Amina Shenliko’g’lu asarlarida diniy mavzuning yoritilishi
Zamonaviy adabiyotning yetuk namoyondalaridan biri Amina Shenliko’g’lu bugungi kunda ko’plab kitobxonlarning qalbidan, asarlari esa kitob javonlaridan mustahkam o’rin egallamoqda. Uning asarlari kishini tarbiyalaydi, ogoh etadi. O’qilishi kerak bo’lgan muhim adabiyotlar ro’yxatida ham o’z o’rniga ega. Vatani Turkiya bo’lgan Amina Shenliko’g’lu (Emine Şenlikoğlu) 1950-yil 1-yanvarda Turkiyaning Adapazari shahrida tug‘ilgan. Asl ismi Emine O‘zjan Shenliko‘g‘lu (Emine Özcan Şenlikoğlu) dir. Oz muddat Qohiradagi Al-Azhar universitetida o‘qigan. 1984 yildan «Maktub» (Mektup) jurnalini chiqarishni boshlagan. «Yoshlikning iymonini so‘roqlar bilan o‘g‘irladilar» (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar) kitobi uchun 8 yil-u 3 oy hibsda o‘tirgan.«Mahkum tuyg‘ular» (Mahkûm Duygular, 1985), «Ruhim oynasi» (Ruhumun Penceresi, 1991) she’riy to‘plamlari, «Mariya» (Maria, 1993), «Men kimning qurboniman» (Ben Kimin Kurbanıyım, 1993), «So‘nggi pushmon foyda etar» (Son Pişmanlık Fayda Eder, 1997) romanlari, «Yig‘latgan yillar» (Ağlatan Yıllar, 1991) xotira-kitobi, «Vijdon azobi» (Vicdan Azabı, 1992) to‘plamlari mashhur.
Quyida uning “Nasroniy atirguli” va “Imomning maneken qizi” asarlarida yoritilgan turli mavzularga, xususan, diniy mavzuning qay darajada yoritilganligi va hayotning asl mazmuni nima ekanligi haqida qo’limizdan kelgancha, juda oz bo’lgan tajribamizga suyanib muhokama etamiz. Maqsadimiz dunyo yuzini ko’rgan asar qahramonlari bilan yaqindan tanishish hamda ulardan kerakli o’rinlarda ibrat olish, zarur jihatlarni o’zimizda aks ettirishdir. Bugungi kunda dolzarb mavzu hisoblanuvchi e’tiqod tushunchasi turkiy qardosh millatimizda qay darajada ahamiyat kasb etadi – buni mulohaza, mushohada etishdir.
“Nasroniy atirguli” asari tili sodda va ravon berilgan. O’quvchi mutolaa davomida hech qiynalmay syujetni anglab boradi. Ba’zi o’rinlarda asar qahramonlarining hayotini yoritish maqsadida bir necha yil avvalga qaytish holatlarini hisobga olmasak, voqealar rivoji bir tekisda ketgan deya olishimiz mumkin. Bunda o’quvchi asar mohiyatini anglashi uchun qulaylik yaratilgan. Asarning islom dinini yoqlovchi, undan o’zga haq din yo’q ekanligini baralla kuylovchi jihatlari ham talaygina. Asardan quyidagi dialogni keltirsak:
“Komissar qoshlarini ishqalab, biroz o’ylanib qoldi:
Demak , shunaqa degin? Iyegovachilar istaganicha faoliyatini
yurgizadi, sizlarga esa bu huquq berilmagan. Men dindor emasman, lekin…
Gulderen uning so’zini bo’ldi:
Siz dinsizmisiz, janob?
Menga qara, men bilan unaqa ters ohangda gaplashma,
asabimni buzyapsan! Men dinsizga o’xshaymanmi?
Dinsizlik qiyofada emas, fikrlarda ko’rinadi, janob. Bizga
dinsizlar qo’yib olgan laqab bilan murojaat qilyapsiz. Shuning uchun so’ragandim. “Dindor” nima degani? Biz musulmonmiz, musulmon deyish shunchalik qiyinmi?...”
Ushbu parchada davrning va aholining saviyasi namoyon bo’ladi. Asar 2000-yilda yozilgan va biz asardan shu davr tuzumi, madaniyati, millat fikri haqida deyarli batafsil ma’lumotga ega bo’lamiz. Suhbatda ikki xil dunyoqarash, ikki xil tabaqa vakili ishtirok etgan. Bundan o’sha davrning aholisi ham ikki xil dunyoqarashga, saviyaga egaligi ma’lum bo’ladi. Buni biz boshqa asarlarda ham ko’rishimiz mumkin. Komissarning musulmon bo’lsa-da diniga amal qilmasligi, amali bor kishilarni “dindor” deb atashi yuragi olovdek yonib turgan qizni yanada jahlini chiqaradi. “Musulmon deyish shunchalik qiyinmi?” degan jumlani “musulmon bo’lish shunchalik qiyinmi?” ma’nosida ham anglash mumkin. Chunki Gulderen obrazi asarda fidoyi, ilmga chanqoq, dugonasi uchun, uning o’zga din tomon og’ib ketmasligi uchun kecha-yu kunduz kitob o’qib, ilm olgan, qanchalar ko’z yoshi to’kkan oqko’ngil obraz sifatida gavdalangan. Ilmga berilishining sababi dugonasi Jamilani Iyegova shohidligidan qaytarish edi, bu yo’lda esa bilimi kamligini anglab Islom diniga oid kitoblarni o’qishga kirishadi.
Xo’sh ko’plab mojarolarga sabab bo’luvchi e’tiqod tushunchasini dunyo ahli qanday qabul qilgan. Aslida nega hayotda dinlar mavjud? Kishi e’tiqodi butun, iymoni mustahkam bo’lsa, bundan nima maqsad ko’zlagan? Hayotda to’g’ri yashash uchun din kerakmi insoniyatga? Bundan tashqari atrofimizda dinsizlar ham ko’plab uchraydi. Xo’sh dinsizlar nega dinsiz? Ular hayotda hech narsaga ishonchlari yo’qmi? Ma’lum bir dinga e’tiqod qilmasalar ham hayotda o’z o’rinlarini topib kelayotganlariga aminlar-ku harholda. Biz hech kimiga fikrimizni singdirish niyatida emasmiz. Lekin kishi bir dinga e’tiqod qilar ekan yoki, aksincha, hech qaysi dinga ishonmas ekan, uning bundan maqsadi bo’lmog’i lozim. Albatta, hayotimizda dinning o’rni beqiyos. Buni davlatlararo, insonlararo munosabatlarda ahamiyati muhimdir. Lekin insoniyatda bugungi kunda yuqoridagi kabi savollar bir talay tug’ilmoqda. Dunyoda ko’plab dinlar mavjud. Lekin masalaga tafakkur bilan nazar solinsa, din yagona ekani anglashiladi. Yaratuvchi yagona ekan, nega endi unga ishonish ham yagona turda bo’lmasligi kerak? Tarixda 124 ming payg’ambarlar yashagan bo’lsa, ularning bari bir turda Yaratganga iymon keltirganlar. Barchalari Allohning yagona ekanligini targ’ib qilishgan.
Islomga da’vat etuvchilardan birining yosh yigit bilan suhbatiga ijtimoiy tarmoqlarda ko’zim tushgandi. Bunda 18 yoshli yigitning so’zlarini tinglab hayron bo’ladi kishi. Uning so’zlari quyidagi mazmunda: “Men yillar avval namoz o’qirdim, ibodatlarimni maromida bajarib kelardim. Atrofimga nazar sola boshladim. Kishilar namoz o’qimasalar-da, dinga xizmat qilib, ibodat qilmasalar-da hayotlari havas qilgudek bir tekis ketyapti. Ular mendan ko’ra yaxshiroq yashashyapti, qimmatbaho mashina, hashamatli uy - hammasi o’z joyida. Xo’sh qani bu yerda adolat. Qur’onda sabr qilganlarga jannat va’da qilingan. Nega kishi jannatga kirar ekanman deb dunyoda azoblanib o’tishi kerak. Qani adolat. Men shu boisdan ham namozni tark qildim.” Bu so’zlarni eshitib da’vatchi unga to’g’ri yo’l ko’rsata boshladi. Tahminan shunday so’zlar bilan: “Shifokor bemorni noto’g’ri muolaja qilib o’limiga sabab bo’lsa bunga kim aybdor? Shifokormi yoki tibbiyot qonunlari haqidagi dasturmi? Albatta bunda tibbiyot qonunlarining aybi yo’q. Barcha xato shifokor to’g’ri harakat qilmaganida. Shu kabi mo’minlarning xatolariga ham Qur’onning hech qanday aybi yo’q. Xato mo’minning Qur’onga amal qilmasligida. Albatta oxirat bu adolat demakdir. Dunyoda gunoh qilib jazosini tortmay qutulib ketayotganlar soni qancha. Ular jazosini tortmay o’lib ketgani, hayotdan qutilib ketgani adolat yo’q degani emas. Aynan oxirat kuni dunyo ahli berolmagan jazoni beriladi unga. Bu dunyoda adolatning yo’qligi qiyomat borligiga, qiyomat kuni esa Allohning mavjudligiga ishoradir. Albatta, u zot barcha kunlarning, hodisalarning, borliqning yaratguvchisidir”. Da’vatchi shu yo’sin fikrini bayon etar ekan yigitning tasavvurlarini o’zgartirib yubordi va uning qaytadan shahodat keltirishiga erishdi. Bu voqeani so’zlashdan maqsad zamonaviylik deb anglashilayotgan tushunchani dinsizlik bilan qabul qilmaslik zarurligini ta’kidlashdir. Asar bosh qahramoni Jamila obrazi haqida so’z yuritarkanmiz, aynan zamonaviylik haqida to’g’ri mulohazaga kelib olishimiz kerak edi. Avval davr ijtimoiy hayoti haqida tasavvurga ega bo’lmoq lozim. Bu shunday davrki, men buni xalq tili bilan aytganda “insonlar bosh uchini topa olmayotgan davr” deb hisoblayman. Insonlar zamonaviylik tushunchasini anglamay, uni noto’g’ri talqin qilib, o’zlariga g’arbiy an’analarga boy hayot tarzi yaratadilar. Ro’mol o’rash - zamondan ortda qolish; tungi klublarga bormaslik, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlaridan o’zni tiyishni ham zamondan o’ta darajada ortda qolish deya targ’ib qiladilar. Kimda-kim ish joyiga ro’mol o’rab borgudek bo’lsa, bu madaniyatsizlik deya talqin qilindi. Shu jamiyat insonlari qo’lida tarbiya topgan Jamila o’z dini haqida hech qanday tasavvurga ega bo’lmay ulg’aydi. U avval boshda poklik haqida, uning mohiyati haqida anglamay ko’p qabih ishlarga qo’l urgan. Keyinchalik islomni anglagach, poklik nafaqat islomning asosi, balki butun borliq tayanchi ekanini angladi. Bunda yuqorida nomi keltirilgan Gulderen va boshqa bir qancha obrazlar ko’makchi bo’lishdi.
Endi adibaning yana bir islomiy qadriyatlar, qonuniyatlarni e’zozlovchi asari bo’lmish “Imomning maneken qizi” (“Imamin manken kizi”) asari haqida so’z yuritamiz. Bu asar ham kishini o’yga soladi. Asardagi obrazlar shunday talqin etilganki, o’quvchi ulardan faqatgina hikmat topadi.
Bosh qahramon Fotima hamda yuqorida keltirilgan Jamila obrazlari bir-biriga qalban yaqin obrazlar. Ularning taqdiri turlicha bo’lsa-da, xotimalari bir. Jamila dinsizlik qurshovida o’sgan qiziqqon bir yosh qiz bo’lsa, Fotima imomning qo’lida tarbiyalangan, Qur’oni Karimni ma’nolar tarjimasi bilan yod olgan, shariat qoidalariga amal qiluvchi, hadis ilmini puxta egallagan, bog’dagi noyob gul misol avaylanuvchi, mehr beriluvchi, shikast yetkazishdan qo’rqiluvchi bir qizdir.
Ikkala obraz ham o’z yashash tarzidan noliydi. Birisi haqiqiy dinni anglashga, garchi bunda yo’ldan adashgan bo’lsa ham dunyo va oxirat mohiyatini o’rganishga intiluvchi obraz sifatida gavdalanadi. Ikkinchi obraz, ya’ni Fotima: “Hayotim nega endi masjidning bir burchagidagi kulbada, yomg’irdan keyin hosil bo’lgan uydagi shalabbolikni tozalash bilan o’tsin”, - degan maqsad bilan harakat qiladi. Bunda olgan ilmlari ham o’z ta’sirini ko’rsata olmaydi. Yuqorida ta’kidlangan zamonaviy turmush hurujiga duchor bo’ladi.
Ikkala obrazning o’xshash jihati shundaki, ikkisi ham o’z yashash tarzidan boshqacha hayot tarziga qadam qo’yadilar. Jamila garchi olamlarning haqiqiy yaratuvchisini tanimay Iyegovaga shohidlik qilgan bo’lsa ham, uning qalbida Yaratganga muhabbat bor edi. Atrofidagilarni ham o’zi to’g’ri deb bilgan yo’lga boshlardi, chunki ularning “haqiqiy” Xudoni tanimay jahannam o’tida azoblanishlaridan qo’rqardi. Bunda ukasi, ota-onasiga ta’sir o’tkazishga tirishardi. Bu jihatlardan biz uning qalbi pok qizligini, insoniyatga faqat ezgulik tilashini bilib olamiz. Ammo bu yo’lda islomiy tushunchalardan yiroqligi bois noto’g’ri yo’ldan borganligi, Allohni tanimay turib Iyegovani Alloh deganlarga ishongani unga katta zarar yetkazdi. Natijada onasidan ayrlidi.
Shu o’rinda ona obrazi haqida so’z yuritish lozim. Bunda Jamilaning ichidagi tuyg’ularni yanada chuqur anglaymiz. Uning onasi ham aytib o’tilganidek, zamonaviy turmush hurujiga duchor bo’lganlardan edi. Qizi boshqa dinga o’tgach, unga qarshilik bildiradi va qizidan shunday javob oladiki, bu javob onaning hayotini tubdan o’zgartiradi. Jamila o’zini yo’ldan qaytarishga tirishayotgan ota-onasiga: “Tavba, tavba! Ota, men qachon musulmon edim? Shunday deb na o’zim aytganimni, na siz aytganingizni eslay olaman. Siz islom uchun nima qildingiz? Menga nima o’rgatdingiz? O’zingiz islomni qanchalik taniysiz? ” yoki “Sizni o’ttiz kun qamashsa, o’ttiz yil Alloh demaysiz”, - deb aytgan so’zlari onasiga qattiq ta’sir o’tkazdi. Chindan ham insonlar musulmonman deb kerak bo’lsa hayqirishadi, lekin amalga kelganda, farzand tarbiyasiga kelganda umuman boshqacha - “Hayot bir bor beriladi” talqinida ish tutishadi. Bu holatdan so’ng ona qizini qaytarish uchun harakatga tushadi. Diniy kitoblar o’qiydi, namoz o’qishni boshlaydi, Parvardigorga iltijo qiladi. Bunda o’zining iymoni mustahkamlashib boradi. Qizining savollariga javob izlaydi. Lekin Jamilaning bunday islomga da’vat qiluvchi so’zlardan charchagani uchun onasini eshitmaydi. Onasi esa Jamilaning ortidan yugurib avtohalokatga uchrab vafot etadi. Bu o’rinda o’quvchining ko’ziga yosh keltiruvchi, savollarga toldiruvchi jihat onaning so’nggi daqiqalardagi holatidir:
“Orqamdan onam gapirib qoldi:
Do'stlaringiz bilan baham: |