Moliya korxonalari
sektoriga kiruvchi korxonalarning YaICh ko‘rsatkichini
birinchi formula bilan hisoblab bo‘lmaydi. Bank tashkilotlarining asosiy faoliyati
moliya resurslarini ma’lum bir foiz stavkasida olib, yig‘ilgan mablag‘larni boshqa
birliklarga olingan stavkadan yuqoriroq bo‘lgan stavkada kredit sifatida berishdan
iborat. Bunga ko‘ra, ularning asosiy faoliyati bo‘yicha YaICh ko‘rsatkichi olingan
kreditlarga to‘langan va berilgan kreditlar uchun olingan foizlar o‘rtasidagi
farqdan iborat. Uni quyidagicha ifodalash mumkin:
YaICh
b
= F
1
– F
bu erda: YaICh
b
- bank tashkilotlarining YaICh ko‘rsatkichi;
F
1
- banklar
tomonidan qarz va kredit berganligi uchun olgan daromad (foiz)lari miqdori;
F
0
-
banklar tomonidan olingan resurslar uchun to‘langan xarajat(foiz)lar miqdori.
Moliya korxonalari sektoriga kiruvchi sug‘urta korxonalarining YaICh
ko‘rsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
YaICh
s
= SM – SQ +F - TR
bu erda YaICh
s
- sug‘urta korxonalarining YaICh ko‘rsatkichi; SM - sug‘urta
korxonalariga to‘langan sug‘urta badallari; SQ - sug‘urta korxonasi tomonidan
to‘langan sug‘urta qoplamasi; F - sug‘urta korxonasining sug‘urta rezervlarini
investitsiya jarayonlariga jalb etib, olgan foizlari; TR- sug‘urta texnik
rezervlarining o‘zgarishi.
Davlat boshqaruv tashkilotlari va uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi
notijorat tashkilotlar tarkibiga kiruvchi birliklar
YaICh ko‘rsatkichini
hisoblash qoidalari, yuqorida keltirilgan qoidalardan tubdan farq qiladi. Bu
birliklar o‘z faoliyati natijalarini bozorda sotmaydilar. Chunki, bu tashkilotlarda
moddiy ne’mat (mahsulot)lar yaratilmaydi va o‘z navbatida mahsulotlar zaxirasi
ham yo‘q. Ular bepul kollektiv va individual nobozor xizmatlar ko‘rsatadilar. Bu
birliklarning YaICh ko‘rsatkichi ularning faoliyatini yuritishga sarf qilingan
xarajatlari yig‘indisi miqdorida aniqlanadi. Bu xarajatlar quyidagilardan iborat:
oraliq iste’mol uchun sarf qilingan mahsulotlar va xizmatlarning bozor
381
baholaridagi qiymati; faoliyat yuritishiga ketgan mehnat haqi xarajatlari miqdori;
ishlab chiqarishni yuritish uchun to‘langan soliqlar miqdori; asosiy ishlab
chiqarish vositalarini tiklash uchun ajratilgan ajratmalar (asosiy kapitalning
iste’moli).
Shuni ta’kidlash lozimki, agarda bu ikki sektorga kiruvchi birliklar o‘zlariga
qarashli ish joyida faoliyat ko‘rsatsalar, ularnig YaIChga shartli ravishda
hisoblangan ijara xarajatlari qo‘shib qo‘yiladi
21
. Shartli ijara xarajatlari miqdori
egallab turgan ish joyini amaldagi bozor baholarida ijaraga olinganda to‘lanishi
lozim bo‘lgan miqdorda hisoblanadi.
Biz yuqorida mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va sektorlarida yalpi
ishlab chiqarish hajmini hisoblash usullari ustida qisqacha to‘xtadik. Ma’lumki,
YaICh ko‘rsatkichi orqali korxona, iqtisodiyotning tarmoq va sektorlari, hamda
butun mamlakat iqtisodiyotining qanday rivojlanayotganligi to‘g‘risida to‘la
tasavvur hosil qila olmaymiz. Chunki, YaICh ko‘rsatkichi o‘z tarkibida ishlab
chiqarish hajmlarini takror-takror hisobga oladi. Masalan: nonvoyxona YaIChni
hisoblaganda non mahsulotini ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan un, yog‘,
achitqi(hamirturush), energiya resurslari va h.k.lar qiymati ham nonvoyxona
YaICh hajmida va shu mahsulotlarni ishlab chiqargan korxonalarning ham YaICh
hajmida hisobga olingan. Aslida, non ishlab chiqarish uchun sarf qilingan un va
boshqa mahsulotlar boshqa korxona tomonidan yaratilgan qiymatdir. O‘z-o‘zidan
ko‘rinib turibdiki, nonvoyxonaning iqtisodiy faoliyatini qanday kechayotganligini
to‘g‘ri aniqlash uchun nonvoyxona YaICh ko‘rsatkichidan boshqa korxonalar
tomonidan qo‘shilgan
ulush
ni ayirib tashlash lozim. MXTda ishlab chiqarish
jarayonida iste’mol(ishlatilgan) tovar va xizmatlar qiymati
oraliq iste’mol
(OI)
deyiladi. Keltirilgan misolda, non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan un
va boshqa mahsulotlar qiymati OI bo‘ladi.
21
Бу секторларга кирувчи бирликлар ўзлари эгалик қилаётган иш жойи, биноларда ёки
ижарага олинган жойларда фаолият кўрсатиб, ижара хақи тўлайдилар. Уларнинг
фаолиятлари натижаларини ягона мезонда, услубда ўлчаш учун, ўз иш жойларида
фаолият кўрсатаётган бирликлар учун шартли ижара хақи ҳисобланади.
382
Umuman aytganda, korxona, mamlakat iqtisodiyotining tarmoq va
sektorlari, butun mamlakat miqyosida ishlab chiqarishning o‘lchovi -
qo‘shilgan
qiymat
ko‘rsatkichidir. U yalpi usulda yoki sof usulda hisoblanadi. Yalpi usulda
YaIM va
YaQQ
ko‘rsatkichlarida “yalpi” so‘zini ishlatilishiga asosiy sabab, bu
ko‘rsatkichlarni hisoblaganda ular tarkibida asosiy kapitalning iste’moli(ACI)
ko‘rsatkichi qo‘shib hisoblanganligidir. Aslida asosiy kapitalning iste’moli(ACI)
miqdorini alohida hisoblash tavsiya etiladi.
Odatda butun mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish nazarda tutilganda bu
ko‘rsatkich
Yalpi ichki mahsulot (
YaIM) deb yuritiladi. Bu ko‘rsatkich ishlab
chiqarish schyotida muvozanatlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, YaIChdan oraliq
iste’molni ayirish orqali topiladi. YaICh ko‘rsatkichi qanday baholarda (asosiy,
ishlab chiqaruvchi) hisoblanishiga qarab, qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi ham o‘sha
baholarda hisoblangan bo‘ladi. Umuman mamlakatda iqtisodiy faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha rezident institutsion birliklarning YaQQ ko‘rsatkichlari
yig‘indisi YaIMga teng. Amaliyotda, YaQQ ko‘rsatkichini hisoblashda
qo‘llanilayotgan baho tizimiga mos ravishda YaIM ko‘rsatkichini quyidagi
formulalar orqali ifodalash mumkin:
YaIM =
YaQQ + MS - MSU,
bu erda:
YaQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
rezident institutsion birliklarning YaQQ ko‘rsatkichlarining yig‘indisi (asosiy
baholarda); MS -mahsulot uchun olingan soliqlar yig‘indisi; MSU - mahsulot
uchun to‘langan subsidiyalar yig‘indisi.
Agarda YaQQ ishlab chiqaruvchilar baholarida hisoblangan bo‘lsa, u holda
quyidagi munosabat o‘rinli bo‘ladi:
YaIM=
YaQQ+QQS+ISS,
bu erda:
YaQQ - mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
rezident institutsion birliklarning YaQQ ko‘rsatkichlarining yig‘indisi (ishlab
chiqaruvchilar baholarida); QQS - qo‘shilgan qiymat soliqlari yig‘indisi; ISS -
mamlakat bo‘yicha sof import(eksport-import) soliqlari.
383
Agarda ACIni to‘g‘ri hisoblab, YaIMdan chegirib tashlansa, hosil bo‘lgan
miqdor
sof ichki mahsulot
(SIM) deyiladi. O‘z navbatida YaQQ ko‘rsatkichi
sof
qo‘shilgan qiymat
(SQQ) deb ataladi. Sof ichki mahsulot asosiy kapitalning davr
boshidagi qiymatini saqlagan holda mamlakatda yangitdan yaratilgan tovar va
xizmatlarning bozor baholaridagi miqdorini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |