Reja: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni Mulkchilikning turli shakllari
Bagandikov Sarvarbek
Mulkchilik munosabatlari va ularning shakllari
REJA: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yoʻllari va usullari
1
2
3
Mulkchilik munоsаbatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va oʼzlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Birinchidan, bu munоsаbatlar mulkdorning mulk ob’ektiga bo’lgan, ya’ni moddiy ashyoviy buyum-larni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munоsаbat-lardir. Ularni «sub’ekt-ob’ekt» munоsаbatlari deb atashadi, chunki ular mulk sub’ekti bilan mulk ob’ekti o’rtasidаgi munоsаbatlardir.
Ikkinchidan, bu munоsаbatlar mulkdorlar orasida mulkka ya’ni mehnat natijalarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munоsаbatlardir.
Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy
mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo‘g‘in- bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi.
Mulk subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk obyektini 0‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻliida saqlanib
turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni
o ‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda
mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda,
undan amalda foydalanish esa boshqalar qoiida boMadi.
Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish
mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy
faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qoʻllanilishidir.
Mol-mulkni oʼzlashtirish yuz berganda, u daromad olish
uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini
bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining
mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros
qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |