xizmatlari, uning davlatida adolat va qonun ustuvorlik qilganligi, “rahbar bo’lishdek tug’ma, ammo aqlga sig’maydigan tabiiy va sinoatli xislat sohibi”4 bo’lganini manbalardagi ma’lumotlar, tarixiy faktlar orqali ochib bergan. Uning tadqiqotlari ilmiy ommabop xarakterga ega.

Fourniau V. Histoire de I’ Asie centrale. Paris, 1994. – 128 p.; Frenet F. La ville, de Cyrus a Tamerlan / Samarcande 1400–1500. Paris, – Pр. 74-82; Haider M. The sovereign in the timurid state (XIV–XV sentuires) // Turcica. 1976. VIII. 2. – Pр. 57-79; Haidar M. Timurlar davlatinde hakimiet аnlayisi (XIV– XV yuzyillar) Cev.Ehrem Memis.Turk kulturi, 1984. XII. – S. 611–632; La Renessans Timouride. – Paris, – 224 p.; Halil Inalchik. Osmanli tarihine toplu bir bakis. Osmanli. – Istanbul, 1999. 12 ciltlik. I cilt. – S. 69-70; Hookham H. Timurlaine the concueror. – London, 1962; Kennedy E. The exact sciences in timurid Iran / The Cambridge history of Iran. –The Cambridge University Press. 1986.Vol. VI. – Pр. 568-581; Lentz T. Lowry G. Timur and the princely vision. Persian art and culture in the fifteenth centure. – Washington, 1989. – 396 p; Leomu F. Tamerlan. – Paris, 1996. – 354 p. and others.


1 Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция. – Тошкент: Адолат, 1996. – Б.15.
2 Beaupertius – Bressand F. L’art des jardins a son apogee ou splendeur des jardins de Samarkand // La Temuride. –Paris, 1990. – № 4. – Рр.7-8; Ўша муаллиф. Festivites timurides // La Temuride. – Paris, 1996. – №
16. Рр. 2-3; Jardins Timurides // La Temuride. – Paris, 1991. – № 5. – Рр. 10; Szuppe M. Le Khorassan et I’Fsia centrale aux XIV–XVIe siecles: aspects de l’unite culturelle et politique // La Timuride. – Paris, 1995. –
№ 14. – Рр. 8-15;
3 Kehren L. Tamerlan, le Seiqneur de fer, Neuchatel, 1978. – 260 p.; Ўша муаллиф. Tamerlan. Paris: Payot, 1980; O’sha muallif. Tamerlan et Byzance // La Timuride. – Paris, 1994. № 13. – Pр. 3-6; Керен Л. Амир Темур салтанати. Француз тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи Б. Эрматов. – Тошкент: Маьнавият, 1999. – 224 б. Va boshqalar.
4 Керен Л. Амир Темур салтанати... – Б. 169-170.
Fransuz temurshunoslaridan Jan-Pol Runing Amir Temur va uning faoliyatiga oid “Tamerlan”1 deb nomlangan ulkan tadqiqoti haqida alohida to’xtalib o’tish joiz. Jan-Pol o’z tadqiqotida Chingizxon va uning avlodlari, Sohibqironning hokimiyat tepasiga kelishi, davlat tuzishi, Eron, Oltin O’rda, musulmon davlatlari bilan munosabatlari va boshqa tarixiy jarayonlarni to’liq ochib berishga intiladi2. Unda Amir Temurning o’z davridagi jamiyat hayotida tutgan o’rni, din, madaniy hayot, davlat va jamiyat o’rtasidagi aloqalar kabi masalalar umumiy holatda talqin etilgan.
Kembrij Universiteti olimlari tadqiqotlarining Eron tarixi bilan bog’liq qator jildlarida3 ham Amir Temur davriga oid bir qancha tahlillar mavjud, ammo ularda davlat boshqaruv masalalari yechimiga alohida e’tibor berilmagan.
Tadqiqotchilar orasida Beatris Forbes Mantsning temuriylar davlati boshqaruvini o’rganishga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash joiz4. U Amir Temur davlat tepasiga kelishidan avval Chig’atoy ulusida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va etnik o’zgarishlar, Amir Temur davlatining ma’muriy boshqaruvi xususida qisman fikr-mulohazalar bildirib o’tgan.
Bu borada g’arbda salmoqli izlanishlar olib borgan olimlardan biri yana biri Xilda Xukxemdir. U Amir Temurning shaxsi va faoliyatini xolisona tadqiq etishga harakat qilgan. Xilda Xukxem asosan Amir Temur faoliyatini umumiy tarzda yoritish bilan cheklanib, uning davlat boshqaruvini tadqiq etmagan.
1 Жан–Поль Ру. Тамерлан / Пер с. фр. Е.А.Соколова. Послесл.В.Л.Егорова; – М.: Молодая гвардия, 2004.
2 Жан–Поль Ру. Тамерлан ... – С. 20-279.
3 The Cambridge history of Iran. – Cambridge, 1970. Vol.2. – Pр. 586-587; The Cambridge history of Iran. – Cambridge, 1986. V.6. Chapter 7; The Cambridge history of Iran. The timurid and safarid period. – The Cambridge University Press. 1986. Vol. 6. – Pр. 42-14; Timur’s invasion. The Cambridge history of India. – – The Cambridge University Press. 1987. Vol.VIII. – Pр. 195-201.
4 Manz Beatrice Forbes. Adminstration and the delegation of Authority in Temur’s Dominions // Central Asiatic Journal. 1976. – № XX. – Pр. 191-207; Ўша муаллиф. The Ulus Chagatay before and after Temur’s rise to power // Central Asiatic Journal. 1983. № XXVII. – Рр. 79-100; Ўша муаллиф. The rise and rule of Tamerlane
/ Cambrige University Press, 1989.
O’zbekistonda ham Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis o’rganish, targ’ib qilish mustaqillikka erishilgandan so’ng keng miqyosda amalga oshirila boshladi. O’tgan yillar davomida Amir Temur va uning davriga bag’ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Halim Boboev tomonidan Amir Temur va temuriylar davridagi siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi tadqiq etildi. Unda davlatni idora qilish tadbirlari, kengashlari, vazirlar va amirlarni joy-joyiga qo’yish, sipoh, Amir Temurning qarashlari va boshqalar xususida to’xtalib o’tilgan. H. Boboev asosan mavzuning huquqiy asoslarini ochib berishga intilgan, Ushbu tadqiqotda esa ijtimoiy-siyosiy yo’nalishlar tahlil etilgan.
A.A. To’laganov tomonidan “Amir Temurning o’zbek davlatchiligining rivojlanishida tutgan o’rni va mavqei (“Temur tuzuklari”) misolida” mavzusidagi tadqiqot amalga oshirildi. U “Tuzuklar”ning yaratilish tarixi, uning Movarounnahrdagi siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini o’rganishdagi ahamiyati, Amir Temurning davlatni idora etishga oid tamoyillari, tadbirlari va tashkil etilgan davlat kengashlarining davlatchilik tarixidagi o’rni masalalariga e’tibor qaratgan.
Ziyodulla Muqimov olib borgan ilmiy ishda esa O’zbekiston tarixining VIII-XIX asrlariga oid tarixiy-huquqiy manbalari va ularning yuridik qimmatiga huquqshunoslik nuqtai nazaridan baho berilgan.
Tarixchi olim Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchiligi tarixi” asarida ham Amir Temur saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi borasida to’xtalib o’tilgan1. Tadqiqotchi Amir Temurning markazlashgan davlat qurishi davriga oid tarixiy jarayonlarni qisman tahlil etgan.

1Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. – Т.: Sharq, 2000. – B. 368.


D. Abidjonova ingliz ilmiy adabiyotida Amir Temur davrining tarixshunosligi masalasi bilan shug’ullandi1. Bu tadqiqot ham mavzuni ingliz tarixshunosligi ko’lamida kengroq tahlil etishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik davrida yaratilgan tadqiqotlar orasida X. Mamatovning ishini ham alohida ko’rsatib o’tish joiz. Unda “Temur tuzuklari”ning yaratilishi va o’rganilishini tadqiq etish orqali Amir Temur davlatining tashkil topishi, taraqqiyoti, uning siyosiy qarashlari shakllanishiga tasavvuf ta’limotining ko’rsatgan ta’siri, davlat boshlig’i to’g’risidagi mulohazalari, bu davrdagi davlat boshqaruvi va xizmati, qonunchilik hamda huquqiy tartibot masalasiga keng to’xtalib, mavzuning yuridik mohiyati ochib berilgan2.
Tadqiqotchi S. Xidirov esa o’z tadqiqotida Amir Temur davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, bu davr g’oya va mafkura, ularning davlat boshqaruviga ta’siri, amaldagi davlat boshqaruv shakli, xalqaro munosabatlar huquqi borasida izlanishlar olib borgan3.
B.A.Usmonov “Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi”4 nomli ilmiy ishida mavzuning rus tarixshunosligi masalasi keng tahlil etilgan.
Bulardan tashqari, B. Ahmedov, A. O’rinboev, D. Yusupova, A. Ahmedov, U.Uvatov, O.Bo’riev, B. Mannonov kabi ko’plab olimlar Sharqshunoslik instituti fondida, chet el kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan Amir Temur davriga oid birlamchi manbalarni o’zbek va rus tillariga o’girish bilan birgalikda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib bordilar va noyob ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritdilar.
1 Абиджонова Д. С. Маверауннахр эпохи правления Амира Темура в англоязычной историографии 60-90- х годов ХХ в.: Автореф. дисс канд. ист. наук. – Т.: Институт истории АН РУз, 2001. – C.26.
2 Mamatov X.T. “Temur tuzuklari”da davlat va huquq masalasi: Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. – Т.: IIV Akademiyasi, 2002. – B.156.
3 Xidirov С. Amir Temur davlatining tashkil topishi va davlat tuzumi: Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. – Т.: IIV Akademiyasi, 2002. – B.178.
4 Usmonov B.A. Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatining Rossiya tarixshunosligida yoritilishi: Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. – Т.: O’ZFA SHI, 2004. – B.165.
Shuningdek, mustaqillik yillarida qator olimlar tomonidan Amir Temur va uning faoliyatiga bag’ishlab bir qancha salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaratildi va katta ishlar olib borilmoqda1. Bu ishlar orasida “Amir Temur jahon tarixida” deb nomlangan yirik fundamental tadqiqotni ham alohida ta’kidlab o’tish joiz. Unda Amir Temur davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid qimmatli tahlillar, davlatchilik tarixiga oid ba’zi ma’lumotlar berilgan2. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 avgustdagi farmoyishi bilan bu ulkan tadqiqot to’ldirildi va 2001 yilda qayta nashr etildi3.
Rossiyada ham Amir Temur davri tarixi va madaniyatiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. Tarixiy voqealik hamda haqiqatni aniqlash borasida mashhur tarixchilar bilan bir qatorda yosh olimlarning ham ilmiy tadqiqotlar olib borayotganliklari quvonarli holdir. Bu borada rossiyaning samara viloyati, koshki qishlog’idagi maktabning bitiruvchi sinf o’quvchisi Mixail Arnoldovning buyuk bobokolonimiz Amir Temurning 1391 yilda oltin o’rdaning istilochi xoni to’xtamish bilan jangi bo’lib o’tgan joyni aniqlash masalasiga bag’ishlangan maqolasi, ayniqsa diqqatga sazovordir.
Uning bu mehnati Rossiyada nufuzli hisoblangan “Наука и жизнь” jurnali tomonidan e’lon qilingan tanlovda birinchi mukofot bilan taqdirlanib, 2004 yilning 4-sonida chop etildi. Mazkur maqolada yosh tarixchi yuqorida qayd etilgan jangning joyini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar natijalarini keltirish bilan birga ushbu tarixiy voqeaning rossiya xalqlari taqdirida olgan o’rni va umuman, o’quv adabiyotlarida ushbu mavzuning yoritilishi xususida fikr- mulohazalari bilan o’rtoqlashadi.
1Амир Темур жаҳон тарихида / Иш раҳбари проф. С. С. Саидқосимов. – Тошкент: Шарқ, 1996; Аҳмедов Б. Амир Темурни ёд этиб. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996; Амир Темур ва унинг дунё тарихида тутган ўрни. – Тошкент: Фан, 1996; Бобоев Ҳ. Б. Амир Темур ва унинг қарашлари. – Тошкент: Адолат, 1992; Бўриев О. Амир Темур даврида Мовароуннаҳр ва Мўғулистон муносабатлари // Шарқшунослик. – Тошкент, 1996. – №7.– Б.37-44; Бўриев О. Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997; Керен Л., Саидов А. Амир Темур ва Франция ва бошқалар.
2 Davlat boshqaruvi/Amir Temur jahon tarixida – Т.: Sharq, 2000.– B.64-69.
3 Amir Temur jahon tarixida / To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri. – Т.: Sharq, 2001. – B.304.
Xullas, salohiyatli davlat arbobi, shavkatli harbiy sarkarda amir temur jahon xalqlari tarixida ulkan iz qoldirgan tarixiy shaxs sanaladi. O’tgan o’rta asr davrlaridan tortib, to hozirgi kunlarimizgacha uning shaxsiga qiziqish hech qachon pasaygan emas. Mag’ribu mashriqning tarixshunlari, so’z san’akotrlari uning siymosini chizishga, fenomeni sirlarini ochishga intilaveradilar.

XULOSA


Amir Temur mamlakatda hukmdor chiqargan buyruq va qarorlar faqat uning ixtiyorida bo’lishi kerak deb hisoblagan va o’zining boshqaruv faoliyatida bu qoidaga amal qilgan. Bizningcha, ushbu davlatchilik ta’limoti davlat hokimiyatini amalga oshirishning eng muhim usullaridandir.
Hukmdor o’z siyosiy mavqeini saqlab qolishi uchun uning adolatli va komil inson bo’lishi yetarli emas, maqsadga erishish uchun uning atrofidagi mansabdorlar ham o’z kasbining ustasi, fidoyi va halol bo’lishlari kerak.
Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar va sipohiylar vositasida davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng katta yutuqlaridan biridir.
Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga intilgan. U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”1, - deb ta’lim bergan.
Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy hatti-harakati ham ommaga tez ta’sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak bo’lganligini ko’rsatadi.
Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z xodimlariga bo’lib berish, ammo ularning ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan. Bundan Amir Temurning mamlakat ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish mumkin. Uning fikriga ko’ra “saltanat ishlarini ishonchli va mo’tabar bir necha kishiga bo’lib berish lozim. Shunda har biri o’z ishiga bog’lanib, saltanat taxtiga ko’z olaytira olmaydi”2. Bundan Amir Temur o’sha davrdayoq hokimiyatning bo’linish tamoyili boshqarishni tashkillashtirishning maqbul
1 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.86.
2 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.86.
usullaridan ekanini anglab yetgani, uning davlatchiligida ana shunday kurtaklar mavjud ekanini anglash mumkin.
Har taraflama mustahkam, qudratli davlatni barpo etish uchun albatta bilimli, yuksak ahloqiy sifatlar egasi, nozikta’b, sezgir, tezkor, mushkul vaziyatlarda ham o’z maqsadini amalga oshiradigan tadbirkor, nizo va kamchiliklarni bartaraf eta biladigan, insonning ruhiyatini anglay oladigan, boshqaruv ilmi egasi bo’lgan irodali, kuchli shaxs davlatni boshqarishi talab etiladi. Amir Temur o’z davrining ana shu talab va ehtiyojlariga javob bera olgan davlat arbobi edi. U davlat boshlig’ini davlat va xalqning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishdagi asosiy vositachi deb bilgan. Yaxshi hukmdor davlat tepasiga kelsa “atrof-tevarakdagi fasodchilar ta’ma qilishni tark etib, itoatu bo’ysunish yo’liga kiradilar” – , deb ta’lim bergan.
Amir Temur qat’iyat bilan o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgan, davrining eng zukko kishilarini pirlari deb tan olgan, olimlarning yordamiga tayangan. U o’ziga muxolifatda bo’lgan kuchlarni yengib, sobiq dushmanlarining kuch va imkoniyatlaridan davlat taraqqiyoti yo’lida foydalangan.
Sohibqiron saltanat va qo’shni mamlakatlarda sodir bo’layotgan voqea- hodisalarni sergaklik bilan kuzatgan hamda extimoli bo’lgan xavf-xatarlarning oldini olgan.
Amir Temur biror ishni boshlasa doimo uni muvaffaqiyatli yakunlashga intilgan. Moliyaviy siyosatni to’g’ri yuritgani ham uning muvaffaqiyatlariga zamin bo’lib xizmat qilgan. U kirim va chiqimlarni, sarf-xarajatlarni me’yorida olib borgan, yo’qsillarga doimiy ravishda xayr-ehsonlar in’om etib turgan, ilm- fanga homiylik qilgan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida yaxlit davlatchilik kontseptsiyasi yaratilgan bo’lib, saltanat boshqaruvining barcha sohalari, ularda kechgan jarayonlar, tarmoqlararo aloqalar qonun yo’li bilan tartibga solingan. Davlat boshqaruvida mavjud bo’lgan mo’g’ul, fors va turkiy islomiy an’analarning ijobiy jihatlaridan foydalanilishi yangicha siyosiy
an’analar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu o’zgarishlarni amalga oshirishda Amir Temurning davlat rahbari sifatida tutgan siyosiy mavqei ham katta ahamiyat kasb etadi. Davlatning ijtimoiy funksiyasi iqtisodiy, qonuniy va ma’naviy vositalar orqali bajarilgan.
Amir Temur davlat boshqaruv idoralarining har tomonlama qulay, tezkor, yengil, sodda va iqtisodiy jihatdan tejamkorlik asosida faoliyat yuritishini ta’minlay olganligi katta yutuqlar eshigining ochilishiga imkon bergan.
Saltanatda markaziy va mahalliy boshqaruv idoralarining o’zaro aloqadorligi, bir-biriga bo’ysunish qoidalari tartibga solingan, shakl va mazmun o’rtasidagi mutanosiblik ta’minlangan. Bu esa mamlakatda yuksak kommunikatsiya tizimi yaratilishiga sabab bo’lgan. Amir Temur bu tizimni salohiyatli, ilmli va ma’naviy jihatdan yetuk mutaxassislar bilan kuchaytirdi.
Shuningdek, qurultoylar ham mamlakat boshqaruvi va taraqqiyotida muhim rol o’ynagan.
Amir Temur davrida sud va huquq tartibot sohalari ixtisoslashgan bo’lib, bu soha davlat tayanchi vazifasini o’tagan.
Boshqaruvda mamlakat mudofaasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Amir Temur tahdid solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi xavflarni o’z vaqtida bartaraf etgan, ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqqan. Saltanatning harbiy siyosati avvalo mudofaani kuchaytirishga qaratilgan. Uning tomonidan olib borilgan mudofaa, harbiy siyosat va diplomatiya yigirma yetti davlatni o’z ichiga olgan yirik saltanatda barqarorlikni ta’minlashga, Osiyo mintaqasida o’z maqsadlariga erishishga, integratsion jarayonlarni tezlashtirishga xizmat qilgan. Amir Temur tashqi yurishlarini avvalo zulm, adolatsizliklar, boshboshdoqliklarni tugatish maqsadida uyushtirgan, mintaqalarda el-ulus farovonligini ta’minlashga harakat qilgan hamda islom dini va shariat mustahkamligi uchun kurashgan.
Saltanatning diplomatik aloqalarida insonparvarlik, do’stlik va hamkorlik g’oyalari ustuvor bo’lgan. Xorazm, Oltin O’rda, usmonlilar, Misr kabi davlatlar bilan olib borilgan tashqi siyosatida ham diplomatiya qonun-qoidalariga doimiy
ravishda amal qilingan. Xususan, Yevropa qirollari bilan do’stona diplomatik munosabatlarni o’rnatilgan. Bu esa o’sha davrning katta hodisasi edi.
Amir Temur diplomatiyasi va tashqi siyosatida ilk marotaba «yagona makon» g’oyasini ilgari surilgan. Bu esa barcha insonlarning yagona makonda faoliyat yuritishlari mumkinligi haqidagi dastlabki tushunchalarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Bu asoslar Amir Temur davlatchilik g’oyalari baynalminalchilikka asoslanganligini ko’rsatadi.
Umuman olganda, Amir Temur davlatchiligi yuksak nazariy qoidalarga asoslangan holda boshqarilgan bo’lib, undagi mezonlar amaliyotdan olingan tajribalar orqali shakllangan.
Yuqoridagi tahlillar va dalillar asosida Amir Temur saltanatida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, siyosiy tizimda yangicha, mustahkam, o’z davrida mavjud bo’lgan turli boshqaruv an’analarining maqbul jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan, hamda ularga muhim ijobiy o’zgartirishlar kiritilgan davlatchilik asoslari barpo etilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Amir Temur davrida shakllangan davlatchilik tajribasi milliy siyosiy tarixdagi eng rivojlangan bosqichni tashkil etadi.
Tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi tavsiyalar beriladi:
Ushbu ishdan O’zbekiston davlatchilik tarixini yoritishda, Amir Temur saltanatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi, jahon tarixining o’rta asrlar qismini yozishda foydalanish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi tinglovchilariga maxsus kurs tashkil etish lozim. Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim tizimida “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “O’zbekiston davlatchiligi tarixi”, “Siyosatshunoslik”, ”Falsafa”, ”Davlat va xuquq nazariyasi”, ”Siyosiy va xuquqiy ta’limotlar tarixi”, ”Markaziy va mahalliy davlat boshqaruv asoslari” va boshqa fanlardan Amir Temur mavzusiga oid ba’zi qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishda, ma’ruza matnlari, o’quv dasturlari, qo’llanmalar tuzishda, maxsus kurslar o’qishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalaridan o’rta asrlarning Amir Temur davlatchiligi bilan bog’liq xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini
yoritishda foydalanish mumkin. Amir Temur davlatchiligi tarixini yozishda turli soha mutaxassislari bilan temurshunos olimlarning keng hamkorligini ta’minlash lozim. Mazkur ish natijalaridan yoshlarni milliy o’zlikni anglash, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, umuman komil inson qilib tarbiyalashda foydalanish mumkin. Harbiy bilim yurtlari, Milliy xavfsizlik instituti talabalariga ma’ruzalar o’tishda foydalanish mumkin. Amir Temur va temuriylar saltanati davlatchilik tarixini o’rganish markazini tashkil etish, unda keng qamrovli fundamental tadqiqotlar olib borish, turli tillarda chop etiladigan “Amir Temur va temuriylar” nomli ilmiy jurnal chop etish, olingan muhim natijalarni ushbu matbuotda muntazam e’lon qilib borishga erishish muhim masaladir.

Download 174,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish