Kurs ishining maqsadi. Amir Temur faoliyatida adolat tamoyillarining asoslanishini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari.
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish;
Temur tuzuklarida ijtimoiy adolat va jazo siyosati masalalarini aniqlash;
Amir Temur davlat bsohqaruvi tizimida sud-huquq munosabatlari;
Amir Temur davlatidagi adolat tamoyilini bugungi kundagi ahamiyatini to’g’ri baholashdan iborat.
роль в судьбах России и Европы. http://www.asiaforum.uz/index.php.Ибн Арабшах. История Амир Тимура. Ачоиб ал-макдур фи таърихи Таймур. /Автор перевода Хайдарбек Бобобеков. 3-е издание. –Ташкент, 2008. -239 с.; Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406). –М., 1990; Фома Мецински. История Темурланга и его приемников. –http://www.vostlit.info/texts.rus; Иоган Шильтбергер. Путешествие по Европе, Азии и Африке с 1394 года по 1427 год. /Перевод с старонемецкого Ф.К.Браун.
–Баку: Элм, 1984. –с.23-31.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi hajmi 60 bet bo’lib, “Kirish”, ikkita bob, to’rtta paragraf, “Xulosa” hamda “Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati”dan iborat.
I BOB. AMIR TEMUR DAVLATIDAGI IJTIMOIY ADOLAT TAMOYILLARINI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK
MASALALARI
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi va uning o’ziga xos
xususiyatlari
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgunga qadar, ya’ni XIV asrning
60 yillarida Movarounnahr o’z boshidan siyosiy parokandalik, o’zaro kurashlarni o’tkazmoqda edi. Mamlakatning viloyatlarida mustaqillik da’vosini ko’tarib chiqayotgan mahalliy sulolalar, chunonchi, Xorazmda so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Xo’jandda jaloirlar, Shibirg’onda naymanlar, Balhda amir Husayn, Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayidlar va hokazo o’zlarini hokimu mutlaq deb hisoblab, bir-birlari bilan yovlashib mamlakatning butunligiga jiddiy xavf solmoqda edilar. Buning ustiga 1360 yilda katta qo’shin bilan bostirib kelgan Mug’uliston xoni Tuqlug’ Temur yurtni vayronaga aylantirib, xalqqa og’ir sitamlar o’tkazar edi. Shunday qaltis vaziyatda siyosat maydoniga kirib kelgan yosh Temurbek oldida nihoyatda ehtiyotkorlik, aql-zakovat bilan ish ko’rish vazifasi turar edi. Temurbek o’z rejalarini amalga oshirish maqsadida 1361yilda Tuqlug’ Temur xizmatiga kiradi va o’z atrofiga ishonchli kishilarni to’plab mug’ul bosqinchilariga zarba berishga kirishadi.
Avval Tuqlug’ Temurning o’g’li Ilyosxo’jaga so’ngra Amir Husaynga qarshi kurashib g’alabani qo’lga kiritgan Amir Temur 1370 yilda Movarounnahrning mutlaq hokimi bo’ldi.
Hokimiyatni qo’lga olgan Amir Temur yurtni obod qilishga, aholi turmush tarzini yaxshilashga kirishdi. Avvalo mamlakat poytaxti Samarqandni qayta tikladi. Hofizi Abruning so’zlari bilan aytganda, “Temur loydan bo’lgan Samarqandni qaytadan toshdan qurdi”. Samarqand shahri ko’chalarini kengaytirdi, bozorlarni tartibga soldi, savdo timlari, do’konlar qurdirib
savdo-sotiqni yo’lga qo’ydi. Samarqand shahrining olti darvozasi qayta tiklanib, obod qilindi.
Amir Temur o’zi tug’ilib o’sgan Shahrisabzni ham obod qilib, ko’rkam saroylar, chorsu, bozor, hammomlar barpo etdi.
Sohibqiron Qarshi, Buxoro shaharalarini obod qilish maqsadida shahar atrofini devorlar bilan mustahkamladi, Saroylar, madrasalar, hammomlar qurdirib xalqning sog’ligini, madaniy ahvolini yaxshiladi.
Amir Temur islom dinini rivojlantirishga juda katta e’tibor berdi va din peshvolarini qadrladi. Shohi Zinda ansamblini obod etdi, Turkiston shahrida Xoja Ahmad Yassaviyga atab maqbara qurdirdi.
Amir Temur avvalo Movarounnahrda Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, Oqsaroy, Go’ri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi kabi osmono’par binolarni qurdirdiki, bular dunyoda tengsiz me’moriy yodgorliklardir.
Amir Temurning ulug’ maqsadi – Vatanining ozod va obod, xalqining boy, badavlat, farovon bo’lishiga qaratilgan. Butun hayoti davomida shu maqsadga qat’iy amal qilgan.
U qo’riq va xaroba yerlarga suv chiqarish, buzilgan ko’priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo’llar xavfsizligini ta’minlash, savdogarlar, yo’lovchilar hayotini, mol-mulkini himoya qilish, musofirxonalar, karvonsaroylar qurish kabi katta kuch va mablag’ talab qiladigan eng ma’suliyatli vazifaslarni amalga oshirishni davlat ixtiyoriga o’tkazdi.
Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha sohibqiron Amir Temur yurtni obod qilishga hafsalasi nihoyatda bland bo’lgan, ekin ekilishiga yaraydigan biror qarich yerni zoe bo’lishiga yo’l qo’ymagan. Obodonchilik yo’lida fidoiy inson bo’lgan Amir Temur Turon, Eron, Xuroson va boshqa joylarda yangi yerlar ochish, bog’lar yaratish kabi tarixiy tadbirlarni amalga oshirgan. Samarqand, Shahrisabz va mamlakatning boshqa viloyatlarida o’nlab kanallar, ariqlar chiqartirilib, ekinzorlar, bog’lar barpo qildirilganki, natijada mo’l-ko’lchilik, to’qchilik, farovonlik yuzaga kelgan.
Amir Temurning obodonchilik ishlariga qanchalik katta ahamiyat berganligini Xurosondagi Murg’ob daryosidan 20 ta kanal qazdirib sug’orilishi qiyin bo’lgan yerlarga suv chiqarganligidan, yoki tog’li Qorabog’da bo’lib turgan paytida uzunligi 60-70 km keladigan Barlos kanalining qazilganligi, 35- 40 km uzunlikdagi Baylokon kanali qazilganligi, 30-35 km uzunlikda Qobul yaqinidagi G’urbon daryosidan chiqarilgan kanallaridan ham bilish mumkin.
Amir Temur o’z mamlakati poytaxti bo’lgan Samarqand shahrini obod va ko’rkam qilishga nechog’lik katta e’tibor qaratilganligini u yaratgan chorbog’lar misolida yanada yaxshiroq bilish mumkin.
Bu chorbog’lar – Bog’i nav, bog’i jahonnamo, bog’i taxta qoracha, bog’i behisht, bog’i davlatobod, bog’i naqsh jahon, bog’i amirzoda Shohruh, bog’i bo’ldu, bog’i dilkusho, bog’i shamol, bog’ zog’on, bog’i baland, bog’i chinor, bog’i maydon va hokazo.
Ayniqsa Samarqand shuhratini olamga yoyish maqsadida uning atrofida yettita yo’ldosh shaharcha bunyod ettiradi va ularga Yevropa va Osiyodagi eng mashhur shaharlarning nomini beradi. Bular Bog’dod, Damashq, Misr, Sheroz, Sultoniya, Parij, Madrid va boshqalar.
Xulosa shuki, Movarounnahrning Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent shuningdek Qobul, Hirot, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlarida bugungi kungacha o’z salobati va chiroyini ko’z-ko’z qilib kelayotgan noyob obidalarning bunyod etilishida, shu o’lkalarda xalq turmush tarzini yaxshilanishida sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, - “Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak,”1 - deb ta’kidlaydilar. Bu bejiz emas albatta. O’zbekiston mustaqillikka erishgach O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Amir Temur haqida aytgan fikrlariga amal qilib yurtni obod qilishga kirishildi.
1 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. Т.: O’zbekiston, 1997. –B. 177.
O’zbekistonda qurilayotgan go’zal binolar, madaniy-ma’muriy inshooatlar, o’z chiroyi, ko’rkini ko’z-ko’z qilib turgan bog’lar buning yorqin misolidir. Jumladan, Navoiy shahrida yaratilgan so’lim bog’, yoshlar dam oladigan istirohat maskani ham buning isbotidir.
Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o’z qo’shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya’ni qo’shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar, ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng e’tibor bergan. U qo’shinlarini o’nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo’lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan. Amir Temur lashkarlarga ham katta e’tibor berib, ular nizomni qat’iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo’lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo’lishi lozim deb hisoblardi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojo’y kishilar ko’p bo’lgan. Ular bechoralarga xayru ehson ko’rsatish, boshga og’ir kunlar tushganda yordam qo’lini cho’zish, asirlarga yumshoq muomalada bo’lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim jangda jasorat ko’rsatgan amirlar va askarlarga alohida e’tibor bilan qaradi. Natijada Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo’shinlari ichida intizomni mustahkamlash bilan o’z davlatining poydevori bo’lgan qo’shin tuzishga muvaffaq bo’ldi.
O’zbekiston tarixida Amir Temur va Temuriylar davri alohida, salmoqli o’rin egallaydi. Amir Temur jahon tarixida buyuk, qudratli va gullab yashnagan davlat barpo etgan sarkarda va davlat arbobi hisoblanadi. Uning bunyod ettirgan me’morchilik obidalari qurdirgan asora-atiqalari hozirgi kunda ham Vatanimizning ko’rkiga ko’rk, husniga husn qo’shib turibdi.
Amir Temur shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga hokimyat tepasiga kelishi bilanoq astoydil kirishdi. Masalan, 1371-1372 yillarda poytaxt Samarqandning buzulib ketgan hisori (qal’a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo’lgan devorini tiklatdi. o’shanda Shahriston (tashqi shahar) va uning 6 darvozasi (Shayzoda Ohanin, Feruza, So’zangaron, Korizgoh, Chorsu) ichida
4 qavatli 2 ulkan saroy Ko’k saroy va Bo’ston saroy bunyod etildi, shahar ko’chalari va bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada o’lja oyi (o’ljoy Turkon og’a) Tug’liq tegin, Qutlug’ Turkon og’a Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va chortoq qurildi. Temurning rag’bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o’tgan shoh ko’cha Ruhobod maqbaralari ham qurildi.8
Amir Temur davridagi davlat tizimi, boshqaruv tartiblari, diplomatik munosabatlar, davlatlar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlar ishlab chiqarish va savdo-sotiqning rivojlanishiga yaxshi shart-sharoitlar yaratilgan. Amir Temur ilm fan ahliga g’amxo’rlik ko’rsatganligi, uning tarix oldida buyuk siymo ekanligidan dalolat beradi. Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan, buni uning harbiy yurishlari vaqtidagi olamshumul g’alabalarida ham ko’rishimiz mumkin. Irodali, uzoqni ko’ra biluvchi va mard inson bo’lgan. Harbiy sa’nat tarixi Amir Temurni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida tan oladi. Harbiy qo’mondonga beriladigan eng xolis baho uning janglarida erishgan yutuqlari hisoblanadi. Uning harbiy qo’shin tuzilishi va harakat olib borishi bo’yicha o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lib, u o’zidan avvalgi harbiy sohadagi yutuqlardan foydalangan holda ko’pgina o’ziga xos muhim jihatlarni o’zida aks ettirgan. Amir Temur sanoat va hunarmandchilik rivojlanishiga alohida e’tibor bergan. Amir Temur taraqqiyparvar an’analarga asoslangan davlat boshqaruvi joriy qilgan. U quruq hokimiyatdan qonuniylik hokimiyatini ustun qo’ygan holda, siyosiy va hududiy to’qnashuvlarda ustalik bilan ish olib borgan. U o’zida har tomonlama yuksak qobiliyatlarni mujassamlashtirish bilan birga eng zamonaviy yutuqlar va ijobiy xususiyat hayotga tadbiq etishga harakat qilgan. U Samarqandga olimlar, buyuk mutafakkirlar, faylasuf, tarixchi, arxitektor, rassomlar, hattotlar va boshqa sohalarning yetuk vakillarini to’plashga muyassar bo’lgan. U mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash uchun savdo yo’llari, bozorlar, yo’llar va boshqa inshootlarni qurdirgan. Ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar uchun shart-sharoit yaratib bergan. Bu sohaning har tomonlama rivojlanishiga
8 Аxмедов Б. Амир. Темурнинг тарихдаги ўрни. Мулоқот, 1996 № 5. –Б. 4,9.
harakat qilib. Mamlakatning turli joylarida sug’orish inshootlari, suv omborlari, hovuzlar qurilgan, ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash ishlari tartibga solingan.
Sohibqiron Amir Temur taniqli davlat arbobi sifatida davlatni boshqarish, davlat xizmatchilarining huquq va vazifalari, ularning axloqiy fazilatlariga doir dolzarb muammolarni hal qilishga uringan. Davlat qurilishi sohasida: “Davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi”1, - degan o’gitni bayon qilib, har bir davlat rahbari o’zining saltanatini, birinchi navbatda, qonun-qoidalar asosida qurishi, bu qonun- qoidalarning fuqarolar tomonidan tan olinishini ta’minlab, ularning bajarilishi yo’lida xizmat qilishi lozimligini uqtiradi. Demak, hukmdor davlat, xalq uchun xizmat qilishi kerak degan g’oyani ilgari suradi.
Davlatni boshqarish masalasiga kelganda esa, birinchidan, kengash; ikkinchidan, mashvaratu maslahat; uchinchidan, qat’iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; to’rtinchidan, ehtiyotkorlik bilan ish yuritish nihoyatda katta mas’uliyat talab qilishini, uni o’zboshimchalik bilan emas, xalq qalbiga quloq solish orqali oqilona boshqarish zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa, mamlakatni boshqarish ishlarini tashkil etishda davlat vazirlarining o’rni katta ekanligini anglagan Amir Temur, sulton, avvalo, adolatpesha bo’lsin, o’z atrofida insofli, adolatli vazirlar saqlasin, toki podshoh zulm qilsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agar vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi, deb uqtirgan holda “adolatli vazirlar davlat ustunidir” degan g’oya asosida ish olib boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda vazirlar, amirlar va viloyat voliylariga alohida ahamiyat bergan. Vazir bo’lgan kishi quyidagi to’rt sifatga ega bo’lishini ta’kidlaydi:
1 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B. 66-67.
14
birinchisi, asillik, toza nasllilik; ikkinchisi, aql, farosatlilik;
uchinchisi, sipohi raiyat ahvolida xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik;
to’rtinchisi, sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik1.
Amir Temur vazirning nasl-nasabining tozaligi va asilligiga e’tibor berar ekan, nasli toza vazir davlat ishlarini boqarishda to’g’rilik va adolatlilik yo’lidan borishini ta’kidlaydi. Toza naslli vazir davlatning moliyaviy va mulkiy ishlarini tartibga keltiradi. Sipohiylarga ham, oddiy xalq vakillariga ham hurmat bilan qarab, hushmuomalalik qiladi. Birovdan ayb qidirmaydi. Hukmdorning fikricha, nasli toza, aqli raso, xalqchil va sabrli, vazmin kishi mas’uliyatli bo’lib davlat ishlarida adolatli ish olib boradi, o’z mansabini suiste’mol qilmaydi.
Agar vazirlik darajasiga nasli toza bo’lmagan hasadgo’y, gina-kek saqlovchi, qora ko’ngilli, oddiy xalq vakillariga jarb-zulm qiluvchi kishi ko’tarilsa, hokimiyat tez orada inqirozga uchrashi aniq bo’ladi.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur davlatini yetti vazir boshqargani haqida gap boradi.
Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim ishlarini, kundalik muammolarini, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o’lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi va aholining farovonligini ma’lum qilib turgan;
Sipoh bo’yicha vazir. Sipohiylarning maoshlari va tanholarini boshqargan, parokandalikka tushib qolmaslik uchun doimo sipoh ahvolidan podshohga xabar berib turgan;
Egasiz qolgan, o’lib ketgan va qochib ketganlarga tegishli mol-mulkni boshqargan, zakot va bojlarni to’plagan;
Sarkori xosa, saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinadigan xarajatlar, shuningdek otxona xarajatlaridan ogoh bo’lgan;
1 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.89-90.
5,6,7 vazirlar sarhadlar va tobe mamlakatlarga tegishli ishlarni boshqaruvchi hay’atdan iborat bo’lgan1.
Amir Temur “Tuzuklar”ida ta’kidlaganidek, davlatlarni zabt etish, davlatni boshqarish, barqarorligi va rivoji uchun quyidagi 12 qoidaga tayanishni lozim bilgan:
1. Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlab, Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berish; 2. o’n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan ish ko’rib, davlat, saltanat ustunlarini o’shalar bilan mustahkamlash; 3. Maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik-ehtiyotkorlik bilan ish ko’rib, do’stu dushman bilan murosayu madora qilish; 4. Davlat ishlarini saltanat qonun- qoidalariga asoslangan holda boshqarish; 5. Amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan mukofotlab, hushnud etish; 6. Adolat va insof bilan ish yuritish;
7. Ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilarning izzatu hurmatlarini joyiga qo’yish; 8. Azmu jazm bilan ish tutib, boshlangan ishni oxiriga yetkazish; 9. Raiyat ahvolidan ogoh bo’lish, ulug’larini og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rnida ko’rish; 10. Turku tojik, arabu ajamning (barcha xalqlar va millatlarning) turli toifa va qabilalardan bo’lgan kishilarni teng ko’rib, ularning hurmatini joyiga qo’yish; 11. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og’ayni, qo’shnilar va do’stlarni unutmaslik, holidan xabar olish; 12. do’stu dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qilish2.
Bulardan tashqari mamlakatning obodonchiligini ta’minlash, madaniy- ma’rifiy rivojlaniish uchun katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa, hokimlar uchun saroy, huquq-tartibotchilar uchun qozixona, kambag’al yetim-esirlarga ovqat beriladigan g’aribxonalar qurdirib, kasallar uchun shifoxonalar soldirib, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlagan va o’zining “Tuzuklari”da qayd etilgan ana shu talablarni kelgusi hukmdorlar o’zlarining dillariga jo qilishlarini nasihat qilgan. Amir Temur jon taslim qilish oldidan: “Millatning dardiga darmon bo’lmoq, vazifangizdir. Zaifalarni
1 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.103-104.
2 Temur tuzuklari. – Т.: “Sharq”, 2005. –B.62-63.
qo’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin” 1, - deya vasiyat qilgan edi.
Amir Temur avlodlarga davlat qurish, uni boshqarish, xo’jalik ishlarini yuritish, harbiy yurishlar uyushtirish, fan va madaniyatni rivojlantirishga homiylik qilish, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilash, mamlakat obodonchiligini ta’minlash, kabi bir qator ishlarning xulosasi bo’lgan qomusiy asar – “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi.
“Biz hazrati Temurni buyuk bunyodkor deb boshimizga ko’taramiz. Ro’yi zaminning sayqali bo’lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning boshqa hududlarida bunyod etilgan nodir me’moriy obidalar, tengsiz bog’u-rog’lar Temurbek bobomizga xos amaliy shijoat samarasidir”2. Darhaqiqat, Amir Temur yer yuzidagi ko’plab parokanda mamlakatlar, elatlarni adolatli saltanat tug’i ostida birlashtirar ekan, boshqa sohalarda bo’lgani kabi, markazlashgan davlatning obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi.
Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish tarmoqlari, obod shahar va qishloqlar, ko’rkam bog’u rog’lar barpo etdi. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, yo’lovchi musofirlar uchun yo’l ustida rabotlar, daryolar ustida ko’priklar, bemorlar uchun shifoxonalar, qolaversa, ijtimoiy soha uchun zarur bo’lgan hamda millat tafakkurini yuksaltirishda xizmat etgan ulug’vor imoratlar bunyod etishga rahnamolik qildi. “Yana amr qildimki, xarob bo’lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko’priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga (yangi) ko’priklar qursinlar, yo’l ustida har manzilgohga rabotlar qursinlar3… Yana amr etdimki, katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona (g’aribxona) solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar. Har bir shaharda dor ul-amorat (hukmdorlar saroyi),
1 Амир Темур ўгитлари. – Т.: Наврўз, 1992. –Б.61.
2 Каримов И.А. Амир Темур ҳақида сўз. –Т.:Ўзбекистон, 1996. –Б.25.
3 Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом, 1991. –Б. 99.
va dor ul-adolat (qozixona, adolat uyi) qursinlar”1. Bulardan ko’rinib turibdiki, inson barkamolligi, xalq faravonligi uchun zarur bo’lgan biror soha Amir Temur e’tiboridan chetda qolmagan.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek davlatchiligi tarixida yuksalish va taraqqiyot bosqichlari nihoyatda ko’p va rang-barang. Biroq Amir Temurning davlatchilik instituti shu taraqqiyotning cho’qqisida turadi. Demoqchimizki, markazlashgan, takomillashgan, qonun va ijtimoiy adolatga asoslangan davlat boshqaruv tizimi barpo etildi. Bunday davlat boshqaruvi hali dunyoning biron- bir mintaqasida shakllanmagan edi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, Amir Temur davlati haqiqatda ham katta kuch va qudratga ega edi. Ammo Sohibqiron o’z davlatini aql-zakovat bilan, huquqiy demokratik qonunlar asosida, dunyoviy va shar’iy qadriyatlarga tayanib boshqardi. U kishining bizgacha yetib kelgan “davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”2 degan fikrlari milliy davlatchiligimizning demokratik, huquqiy mohiyatini anglatib turibdi.
1 Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом, 1991. –Б.100.
2 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-jild. – Т.: O’zbekiston-, 1997. –B.185.
Do'stlaringiz bilan baham: |