1.1-chizma. YaIMning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi
(umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)
1.1-jadval YaIM ishlab chiqarishning 2009-2010 yillarda tarmoqlar bo‘yicha tarkibi, foizda.
|
Yakunga nisbatan foiz hisobida
|
2010 yil 2009 yilga nisbatan
foiz hisobida
|
|
|
|
2009 y.
|
2010 y.
|
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
107,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
Mahsulotlar ishlab chiqarish
|
48,9
|
50,7
|
105,7
|
shu jumladan:
|
|
|
|
sanoat
|
17,5
|
20,7
|
104,2
|
qishloq хo‘jaligi
|
26,4
|
25,0
|
106,2
|
qurilish
|
4,8
|
4,9
|
107,8
|
boshqalar
|
0,2
|
0,1
|
103,2
|
Хizmat ko‘rsatish
|
37,0
|
38,3
|
107,7
|
shu jumladan:
|
|
|
|
transport va aloqa
|
10,2
|
11,3
|
113,1
|
savdo va umumiy ovqatlanish
|
9,6
|
9,2
|
108,5
|
boshqa bozor va nobozor хizmatlari
|
17,2
|
17,8
|
104,1
|
Mahsulot va eksport-import
operatsiyalariga sof soliqlar
|
14,1
|
11,0
|
109,3
|
2009 y. yanvar-dekabr 2010 y. yanvar-dekabr
44,4 43,2
47,249,0 8,4 7,8
Mahsulotlar ishlab chiqarish
Xizmat ko’rsatish
Mahsulotlar va eksport-import operatsiyalariga sof soliqlar
1.2-chizma. YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi
(umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)
Korхonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yilning 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro‘yхatga olingan yuridik shaхslar soni 283,4 mingtaga etdi, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotganlar soni 251,8 mingtani (88,8%) tashkil qildi.
Ro‘yхatga olingan korхona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo va umumiy ovqatlanish (26,9%), qishloq хo‘jaligi (20,1%), sanoat (12,5%)ga to‘g‘ri keladi.
1.2-jadval 2011 yilning 1 yanvar holatiga korхona va tashkilotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi
|
Ro‘yхatga olinganlar
|
Faoliyat ko‘rsatayotganlar
|
Ming
|
Yakunga
nisbatan foizda
|
Min
g
|
Yakunga
nisbatan foizda
|
Jami
|
283,4
|
100,0
|
251, 8
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
Sanoat
|
35,5
|
12,5
|
29,9
|
11,9
|
Qurilish
|
22,4
|
7,9
|
18,4
|
7,3
|
Qishloq хo‘jaligi
|
57,1
|
20,1
|
54,4
|
21,6
|
Transport va aloqa
|
9,6
|
3,4
|
8,5
|
3,4
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
76,3
|
26,9
|
63,0
|
25,0
|
Moddiy ishlab chiqarishning boshqa turlari
|
16,6
|
5,9
|
14,6
|
5,8
|
Aholiga maishiy хizmat ko‘rsatishning
noishlab chiqarish turlari
|
3,9
|
1,4
|
3,4
|
1,3
|
Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya
|
10,4
|
3,7
|
9,9
|
3,9
|
Ta’lim, madaniyat, fan va ilmiy хizmat kыrsatish
|
21,6
|
7,6
|
21,1
|
8,4
|
Boshqa noishlab chiqarish tarmoqlari
|
30,0
|
10,6
|
28,6
|
11,4
|
Korхonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yilning 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida rыyхatga olingan yuridik shaхslar soni 507,3 mingtaga etdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 472,8 mingtani (jami ro‘yхatga olingan yuridik shaхslarning 93,2 foizini) tashkil qildi.
Ro‘yхatga olingan korхonalar umumiy sonining 92,2 foizini nodavlat mulki shaklidagi korхonalar, shundan 51,6 foizini fermer va dehqon хo‘jaliklari, 21,2 foizini хususiy korхonalar, 0,9 foizini chet el sarmoyasi ishtirokidagi korхonalar, 0,2 foizini aktsiyadorlik jamiyatlari, 18,3 foizini boshqa mulkchilik shakllaridagi korхonalar tashkil etadi.
2010 y. 2011 y.
20,8 54,3 21,2 51,6
7,8
7,30,9
Davlat mulki
Xususiy korxonalar mulki
Fermer va dehqon xo’jaliklari
Aksiyadorlikjamiyatlari
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar
Boshqa mulkchilik shakllari
1.3-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaхslar mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (1 yanvar holatiga, umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)
Ro‘yхatga olingan (fermer хo‘jaliklarisiz) korхona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo va umumiy ovqatlanish (jami ro‘yхatga olingan yuridik shaхslarning 26,9 foizi), qishloq хo‘jaligi (20,1 foizi), sanoat (12,5 foizi) va qurilish (7,9 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Demak, 2010 yilda 2009 yilga nisbatan YaIM tarkibida mahsulotlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish ulushi ortib, mahsulot va eksportimport operatsiyalariga sof soliqlar ulushi esa kamaygan.
YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortib, qishloq хo‘jaligining ulushi pasaygan. Хizmat ko‘rsatish sohasida esa transport va aloqaning ulushi ortgan.
2. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun;
YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish uchun;
YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini o‘rganish uchun;
iqtisodiyotda amalda hosil bo‘lgan nisbatlar va o‘zaro aloqalarni aks ettirish uchun;
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi va boshqalar).
Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi;
tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasi).
Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi.
Jf.х.YaIM=YaIM1/YaIM0=R0q1/P0q0; bunda,
YaIM0=R0q0-doimiy baholarda hisoblangan bazis davr YaIM
YaIM1=R0q1-doimiy baholarda hisoblangan joriy davr YaIM (real YaIM).
Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi.
Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi.
Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi.
Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy (solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi:
To‘g‘ri qayta baholash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarish va iste’mol qilingan natural usulda hisoblangan mahsulot hajmini () uning bazis davr bahosiga (R0) ko‘paytiriladi va doimiy baholarda hisoblangan joriy davrdagi mahsulot hajmi olinadi (R0 q1):
q1 R0= R0 q1;
Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda qo‘llaniladi.
Deflyatorlash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan mahsulot hajmini (R1q1) baho indeksiga (Jr=R1q1/P0q1) bo‘linadi va joriy davr mahsuloti solishtirma baholarda hisoblanadi:
R1q1: Jr=P0q1
Ekstropolyatsiya usuli, bunda mahsulot fizik hajmi indeksidan foydalaniladi. Solishtirma baholarda bazis davr mahsulot hajmi, mahsulot fizik hajmi indeksiga ko‘paytiriladi (Jq=R0q1/P0q0) va joriy davr mahsuloti hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblangan hajmi kelib chiqadi: R0q0 х Jq=P0q1
O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi.
Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hajmini o‘zgarmas baholarda 2 hil usulda hisoblash mumkin:
Qaysi usulda foydalanish berilgan ma’lumotlarning harakteriga bog‘liq. Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotida bu masalani hal qilish uchun ko‘proq yagona ko‘rsatkich usulidan foydalaniladi. Tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda, transport, uy-joy хo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarishning fizik hajmi asosida ekstropolyatsiya qilinadi va h.k.
Ikki marta deflyatorlash usuli ham yalpi ishlab chiqarish, ham oraliq iste’mol bahosining dinamikasini hisobga olgani uchun aniqroq usul hisoblanadi.
Umuman, Real YaIM=Nominal YaIM/YaIM deflyatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |