14.5. Valyuta bozori statistikasi ko‘rsatkichlari
Valyuta kurslarni hisoblash metodlari amalga oshiriladigan valyuta
operatsiya va bitimlarining maqsadiga, turiga, mazmuniga, hajmiga bevosita
bog‘liq, ularning o‘zi esa, o‘z navbatida, ularni ifodalaydigan jarayon va
operatsiyalarning tipi va turlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boglangandir. Demak, bu
erdan valyuta operatsiya va bitmlarini tiplarga ajratish bilan bir qatorda, valyuta
kurslarini hisoblash metodlarini ham tiplarga va guruhlarga ajratish zaruriyati
tug‘iladi.
Valyuta operatsiya va bitimlari maqsadli ko‘rsatmasi va mazmuni bo‘yicha:
konversion,
depozit-kredit
va
riskli
operatsiyalarga
bo‘linadi.
Valyuta
operatsiyalariga
quyidagilar
kiradi:
rezidentni
rezidentdan,
rezidentni
norezidentdan, norezidentni rezidentdan va norezidentdan valyutani sotib olish
yoki olib qo‘yishi hamda valyuta qiymatlarni to‘lov vositasi sifatida qo‘llash;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona territoriyasiga valyutalarni olib kirish va olib
chiqish; bir shaxsga qarashli, lekin turli territoriyalarda joylashgan schetlarning
biridan ikkinchisiga valyuta va valyuta qiymatlarini o‘tkazish (rezidentlar va
360
norezidentlar bo‘yicha); valyuta birjalarida bajariladigan valyuta operatsiyalari va
boshqalar.
Oldindan kelishilgan kurs bo‘yicha bir valyutani ikkinchi valyutaga oddiy
almashtirish konversion operatsiya deyiladi. U, o‘z navbatida, joriy yoki spot
operatsiyalari va forvard kurslariga bo‘linadi. Spot kursi bo‘yicha operatsiya
amalga oshirilgandan keyin valyuta ikki kun ichida o‘tkaziladi, forvard kurs
bo‘yicha operatsiyaning bajarilishi shartnomada kelishgan vaqt bo‘yicha kelgusida
amalga oshiriladi.
Bo‘sh turgan (yoki ortiqcha) pul mablag‘larining ma’lum bir foiz bilan
joylashtirilishi yoki etmay turgan chet el valyutasini operatsiyaga jalb qilishga
depozit-kredit valyuta operatsiyalari deyiladi. Ular vaqt bo‘yicha qisqa va uzoq
muddatli operatsiyalarga bo‘linadi.
Amalga oshiriladigan riskli valyuta bitimlarini mazmuni shundan iboratki,
har bir valyuta bitimi izmolanayotganda ular etarli darajada kafolatlanishi shart.
Shu nuqtai nazardan bu operatsiyalarga beriladigan kafolatning mustahkamligi
darajasi va kafolatchilarning o‘zlarini mustaqkamligi bo‘yicha guruhlarga
bo‘linadi. Bu erda, risk juda yuqori, o‘rtacha va juda past bo‘lishi mumkin. Yoki
umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Bu bajariladigan operatsiyaga, uning hajmiga
va bitim tuzuvchilarning bir-birini qanchalik yaxshi bilishiga yoki o‘rganganligiga
va boshqa omillarga bog‘liq. Shuning uchun ham valyuta operatsiyalarini amalga
oshirishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, xalq moqoli "etti o‘lchab bir
kes" tamoyilida ish tutilsa yomon bo‘lmaydi.
Endi valyuta kurslari to‘g‘risida. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotida kurs
so‘zi ikki xil (tor va keng) ma’noda ishlatiladi. Ayrim mualliflarda bu ikkalasini
chalkashtirib yuborishadi. Tovarlarning bahosi kurslari, xizmat va kapital kurslari,
qimmatli qog‘oz kurslari, valyuta kurslari to‘g‘risida bir qancha qarama-qarshi va
noto‘g‘ri fikrlar ham bor. Masalan, kurs bilan stavka va normalar aralashtiriladi.
Ma’lumki stavka va normalar, amalga oshiriladigan bitimlarning samaradorligini,
ularning boshqalarga nisbatan nisbiy ustunligini ifodalaydi.
Tor ma’noda kurs deganda valyutaning yoki qimmatli qog‘ozlarning
361
almashtirish kursi tushuniladi, keng ma’noda esa - bitim yoki operatsiyani amalga
oshirish qiymati, bahosi tushiniladi. Bu kurs bilan bir xizmat, tovar yoki kapital
ikkinchisiga almashtiriladi.
Maqsadi va vazifasi, hisoblash metodlari, qamrab olishi va boshqalariga
qarab valyuta kurslari rasmiy, umumiy, real, ozod, eksport-import, birja,
almashtirish, qora bozor va boshqalarga bo‘linadi.
Kurslarni belgilashda eng asosiy vazifa - ularning xarid qobiliyati tengligini
ta’minlanshdir. Valyutalarning tengligi almashtiruv, rasmiy va real tengliklardan
iboratdir. Valyutalarning turli bozorlarda bir-biring o‘rnini bosadigan bir xil
kurslarda ayraboshlanishni, ularni muvozanatini xarakterlovchi tenglik almashtiruv
tenglik deyiladi. Rasmiy tenglik (o‘zaro yoki nominal tenglik ham deb yuritiladi)
davlat moliya organlari tomonidan e’lon qilinadi. Real tenglik (kurs) ikki yoki
undan ortiq mamlakatning tovarlariga, xizmat va kapitalga bo‘lgan baholarini
taqqoslash asosida hisoblanib, mamlakatning davlatmandliligini, boyligini va
to‘lov qobiliyatini ifodalaydi.
Ikki mamlakat valyutasining tengligi - ularning iqtisodiy rivojlanishi
muvozanati aynan bir xilligidir, mosligidir, iqtisodiy rivojlanishning mosligi -
valyuta tengligini saqlashni kafolatidir.
Valyuta hisob-kitoblarida muhim masalalardan biri - valyuta kotirovkasidir.
Kotirovka deganda milliy valyuta kursini boshqa mamlakat valyutasida belgilash
tushuniladi. Kotirovka to‘g‘ri va teskari turlarga bo‘linadi. Ko‘p davlatlarda to‘g‘ri
kotirovka ishlatiladi. Uning mazmuni quyidagidan iborat - chet mamlakat
valyutasining bir birligi milliy valyutani "X" birligiga teng. Bu paytda chet
mamlakat valyutasi e’lon qilingan kurs bo‘yicha sotiladi, milliy valyuta esa sotib
olinadi. Teskari kotirovkada esa milliy valyutani bir birligi chet mamlakat
valyutasini "X" birligiga teng deb olinadi. Bu paytda chet mamlakat valyutasi sotib
olinadi, milliy valyuta esa sotiladi.
Evropaning bir qator mamlakatlari xalqaro hisob-kitoblarda asosan teskari
kotirovkadan foydalanishadi, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari - to‘g‘ri
kotirovkadan. AQShda kotirovkaning ikki turi ham qo‘llaniladi.
362
To‘g‘ri kotirovka quyidagi formula bilan hisoblanadi:
K = S
0
: R bu erdan R = S
1
: S
0
,
bu erda S
1
= milliy valyutadagi summa; S
0
- chet mamlakat valyutasidagi summa;
R - miliy valyutaning chet mamlakat valyutasidagi kursi.
Teskari kotirovka: S
0
=S
1
:R, R=S
0
:S
1
Do'stlaringiz bilan baham: |